Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- “TOBUT” HIKOYASIDA RAMZIY VA FALSAFIY QARASHLAR
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:Haqqulov I. Evrilish tovushi// manba: www.jarida.uz saytidan olindi. 2008. 2.Yo‘ldoshev Q., Yo‘ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. –T., “Kamalak”. 2016. –B.76. 3.http://sevdora.blogspot.com/2020/12/blog-post_15.html Bugungi adabiy jarayonga bir nazar. Q.Yo‘ldoshev va K.Nosirovaning adabiy suhbati. 188 http://sevdora.blogspot.com/2020/12/blog-post_15.html Bugungi adabiy jarayonga bir nazar. Q.Yo‘ldoshev va K.Nosirovaning adabiy suhbati. 189 Haqqulov I. Evrilish tovushi// manba: https://jarida.uz/maqola/860 saytidan olindi “TOBUT” HIKOYASIDA RAMZIY VA FALSAFIY QARASHLARNorbibi RO‘ZIMURODOVA, Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 93-maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Annatatsiya:Ushbu maqolada Nazar Eshonni “Tobut” hikoyasidagi ramziy va falsafiy qarashlari bayon etilgan. Ayrim obrazlarning badiiy qarashlari tahlilga tortilgan. Kalit so‘z: Falsafiy qarashlar badiiy va estetik mahorat. Annotasiya V dannoy statы N Eshonni opisыvayutsya simvolipo-doiiosofskiye vzglyadы na istoriyu s graboruyutsya xudojestvennыye vzglidы nekotorыx izobrajniy Klyuchevoye slovo: dolisodoskiye vzglyadыirotivostoyat xudojestvennыle i epistemolochi cheskim. Anatation: This article decribes the symbolic and philosophical views of N.Eshan in the story “The Coffin”. The artistic viws of some of the images are analyzed. Keyword: Philosophical viws are artistic and aesthetic skille. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida nasriy asarlar o‘z ko‘lami va g‘oyaviy-badiiy jihatdan, tasvir jihatdan imkoniyatining kengligi bilan ajralib turadi. Nasriy asar uchun har qanday hodisani katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar badiiy obraz vositalari, obrazli tafakkur, insonnig barcha ruhiy kechinmalari e’tiboriga ko‘ra aks ettirish muhim sanaladi. Zamonaviy o‘zbek nasri dunyo miqiyosida ham katta o‘rinni egalladi,sababi dunyo adabiyotida tajribalarini o‘rgangan holda badiiy adabiyomizni boyitdi. Eng yaxshi asarlarda jahon adabiyotining tasvir tamoillari bilan o‘zbekona milliy tafakkur uyg‘unlashdi. Ushbu milliylik yangi davr adabiyoti bilan birga, milliy uyg‘onish ruhini ham o‘quvchi ongida singdirdi. Adabiyot ixlosmandlari endi jahon adabiyotini o‘qimay turib ham o‘zimizning milliy adabiyotimizdan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lyaptilar. Dunyodagi taniqli yozuvchilar asarlaridagi mazmun va g‘oyalarni o‘zbek adabiyotida bevosita ko‘rishimiz mumkin. Nasr yo‘nalishi sezilarli darajada taraqqiyot cho‘qqisiga chiqdi. Adabiyot maydonida eng mashhur nasriy asarlar, shu bilan birga jahon e’tirofiga molik yozuvchilar kirib keldi. Keyingi yillarda o‘zbek adabiyotida puxta asarlarni yozilishi quvonarli hol. Ayniqsa, hikoyanavis maktabi shakllandi,jahon adabiyotining sara durdonalarga teng bo‘lgan hikoyalar yozildi. Bunday hikoyanavislik maktabi o‘quvchilarni adabiyotga va milliy ruhda bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi. Kitobxonlar safi kengaydi. Bu albatta adabiyotning yutug‘i bo‘ldi. Shunday hikoyanavis ijodkorlarimiz sarasida Nazar Eshonqulni alohida o‘rni bor. Adibning hikoyalari yangi davr o‘zbek nasrining bebaho durdonalari sifatida qaraladi. Ko‘pgina hikoyalari, masalan, ‘’Maymun yetaklagan odam’’, ‘’Tobut’’, Shamolni tutib bo‘lmaydi’’ va boshqa hikoyalari keng jamoatchilik e’tiborini qozonib, ko‘plab olimlarimizni adabiyotshunos munaqqidlarimizni diqqat markaziga aylandi. Nazar Eshonqul ‘’Tobut ‘’hikoyasi bilan jahon adabiyotidagi falsafiy qarashlarni milliy ruh bilan o‘zbek adabiyotiga olib keldi. [ 32- 1] “Tobut “ hikoyasini talqid qilar ekanmiz ,shuni guvohi bo‘lganimizdek voqeaning sirliligi, qahramonlarni o‘z o‘rniga tanlagani, har bir qahramonni qisqa va lo‘nda fikrlarini bayon etishi muallifni mohir yozuvchi ekanligidan dalolatdir.O‘quvchi hikoyani o‘qish jarayonida boshida hikoya mazmun -mohiyatini tushunmaydi.Hikoya nima uchun ‘’Tobut’’deb nom qo‘yilganiga qiziqsada hokoyani to‘liq o‘qib chiqmay turib ,sababini anglay olmaydi. Hikoyani nomiga katta qiziqish bilan qaraydi. Mutlaqo boshqacha xayolga boradi. Biron janaza marosimi tasvirlangan voqeani ko‘z oldiga keltiradi. Hikoyani diqqat bilan o‘qishga kirishadi. Kitobdan boshini ko‘tarmasdan o‘qiydi. “Tobut” hikoyasini mazmun va mohiyati o‘quvchini ohanraboday o‘ziga jalb qiladi. Hikoyani tugatmay turib kitobdan bosh ko‘tarmaydi. Bu yozuvchining o‘ziga xos usulidir. N.Eshonquldek buyuk yozuvchiga bunday mahoratni Olloh yuqtirgan desak aslo mubolag‘a bo‘lmas. Yozuvchining mashhurligi, muxlislarini ko‘pligi bundan dalolatdir. Milliy va diniy qarashlarini o‘ziga mujassam etgan bu hikoyada yozuvchi shaxsiy fikrini darhol anglab olish mushkul.Ammo falsafiy va ramziy qarashlari bilan ‘’Tobut’’ hikoyasini mazmun mohiyatini anglab olamiz.Yozuvchini to‘liq fikrini tushunish uchun qalban ijodkor bo‘lish kerak. Nazar Eshonqulning falsafiy qarashlari bevosita qalban ijodkor shaxsga xosdir. “Tobut” hikoyasini o‘qish jarayonida yozuvchi ishlatgan qahramonlarga diqqat qaratamiz. Hikoyada qo‘llanilgan obrazlar sirliligi, turliligi va o‘z o‘rnida qo‘llanganligi bilan bevosita e’tiborni jalb qiladi.Hikoyadagi ayrim obrazlarni talqin qilamiz. Me’mor obrazi ‘’Tobut’’ hikoyasida ramziy obrazdir. Yozuvchi bu obraz bilan qaysidir ma’noda yaratganga ishora qiladi ,insonni olloh yaratgani kabi shaharni me’mor yaratgan deb, ramziy baho beradi. Hikoyadagi binolar bir-biriga o‘xshash imoratlarni inson umriga ramziy ifodasi deyish mumkin. Insonlar umri ham bir-biriga qanchalik o‘xshash ekanligi,kimningdir taqdiri ba’zi bir inson taqdiriga o‘xshash ekanligi ma’lum.SHuning uchun ham boshqalar tag‘diridan xulosa chiqarib, hayotimizdagi ayrim kamchiliklarimizni to‘g‘rilashga imkonimiz bor.Yozuvchining ham maqsadi qaysidir ma’noda shunda. Tanlagan obrazlari taqdiridan kitobxon o‘ziga kerakli xulosani chiqarishdir. Me’mor obrazi kitobxonni ko‘p o‘ylantiradi. Uni dastlab yaxshi niyatli, xalqiga sodiq hunarmand, o‘z ishini mohir ustasi sifatida tasvirlangan. Hikoyani rivoji jarayonida me’mor obrazini asl ko‘rinishi ochib beriladi. SHaharni tobut shaklida qurgan bu me’mor yaxshi niyatda emasligi hikoya so‘ngida bilinadi. Har qanday ishda ham yaxshi niyat bo‘lsa, u ishni barakasi va kelajagi bo‘ladi. Xalqimizda bir naql bor: ” Yaxshi niyat - yarim mol”. Darhaqiqat, ishimizning amali niyatimizga bevosita bog‘liqdir. Katta amallarni ko‘zlasak - da, niyatimiz yaxshi bo‘lmasa, maqsadimizga erisha olmaymiz. Me’mor taqdiri misolida buni ko‘rishimiz mumkin. Hikoyada diqqatni jalb qiladigan obrazlardan yana biri shahar boshlig‘i bo‘ladi. Shahar boshlig‘i hikoyada odamlarga kelishib ketadigan chehrasi ochiq bo‘lishi bilan birga,judayam pishiq va o‘z ishini ustasi sifatida tasvirlangan.Hatto guruhga rahbar sifatida qo‘shilib jo‘natilgan professorni fikrlariga ham uncha parvo qilmaydigan, ko‘pni ko‘rgan ustamon rahbar sifati ham gavdalanadi.SHahar boshlig‘i jon kuyar rahbar, o‘z xalqiga mehrubon boshliq va shaharni taqdiriga mas’uliyat bilan yondashadigan shaxs sifatida tasvirlanadi. SHahar taqdirini o‘zining taqdiridan ustun qo‘yadigan betakror vatanparvar sifatida ko‘z oldimizda gavdalanadi. Hatto, yangi kalgan mehmonlarni ham shaharni bu balodan qutqarish maqsadida yaxshi muomilosi bilan ajablantiradi. SHahar boshiga tushgan bu kulfatni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshadi. [102 -2] ”Tobut “ hikoyasida qatnashgan qahramonlarni tag‘diri o‘quvchini qiziqtiradi. Har bitta qahramonni harakatlarini diqqat bilan kitobdan bosh ko‘tarmagan holda kuzatadi. Bu esa yozuvchining mahorat bilan qahramon tanlaganidan dalolatdir. Kitobxon butun diqati bilan qahramonlar tag‘diri bilan yashaydi. O‘zini hikoyani ichida tasvirlab, bevosita voqealarni o‘zini boshidan o‘tkazgandek his qiladi. Bir marta hikoyani o‘qigan kitobxon hikoyani mazmun mohiyatini tushinishi qiyin bo‘ladi. Qayta - qayta o‘qish jarayonida hikoyadagi yanigi mazmunlarni kashf etadi. ”Tobut”hikoyasida yana bir obraz borki,uning tilidan voqealar hikoya qilinadi. Bu obraz yosh va tajribasiz me’mor obrazidir. Bir ko‘rinishda bu obrazda hech qanday muammoni yechadigan darajada tajriba va bilim yo‘qdek. Bir katta shaharda o‘lim xavfini ko‘pligi barcha aholini, chetlab o‘tmaganini ko‘rgan yosh me`mor muamoni yechishdan umidini uzadi. Shaharga kelgan baxtsizlikka binolarni va shaharni qurulishi ahamiyatsiz degan xulosaga keladi. O‘zining bu fikriga qatiy ishonadi. Binolardan va shaharni qurilish sohasidan muammoni izlamaydi. Aksincha, bunday fikrni mutlaqo mantiqsiz deb baholaydi. Shaharni qurgan me’morni tajribasiga, bilimiga va o‘ziga xos bo‘lgan usuliga qoyil qoladi. Ko‘chada ko‘rgan kasbdoshi bo‘lgan shahar quruvchisi, oldingi me’morni ahamiyatsizlarcha qarab o‘tadi. Aqldan ozgan oldingi me’mor uning nazarida chorasiz, tahqirlangan va mutlaqo aybsizdek gavdalanadi. SHaharda kelgan baloga oldingi me’morni ayblamaydi. Uning xizmatlari yaxshi mukofotlanmaganidan afsus chekadi. O‘zini oldingi me’mor o‘rnida hechham qo‘yolmaydi. Muammoni o‘zi yechishiga ishonmaydi. Yozuvchini mahorati ham shunda: umidsizlik,chorasizlik girdobiga tushgan vaziyatda birdaniga qahramonlik yaratadi. “Tobut” hikoyasi qahmramoni yozuvchini mahoratini ochib beradi. Nazar Eshonqulni o‘qigan odam chuqur o‘ylanadi. Sababi, adibning bu ijod mahsulida falsafiy va pisixologik qarashlar mavjudliki bois har bir kitobxonni ohangrabodek o‘ziga jalb etadi. “Tobud” hikoyasida yozuvchining dunyoqarashini bilish ham oson bo‘ladi. Butun boshli bir shaharni tobut shaklida qurishi bu o‘quvchini yillar davomida hikoyani esda saqlashiga asos bo‘ladi. Shaharni qurgan me’mor qanchalik mahoratli bilimli bo‘lmasin yaxshi niyatli inson emasligi hikoyani o‘qish jarayonida bilib olish qiyind emas. Hikoyadagi shaharni qurgan me’morni niyati azaldan yomon bo‘lgandi. Shaharni tobut shaklioda quradi. Bu esa Ollohning karomati bilan yomon niyatdagi qurilgan shaharni falokatga uchrashiga olib keladi. Boshida tobutni orzu qilgan me’mor niyatiga erishadi. Shahar motamsaroga aylanadi. Hikoyada tasvirlangan badbo‘y hidlar insoni yovuz va chirkin niyatlariga ishora bo‘lsa ajabmas. Hikoya so‘ngida sobiq me’morni cho‘ntagidan chiqgan xat, ya’ni shahar xaritasi hikoyani asl mazmunini ochib beradi. Yangi me’mor xaritani ko‘rib, hayratda qoladi. Tun bo‘yi muammolar girdobiga qolgan yangi me’mor sobiq me’morni qilgan ishidan hayratlanadi. G‘arb adabiyotiga xos bo‘lgan bunday usul o‘zbek adabiyotida yangilikdir. Hikoya so‘ngida voqealarni ochib berilishi Jahon adabiyotini eng buyuk vakillarini ijodida kuzatamiz. Masalan, Djek Londondek betakror so‘z ustasini hikoyalarida kuzatishimiz mumkun. [ 20-3] Nazar Eshonqul ijodiyoti o‘zbek adabiyotida yangi hikoyachilik maktabini ochib berdi. Bu maktabning ixlosmandlari va muxlislarini diqqat markazidan joy oldi. Ramziy va falsafiy qarashlari bilan adabiyotimizga yangilik olib keldi. Bir so‘z bilan aytganda o‘zbek adabiyotini hikoyachiligini jahon maydonida olib kirdi. Xulosa o‘rnida aytish lozimki, Nazar Eshonqul zamonaviy o‘zbek adabiyotimizning buyuk siymosidir. So‘z qadri va qudrati yozuvchi asarlarida joziba baxsh etadi. Har bir kitobxon o‘zi bilmagan holda yozuvchi asarlarini maftuni bo‘ladi. Nazar Eshonqul ijodiyoti jahon adabiyotida o‘z o‘rniga ega. Kelajakda uning asarlari jahon adabiyotining nodir durdonalariga aylanishga shak-shubha yo‘q. Zero, adibning qalbini qudratligi, asarini serqiraligidan dalolatdir. Hikoyalari hajman katta bo‘lmasada dolzarb va katta voqealarni yoritib bergan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling