Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Zamon otboqar
- Rayim polvon.
- Shukur oqsoqol
- Ollomurod tegirmonchi, Safar usta, Salom ko‘sa, Hakim otchopar, Rajab ko‘sa, Roziya
- Hikoyadagi joylar, narsa-buyumlar, jonivorlar, atrof-muhit
Bayna momo haqiqat, erk, iymon-e’tiqod timsoli. Bu tushunchalarni biror qonun yoki qoidaga solib, tushovlab bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra biror millatning ham butunlay asrlikda, qullikda saqlashga hech kimning kuchi yetmaydi. Faqat Yaratganning o‘zigina ularni boshqaradi. Hikoyada Bayna momo o‘sha mash’um tuzum jabrdiydalarining tipik vakili sifatida beriladi. 3.Zamon otboqar. Ma’lum davrlarda, faqat o‘z nafsini o‘ylab, erku iymonidan kechib, o‘tkinchi hoyu havaslar uchun millatiga, yurtiga xiyonat qilganlar timsoli. Bu o‘rinda sobiq sho‘rolar davridagi hukmron sinf vakillarining yoki hukmron mafkuraga xizmat qiluvchi noshud kimsalarning umumlashma obrazidir. Hikoyada esa avvaliga Rayim polvonning malayi,
so‘ngra sho‘rolarga sotilgan millat dushmani. Rayim polvon. Millat sha’ni, oru nomusi, erku ozodligi uchun kurashadigan, ajdodlarga munosib, yurtga sodiq, vatanparvar, mustamlaka zulmiga qarshi kurashib qurbon bo‘lgan insonlar timsoli. Mirshab va askarlar. O‘sha davr siyosatini amalga oshiruvchi qora kuchlar, buyruqni itoatkora bajaruvchi “manqurtlashgan” kishilar. Umuman, mustamlakachilarning joylardagi buyruq bajaruvchi kishilari. Ramziy ma’noda “qizil imperiya”ning g‘arazli va johilona olib borgan siyosatining belgisi. Shukur oqsoqol Rayim polvonning otasi. An’analarga sodiq, o‘zligini unutmagan oddiy xalq vakili. O‘g‘il. Hali mustamlaka siyosatini tushunib yetmagan, lekin mustabid tuzum qurboniga aylangan “aybsiz aybdor”, jabrdiyda xalqning begunoh bolasi, avlodi. Ollomurod tegirmonchi, Safar usta, Salom ko‘sa, Hakim otchopar, Rajab ko‘sa, Roziya momo, Meli o‘qituvchi, Po‘lat chol, singlisi va kuyovi va boshqalar o‘sha davr kishilarining imkonsiz, ilojsiz, mutelashgan umumiy qiyofasini ko‘rsatadi. Hikoyadagi joylar, narsa-buyumlar, jonivorlar, atrof-muhit va boshqa elementlar ham obrazlilik va emosionallik uchun xizmat qilgan. Masalan, muallifning aksariyat asarlarida uchraydigan Tersota qishlog‘i o‘sha yerlik kishilarning xarakter-xususiyatlariga mos kelganday bo‘ladi. Yoki Bayna momoning uyi milliy qadriyatlarning bir timsoli bo‘lsa, uni temir tirnoqli buldozerlarda buzilishini ana shu qadriyatlarning yo‘qolib borishiga ishora sifatida tushunish mumkin. Yoki o‘sha davrdagi hukmron sinf vakillari “bog‘”larni o‘ziga makon qilgan bo‘lsa, o‘z vatanida erksiz yashayotgan kishilar xarobayu yulg‘unzorlarda sarson bo‘lib, qo‘rquv va hadik bilan yashashga majbur bo‘lgan edi. Buni teran anglagan muallif asardagi ramziy ishoralar, belgilar bilan, shartlilik va kinoyaga yo‘g‘rilagan nutqiy situasiyalar orqali matn ostidagi boshqa ma’nolarni ham ifodalashga harakat qilgan. Hikoyada keltirilgan miltiq, xanjar, sandiq, qamchi, tumor, ko‘ylak, qaychi, chorsi, egar, ustun, Qur’on, kafan, tobut, o‘nta barmoq kabi detal obrazlar ham o‘ziga xos badiiy funksiya bajargan va asarning sutrukturasini shukllanishida, uni uzviy bog‘langan bir tizim ekanligiga asos bo‘ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling