Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 0.93 Mb.
bet47/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati





  1. Eshonqul N. Mendan “men”gacha. T.:”Akademnashr”, 2014.

  2. Eshonqul N. Yalpiz hidi: Qissalar va hikoyalar. T.: “Sharq”, 2008.

Kamilova S. E. XX asr oxiri – XXI asr boshlari rus va o‘zbek adabiyotida hikoya janri poetikasining rivoji. T.: 2016. -B:28. Dok. diss.avtoreferati. (Elektron manba.) – URL:http:||www.tashgiv.uz

  1. Quronov D., Rahmonov B. Gʻarb adabiy-tanqidiy tafakkuri ocherklari. T.:2008. –B:32. Mamadiyorova S.Alber Kamyu publisistikasida inson omili. (Elektron manba).

URL:http:||www.kh.davron.uz

  1. Eshonqulov J. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. T.: “Fan”, 2011. –B:2. (Elektron manba.) – URL:http:||www.SAVIYA.UZ

Navoiy Alisher. Navodir ush-shabob. 393-g‘azal. (Elektron manba.) – URL:http:||www. ziyouz.com. alisher_navoiy_asarlari
Rabg‘uziy Nosiruddin. Qissasi Rabg‘uziy. (Elektron manba). – URL:http:||www.ziyouz.com
N. Eshonqul hikoyalari. (Elektron manba.) – URL:http:||www.ziyouz.com

YOZUVCHI USLUBI VA BADIIY NUTQ




Yunus BABAQULOV,
O‘zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi


Annotasiya. Mazkur maqolada yozuvchilarning badiiy asar yaratishdagi uslubining o‘ziga xosligi, asarlardagi muallif nutqi va personaj nutqlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalariga to‘xtalib o‘tilgan
Kalit so‘zlar. Badiiy uslub, individual uslub, muallif nutqi, perosanaj nutqi, antagonizm.


Annotation. This article focuses on the specifics of the writers’ style of creating a work of art, the relationship between the author’s speech and the character’s speech in the works.
Keywords. Artistic style, individual style, author’s speech, perosanaj speech, antagonism.

Har qanday hodisa, xoh u personajni tavsiflash usullariga ishora qilsin, xoh syujet va kompozisiya usullariga murojaat qilsin, uning ma’nosini faqat yozuvchi badiiy dunyosining yaxlitligi bilan bog‘liq holda ochib beradi. O‘z navbatida, asarning yaxlitligini yozuvchining irodasi mahsuli, uning dunyoqarashi, san’atni ham, voqelikni ham anglashi, unga munosabatining mujassamlashishi deb tushunish mumkin. Bundan tashqari, muallifning munosabati har doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyon bo‘lmaydi: ijobiy yoki salbiy bahoni ifodalovchi baholovchi sifatlar yordamida turli xil ijobiy yoki salbiy belgilar xususiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomlovchi so‘zlar yordamida; yoki bilvosita turli xil taqqoslashlardan foydalanib, tashqi ko‘rinishning turli xil xususiyatlarini tavsiflash bu qahramonning ichki qiyofasining afzalliklari yoki kamchiliklarini anglatadi. Muallifning munosabati boshqa yo‘llar bilan ham o‘zini namoyon qilishi mumkin.


Adabiyotning epik turidagi muallif nutqi va personajlar nutqi nisbati muallifning pozisiyasiga qarab belgilanadi. A.A’zamning “Ro‘yo yoxud Gʻulistonga safar”, N.Eshonqulning “Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi” romanlarida obrazlarning ruhiy-psixologik tasvirida muallif nutqi va personajning nutqi bir-biriga bog‘lanadi. Har safar Gʻuliya qiz va Guli nutqi, uning fe’l-atvori o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatib, mualliflar qahramonlarning ikkiyuzlamachiligi, aldovini namoyish etadi. Adiblar muallif nutqi va personaj nutqining o‘zaro ta’siridan mohirona foydalangan holda, muallif Gʻuliya qiz va Guli aytgan hamma narsani bekor qiladi,
ammo oddiy inkor bilan emas, balki uning qanday aytilganligini eng puxta va batafsil tavsiflab beradi. U tez-tez istehzoli izohlari bilan Gʻuliya qiz va Guli nutqini doimo to‘xtatib turadi. Natijada, Gʻuliya qiz va Guli aytgan hamma narsa, go‘yo o‘quvchi tomonidan qayta talqin qilingan, boshqa tomondan qaralmoqda. Muallif nutqi va personaj nutqi o‘rtasida ham mazmun jihatidan, ham ifoda jihati bilan ma’lum bir “antagonizm” mavjud.
Ramziylik, badiiy asar tilining o‘ziga xosligi va uslub to‘g‘risida Nazar Eshonqul o‘zi aytgan fikrlar, o‘zi e’tirof etgan tushunchalar uning “Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi” romaniga ham tegishlidir: “Badiiy til – bu ramzlar tili, hikmat tili... Adabiy ramz uslub ortiga yashirinadi. Uslubning o‘zi yo‘q yoki uslub shakllanmagan, uslubning o‘zi nimaligi haqida tasavvur bermaydigan asardan ramz izlash bugungi bozor va shou-biznes qalamkashlari va qalamqoshlarini ham adabiyotga daxldor deb hisoblashday gap. Shuning uchun, avvalo, asarning o‘zi ramz izlashga arziydimi, rostdan uslubda ramziy talqinga asoslar bormi, degan savolga javob topish kerak. Qolaversa, barcha asarlarni bitta ko‘zoynak orqali ko‘rish adabiy uslublarni jo‘nlashtiradi. Asarning ramzi didni o‘stiradi, uni pasaytirmaydi”129.
Aslida, badiiy uslub tilshunoslik, san’atshunoslik, estetika va adabiyotshunoslik o‘zaro yaqin va farqli ma’nolarda qo‘llaniladi, lekin bu nomlanish ham tarixiy jihatdan o‘zgaruvchandir. Qadimgi davrlarda allaqachon bu so‘z qo‘l yozuvi, yozuv xususiyatlarini bildiruvchi majoziy ma’noda tushuna boshlandi. Ayni ma’noning asosan zamonaviy, ya’ni uslub atamasi saqlanib qolgan. Shuning uchun ham yozuvchi uslubi, rassom uslubi va shu kabi kasb-hunar nomlari bilan birgalikda qo‘shib aytiladi.
Uslubni ilmiy-nazariy talqin qilish katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, o‘quvchiga A.A’zam uslubining uyg‘unligini, N.Eshonqul va X.Do‘stmuhammad uslublarining keskinligi va o‘zaro farqlarini tushuntirishga zarurat bor. Aslida uslub – badiiy asar estetik yaxlitligi
– bir butunligining ifodasi sanaladi. Bu esa o‘z navbatida shakldagi barcha elementlarning yagona badiiylik qonunlariga bo‘ysunishini, uslubning tashkiliy tamoyilining mavjudligini nazarda tutadi. Ushbu tashkiliy tamoyil, go‘yo shaklning butun tarkibiga kiradi, uning har qanday elementlari tabiati va funksiyalarini belgilaydi. Masalan, N.Eshonqulning “Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi” romanida asosiy uslub prinsipi, uslubning muntazamligi kontrastga, asarning har bir epizodida amalga oshiriladigan aniq va keskin qarama-qarshilikka aylanadi. Asar sarlavhasida e’lon qilingan kontrast, keyinchalik kompozisiyaning tasvirlangan dunyo va nutqning tashkiliy prinsipi sifatida ishlaydi.
Badiiy uslub tushunchasida o‘ziga xoslik va boshqa uslublarga o‘xshamaslik ajralmas xususiyat deb qaraladi. Shuning uchun yozuv uslubini uning har qanday asarda yoki hattoki kichik bir epizodik bo‘lak orqali ham ajratib olish mumkin. Badiiy asarni idrok etishda biz sezadigan birinchi narsa bu hissiy va asar pafosini o‘zida mujassam etgan umumiy estetik tonallikdir. Shunday qilib, uslub dastlab mazmunli shakl sifatida qabul qilinadi.
Uslubning muhim xususiyati uning o‘ziga xosligi, induvidualligidir. Yozuvchi va shoirlarni ijodiy metoddagi umumiylik birlashtiradi, shuning uchun ham biz romantik, realistik, modernistik, fantastik kabi metod va janr, yo‘nalish nomlarini shoir yoki yozuvchilarga qo‘shib aytish orqali biz ularning yo‘nalishi ajratiladi. Bu ularning umumiyligini bildiradi. Lekin kim qaysi metod va yo‘nalishda ijod qilmasin, baribir o‘zigagina xos bo‘lgan uslubini saqlab qoladi. Shu sabab aytish mumkinki, metod uslub emas, uslub esa, aksincha, metod emas. Demak, metod yozuvchining poetik tafakkur tarzi va dunyoqarashini, uslub esa uni boshqalardan ajratib turadigan o‘ziga xosligini belgilab beradi. Aslida individual uslub o‘ziga xos estetik idrok hamda didga ega bo‘lgan chinakam yuksak iste’dod egasining asarlari matnida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uslub badiiy asar mazmunini bir butun holda yaxlit ifoda etadi. Uslubda obrazlilik, emosionallik muhim sanaladi. Uslub “adabiy yoki badiiy asarning
129 Nazar Eshonqul. Ijod falsafasi. – T.: Akademnashr, 2018. – B. 28.
umumiy koloriti, toni, obrazlar sistemasi, san’atkorning obraz yaratish metodi, badiiy tasvir vositalaridagi o‘ziga xos yaxlitlik, san’at asari shaklida namoyon bo‘ladigan badiiy-g‘oyaviy xususiyatlar birligi, ya’ni san’atkorning dunyoqarashi ifodasi, asardagi asosiy fikr yetakchi g‘oyaga xizmat qiladigan syujet, xarakterlar, tasvir vositalari doirasi, tili va boshqalardagi umumiylik, yaxlitlikdir”130. Demak, adiblarning har bir yaratgan yangi asari yangi mavzu, yangi g‘oya, voqea, tasvir uslubi va hokazolarni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, ilm-fan sohasida, ayniqsa, adabiyotdagi yangi yo‘nalishning paydo bo‘lishi adabiyotshunoslarni befarq qoldirmasligi bilan birga qabul qilish masalasi ham turadi. Masalan, XX asarning so‘nggi yillarida adabiyotga kirib kelgan modernizm oqimi yo‘nalishi vakillarining asarlari qiyinchilik bilan qabul qilindi. Shu sababdan yangicha uslubda yozilgan asarlar ham o‘z o‘quvchisini topgunga qadar biroz vaqt o‘tishi tayin. Bu esa uslubning o‘ziga xosligidan dalolatdir.
Uslub – bu har millatning adabiy tafakkur tarzini, o‘ziga xosligini namoyon etuvchi omil. U o‘zining milliy qadriyatlari va an’analarini ko‘rsatish bilan birga o‘zga xalqlarning ma’naviy va axloqiy qadriyatlaridan ajralib turadi. Chunki har bir xalq o‘ziga xos yashash tarzi va urf-odatlariga ega. Shu urf-odatlar o‘sha xalq uchun qadriyat va zamonaviy tilda aytsak, qomus vazifasini o‘taydi. Lekin bu ham abadiy emas, asrlar o‘tishi bilan o‘zgarishlarga, yangilanishlarga moyillik sezilib barqarorlashib boraveradi. Bu jihat uslubning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Uslubning umumiy xususiyati esa dunyo xalqlarining umuminsoniy fazilatlaridan kelib chiqqan holda insoniyatning eng og‘riq tomonlarini, insoniyatga yot bo‘lgan g‘oyalarni, qarashlarni tanqid etishi va insoniyatning ma’naviy axloqiy darajasini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish uchun yozilgan asarlarning tasvir uslubi (syujet elementlarini nazarda tutish lozim – B.Yu.) umumiylik kasb etadi. O‘ziga xoslik esa yozuvchining xarakteri, dunyo va insoniyatga nisbatan tashqi va ichki munosabati masalasida namoyon bo‘ladigan qarashlarining majmuidir. Yozuvchi badiiy asarda yaratgan har bir qahramonning xarakterini yaratar ekan, uni o‘ziga xos tarzda bayon etadi. Ya’ni kitobxonga tanishtiradi. Har bir qahramonga berilgan ta’rif va tavsif bu yozuvchining o‘ziga xos uslubi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham har bir qahramon o‘ziga xos xarakterga ega va xarakter umumiylik, o‘ziga xoslik va yakkalikka, betakrorlikka intilishi bilan ajralib turadi. Bunday holat, ayniqsa, psixologik romanlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bir ijodiy metodga mansub yozuvchilarning asarlarida farqlar bo‘lishining sabablari ko‘p. Ulardan eng muhimlari quyidagilar: birinchidan, har bir yozuvchi o‘z hayotiy tajribasiga suyanadi. Buning natijasida turli yozuvchilar hayotning turli tomonlarini asarlarida in’ikos ettiradilar. Demak, turli yozuvchilar tomonidan yozilgan asarlar turlicha hayotiy materialni, turlicha xarakter, ruhiy holatlarga ega kishilarni adabiyotga olib kiradi. Bu hayotiy material va kahramonlar esa o‘ziga xos tasvir vositalarini talab qiladi. Ikkinchidan, adabiyotning bosh vazifasi bo‘lmish insonshunoslik, psixologik tasvir borasida ham yozuvchilarning “qalami” bir-birlaridan farq etadi. “Psixologik tasvir turli ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin, – deb yozadi N.G. Chernishevskiy; bir yozuvchini xarakterning qirralari ko‘proq qiziqtiradi, ikkinchisi
– ijtimoiy munosabatlar va maishiy to‘qnashuvlarning xarakterlarga ta’siri bilan qiziqadi; uchinchisi – hislar bilan faoliyat orasidagi aloqaga, to‘rtinchisi – ehtiroslar tahliliga qiziqadi”131. Yozuvchi uslubining shakllanishida uning qaysi tabaqa o‘quvchilariga mo‘ljallab yozishi juda katta ahamiyatga ega. Bu, yozuvchi ijodining hamma komponentlariga (hayotiy material tanlash, ijodiy va salbiy qahramonlarni xalqning qaysi tabaqasidan olish, adabiyotning qaysi turi va janrida asar yozish va boshqalarga), ayniqsa, asarning tili masalasiga oid qoidadir.

Uslub deb faqat yozuvchining yoki konkret badiiy asarning tilini tushunish to‘g‘ri emas. Til – badiiy adabiyotda tasvir vositasi. Shu sababli bu vositaning qanday xususiyatlarga ega
130 Uslub. O‘zSE, 2-tom, 616-bet.
131 Chernishevskiy N. G. Poli. sobr. soch., v 15 tomax, t. 3. Gospolitiz - dat, 1947, – S. 423.
bo‘lishi badiiy asarning butun mazmuni bilan chambarchas bog‘liq. Til – uslubni tashkil etuvchi muhim faktorlardan biridir, xolos”132.
“Har bir yozuvchining dunyoni ijodiy o‘zlashtirish davomida orttirgan hissiyotlar tajribasi, olamni o‘ziga xos ko‘rish, idrok etish, tushunish va tushuntirish yo‘li bo‘ladi. Yozuvchining mahorati, tasvirlash san’ati, roviylik darajasi haqida gap ketganda ham, asosan, shu belgilar badiiylik mezoni sifatida qaraladi”133.
Dunyoda har bir narsa o‘z tuzilishiga va qurilishiga ega. Hech bir narsa hayotda aynan takrorlanmaydi. Shuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos tarzda yashash usuliga ega. Hayot voqeligining badiiy asarda aks etishi ham har xil. Bu har xillik yozuvchining bayon etish uslubi va kitobxonga yetkaza olish qobiliyati va mahorati bilan belgilanadi. “Yozuvchi shaxsiyati iste’dod yo‘nalishi, saviya darajasi, qarash doirasi, shaxsiy tajribasi va biografiyasi, shular asosida o‘z g‘oya va o‘z obrazlariga ega bo‘lishi, o‘zi yaxshi bilgan sohani tasvirlashi, tasvirlari asosida o‘zi turishi va kimlarga mo‘ljallab yozishi uning o‘ziga xos uslubini yuzaga keltiradi”134.
Hayotda har bir inson o‘z yashash tarzi va yo‘li, usuliga egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu o‘sha insonning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatini bildiradi. Shunday ekan, yozuvchi o‘z uslubiga ega bo‘lishi shart deb bilamiz, aksincha, uning asarlari taqliddan boshqa narsa emas. Xuddi ba’zi bir sa’atkorlarda bo‘lgani kabi. Ijodkor ahli doimo izlanishda bo‘lishi tabiiy, shuning uchun ham har bir asarida tasvir uslubining yangi bir qirrasini ko‘rsatadi. Bu esa adabiyotning mukammallashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu boisdan “...uslub badiiylikning qonuniyatlaridan biridir. U milliy adabiyotni rivojlantiruvchi omillardandir, adabiy jarayon bilan ham mahkam aloqada tarkib topadi”135.
Uslub nazariyasini atroflicha tadqiq qilgan adabiyotshunos olim A.N. Sokolovning ta’kidlashicha, “nutq shakli, ya’ni badiiy til shakli, kompozisiya, adabiy turlar va janrlar, tasvirlash, ifodalilik (ekspressiya), mazmunning shakllanishi”136 kabi uslubni tashkil etuvchi oltita vosita mavjud deb uqtiradi.
Yozuvchilar yaratgan qahramonlar aksariyat hollarda ruhiy kechinmalar iskanjasida yashagan odamlardan iborat. Xususan, “Go‘r o‘g‘li yoxud hayot suvi” romanidagi N, “Donishmand Sizif” romanidagi Sizif, “Ro‘yo yoxud Gʻulistonga safar” romanidagi Hikoyachi muallif kabi obrazlarida ruhiy kechinma, bezovtalik, zo‘riqish, psixologik hujum, xayolga berilish kabi vaziyatlarga tushgan odamlar qismati qalamga olinadi. Bunday romanlarda voqea emas, inson ruhiyati, dramatik kechinmalari «Inson va jamiyat», “Inson va tabiat”, “Inson va uning xayolot olami” kabi falsafiy masalalari ustunlik qiladi. Badiiy asar tasvirning metaforik tabiati sanalgan: peyzaj, portret, qahramon ruhiy holati, kayfiyati, tasavvurlarini ifodalash A.A’zam, X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqul uslubining bosh xususiyati hisoblanadi. A.A’zam, X.Do‘stmuhammad, N.Eshonqul romanlarida peyzaj va portret vositalaridan unumli foydalanadi. Adiblarning asarlarida peyzaj shunchaki tabiat tasviri, portret insonning tashqi ko‘rinishigina emas, balki yozuvchilarning o‘zlari yashagan jamiyat muhitiga nisbatan ruhiy holati hamda ifoda etmoqchi bo‘lgan g‘oyasining ro‘yobga chiqishida muhim rol o‘ynaydigan psixologik tasvir vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Badiiy uslub – bu umuman jahon badiiy adabiyotida keng tarqalgan maxsus nutq. U yuqori emosionallik, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nutq, ranglar, epitet va metaforalarga boyligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, o‘quvchi tasavvuriga ta’sir qilish uchun mo‘ljallangan va kitobxonning xayolotiga turtki beruvchi vazifasini bajaradi.
Muallif uslubi hodisasini tavsiflashning murakkabligi bir qator sabablarga ko‘ra belgilanadi. Bir tomondan, uni estetika va san’atning turli nazariyalarida o‘rganishning

132 I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi, 1980. – B. 388.
133 Boltoboyev H. Nasr va uslub. – T.: FAN nashriyoti, 1992. – B. 6.
134 To‘ychiyev U. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari .– T.: Yangi asr avlodi. 2011. – B. 367.
135 O‘sha asar. – B. 387.
136 Sokolov A.N. Teoriya stilya. – M.: Iskusstvo, 1968. – S. 59–86.
ma’lum bir an’anasi shaklida rivojlandi. Boshqa tomondan olib qaraganda, mualliflik fenomeni tarixiy jihatdan ancha yoshdir; umumiy tushunchalarga qaraganda kapitalistik munosabatlar va burjua huquqining shakllanishi natijasida uslub atamasi paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, biz o‘rganayotgan hodisani tasvirlash uchun turli xil atamalar mavjud. Shunday qilib, san’at va madaniyatni o‘rganadigan turli xil fanlar doirasida bir nechta atamalar mavjud bo‘lib, ular: uslub, yo‘nalish, badiiy tizim, badiiy usul, uslub va mahorat deb yuritiladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, mahorat uslubga nisbatan ancha keng ma’noni anglatadi. Chunki mahorat ko‘lami va ijodkorning borliqni qay darajada ko‘ra bilishi, anglashi va hodislarni real hayotdagi kabi badiiy adabiyotda tasvirlay olishi bilan ham uslubga ko‘ra kengroq tasavvur qilishga olib keladi. Uslub adiblarning hayot voqeligini tasvirlashdagi o‘ziga xos bo‘lgan boshqalardan qisman bo‘lsa-da, ajralib turadigan bayon etish usuli yoki yozish tartibi bilan belgilanadi.
Yozuvchi uslubi muallifning mafkuraviy rejasini amalga oshirish vositalari va usullari sifatida tushuniladi. Konsepsiya o‘xshashlik, faqat ushbu yoki birgina yozuvchiga xos bo‘lgan ijodiy xususiyatlarning birligiga asoslangan. Uning ta’siri ostida ob’yektiv dunyo, til, tarixiy voqealar va insonning ichki dunyosi o‘zgaradi. Yozuvchi tomonidan dunyoni ko‘rish va uning qonunlarini tushunishi uning ijodini ajratib turadigan uslubida aks etadi. Hayotiy tajriba, iste’dod, ijtimoiy taraqqiyotni anglash darajasi yozuvchining asarlarini noyob va taniqli qiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling