Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Download 0.93 Mb.
bet68/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Adabiyotlar ro‘yixati:





  1. N. Eshonqul. Maymun yetaklagan odam: Qissalar va hikoyalar. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2007. – 212 b.

  2. XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. – 624 b

  3. J. London. Hikoyalar. – Toshkent: “Adabiyot uchquni”, 2018. – 172 b.

NAZAR ESHONQUL ASARLARIDA QO‘LLANGAN UNDALMALAR XUSUSIDA




Dilorom PIRMATOVA,
FarDU filologiya fakulteti talabasi


Annotasiya: Maqolada undalma va uning sintaktik-stilistik xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, undalmaning lingvistik tabiati Nazar Eshonqul asarlari misolida ochib beriladi.
Kalit so‘z va iboralar: undalma, ektralingvistika, intralingvistika, komparativistika, kategoriya, sintaktik-stilistika.

Hozirgi zamon tilshunosligi ekstralingvistika, intralingvistika va komparativistika kabi uch tarmoqqa bo‘linadi. Intralingvistika boshqa ikki tarmoqqa nisbatan tilshunoslar tomonidan ancha mufassal o‘rganilgan. Undalma kategoriyasi ana shu tarmoq tarkibiga kirishi hech kimga sir emas. Zamonaviy tilshunoslikning darslik, akadem grammatika va lug‘atlaridan undalmaning lingvistik tabiati yetarlicha ma’lumot olish mumkin. Bu kategoriya haqida lingvistik lug‘atlarda “undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxs yoki predmetni bildiradigan so‘z yoki so‘z birikmasi. U gap bo‘laklari bilan grammatik aloqada bo‘lmaydi”190, deb ta’kidlanadi. Undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot ma’nosidagi so‘zlar orqali ifodalanib, gapning umumiy mazmunini to‘ldiradi, gapning kimga qarashli ekanini ko‘rsatib beradi191.


Tilshunos A.M.Peshkovskiyning fikriga ko‘ra, undalma so‘z yoki so‘z birikmasi ko‘rinishida bo‘lib, gapning asosiy strukturasiga kirmaydi va gapning tarkibiy qismi sifatida ajratilmaydi. A.A.Shaxmatov qarashlariga ko‘ra esa, undalma o‘zining grammatik va funksional tabiatiga ko‘ra gapning sintaktik butunligini ta’minlashga xizmat qiladi192.
Sintaksisda sodda gaplarlarning darak, so‘roq, buyruq kabi ko‘rinishlari mavjud. O‘zbek tilshunosligida darak va so‘roq gaplar intonasiyasi193 eksperimental jihatdan batafsil o‘rganilgan. Buyruq gaplar intonasiyasi xususida M.Mirtojiyevning qarashlari mavjud, lekin bunday gaplarning eksperimental jihatdan batafsil o‘rganilgan deb bo‘lmaydi. Xuddi buyruq gaplar kabi o‘zbek tilshunosligida murakkablashgan sodda gaplarning intonasion xususiyatlari o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammoli masalalar qatoriga kiradi. Uyushiq bo‘lakli gaplar, undalmali gaplar, kirish va kiritma konstruksiyali gaplarning fonetik tabiatini tadqiq qilish, ulardagi melodika, pauza, temp haqida asosli fikrlarni bildirish juda muhimdir. Undalmaning intonasiyaon xususiyatlarini o‘rganish sodda gaplar sintaksisidagi ana shu bo‘shliqni bir qadar to‘ldirishga xizmat qiladi.
Odatda, undalma gapda turli o‘rinlarda kuzatilishi mumkin. Gapning boshida, o‘rtasida va oxirida keladi. Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasi asosida qo‘llangan undalmalarning statistik tekshiruvlarini olib bordik. Natijada esa yuqoridagi qissada 111 ta undalma qo‘llanganligini ko‘rishimiz mumkin. Undalma o‘rniga ko‘ra esa gap boshida 42 o‘rinda, gap o‘rtasida 58 o‘rinda va gapning oxirida esa 11 o‘rinda uchradi. Bunday holatda gap bo‘laklari bilan pauza orqali ajratiladi. Undalmalarning o‘z intonasion tuzilishi mavjuddir. Undalma intonasiyasi haqida “...undalma hozirgi o‘zbek adabiy tilida chaqirish, sanash, so‘roq, undov va kirish intonasiyalari bilan talaffuz qilinadi”194 kabi qarashlar
190 Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1985. B. – 97.
191 O‘zbek tili grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1976.
192 Chjen In. Semanticheskiye komponentы vejlivosti, kategorichnosti, smyagchennosti v russkom i kitayskom yazыkax. Avtoref. diss.kand.filol.nauk. – Moskva, 2007.
193 Niyozov D.M. Intonasiya povestvovaniya v sovremennom uzbekskom literaturnom yazыke: Avtoref. diss. kand. filol. nauk.
Tashkent, 1969; Yuldasheva X. Intonasiya voprositelnыx fraz sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazыka: Avtoref. diss. ... kand. filol. nauk. – Tashkent, 1988.
194 Sayfullayev A. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida undalma. – Toshkent: Fan, 1968.
mavjudligini hisobga olib, ularni eksperimental jihatdan tekshirish va mavjud fikrlarga aniqlik kiritish lozim. Undalmaning intonasion tuzilishi uning melodik harakat tasviri, intensiv harakat tasviri, talaffuz uchun sarflangan vaqt miqdori hamda o‘rniga ko‘ra pauza miqdorining o‘zgarishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi uch xususiyat (pauzadan tashqari) o‘ziga xos akustik parametrlarda namoyon bo‘ladi. Mana shu akstik parametrlar undalmalarning fonetik-sintaktik tabiatini vizual aks ettirishga xizmat qiluvchi birliklar sanaladi.
M.Mirtojiyevning “O‘zbek tili fonetikasi” darsligida murakkablashgan sodda gaplar intonasiyasi xususida bir qator lisoniy dalillar orqali fikrlar keltirib o‘tiladi. Xususan undalma intonasiyasi haqida ham olim o‘z fikrlarini eksperimental jihatdan raqamlar yordamida tasdiqlashga urinadi. Darslikda undalmaning uch pozisiyasi xususidagi quyidagi fikrlarni kuzatamiz : “Undalma gap tarkibida prepozisiyani egallab, ohangi ko‘tariluvchi xarakterda bo‘lganiday, postpozisiyani egallaganida ham ko‘tariluvchi xarakterda ko‘zga tashlanadi”195
“...Undalma so‘zlovchining emosiyasini ifodalaydi. Bu emosiya orqali g‘azab, nafrat, mazax, kesatish, iltimos, achinish, erkalash, hurmat, shodlik, tabrik, chaqirish, mamnunlik kabi hislar anglashiladi”196. Bunda, asosan, undov so‘zlarning undalma bilan birga qo‘llanilishi ham kuzatiladi. Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasidan olingan ushbu parchada undalmalarning “E, xudoyim ,shuncha qilayotganing kammidi!” “Voy,tog‘a, ko‘rmay qopman ,-dedi Tursunboy ishshayib” kabi shakllarini ko‘rishimiz mumkin.
Undalmaning yakka holda qo‘llanganda ham yuqoridagi kabi ma’no va ottenkalarni ifodalashi ham mumkin. Bu holat nutq vaziyati va so‘zlovchining ruhiy holatiga bog‘liq bo‘lib, bir xil undalma turlicha emosional bo‘yoqqa ega bo‘lishi mumkin. Nazar Eshonkulning “ Urush odamlari” kissasida kullangan yigik undalmalar kuyidagicha “Bepadarlar ,sizlarga aytyapman”, “Opajon, yonib ketyapman opajon”, “Qizim, qizginam, dardlaringni menga bersin”
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, undalma gap tarkibida qo‘llanilib, ham emosional munosabat bildiradi. Ham so‘zlovchining emosional holatini ham ifodalashga xizmat qiladi. Ayniqsa, Nazar Eshonqul asarlarida ham aksiologik munosabat ifodalashga xizmat qilgan.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling