Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 0.93 Mb.
bet45/73
Sana18.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1581694
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. Abdurauf Fitraat. Adabiyot qoidalri.T:,O‘qituvchi, -1995.12-bet

  2. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi.T:,O‘qituvchi. -2015,126-bet

3 D.Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. T:.-Akademnashr. 2018 460-bet

  1. N.Eshonqul.Muolaja.www. ziyo.uz

BADIIY MATNNI LINGVISTIK EKSPERTIZA QILISH ZARURATI VA


OMILLARI
(N.Eshonqulning “Sibizg‘a volasi” hikoyasi tahlili misolida)


Zavqiddin SUVANOV,


PhD., ToshDO‘TAU dosenti v.b.

Badiiy matnning lingvistik ekspertizasini o‘tkazish uslubiy dastur bilan bog‘liq maxsus ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. U, xususan, ekstremistik targ‘ibot, tahqirlash, kamsitish,


haqorat qilish, irqiy, diniy, milliy, etnik, gender ayirmachilik mazmunining mavjud materialda namoyon bo‘lishini aniqlashda juda muhim.
Maqolada o‘zbek fanida badiiy matnning sud-lingvistik ekspertizasini o‘tkazish uchun yagona uslubiy asos yo‘qligi muammosi ko‘tariladi. Bunda badiiy matnning lingvistik ekspertizasi, badiiy adabiyotda ko‘tarilayotgan muammo doirasidagi o‘ta muhim til ifodalarini tahlil qilish, shuningdek, tilshunos mutaxassisning inson badiiy-intellektual qobiliyatlari doirasidagi pozisiyasini talab qiladigan qonuniy anormal ifodalarni lingvohuquqiy aspektda talqin qilish evolyusiyasi tasvirlanadi. Matnlarda ekstremizm targ‘iboti, tahqirlash, kamsitish, haqorat qilish, irqiy, diniy, milliy, etnik, gender ayirmachilik mazmuni zamonaviy huquqiy til va adabiyotshunoslikning salbiy ma’noli markaziy tushunchalaridan hisoblanadi. Huquqiy jihatdan esa ular millat, xalq, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini pasaytirishning nomaqbul ifodalangan shakli deb ta’riflanadi. Badiiy matnning lingvistik ekspertizasi amaliyotida munozarali deb atalgan asarlarni tahlil qilish qo‘yilayotgan muammoga daxldor belgilarni aniqlashda ahamiyatli.
Badiiy matnning lingvistik ekspertizasida lingvistik va huquqiy darajalarni farqlash, avvalo, terminologik muammo sifatida qo‘yiladi. Uni quyidagi savolda aniq shakllantirish mumkin: Masalan, badiiy adabiyotda huquqiy va lingvistik nuqtai nazardan kamsitish, tahqirlash, ayirmachilik, haqorat nima? Muammo aynan shu asosdan kelib chiqadi va hal qilinadi. Savolning bu tabiati, yuqorida ta’kidlanganidek, badiiy adabiyot va nazariy tilshunoslikda realistik yondashuv ustunlik qilishi bilan bog‘liq. Badiiy adabiyotda nazariyalar markazida tegishli yoki noto‘g‘ri bayonotlar emas, balki asosli tushuncha (so‘z va atama) lar mavjud. Voqelikning noaniq, ba’zan turli vaziyatlarda bir-biriga o‘xshamaydigan tarzda birikishi natijasida haqiqat haqida tushuncha (talqin) paydo bo‘ladi.
Mutaxassis, ko‘p hollarda matn muallifining niyatini ochib berish uchun ma’lumot zamiridagi yashirin mazmunni aniqlaydi. Ma’lumki, badiiy asarda tasvir harakat qiladi. Ekstralingvistik harakat aniqlanmagan hollarda, badiiy matnda tasvirni harakatning dolzarbligi yoki nomuvofiqligi uchun baholash mumkin emas. Tasavvur qiling, obraz real hayot kontekstida emas, balki tiriklik makonidagi individual ong tufayli asl ma’no bilan mos kelmasligi mumkin. N.D.Arutyunovaning fikriga ko‘ra, shaxs subtekstlar, qiziqishlar va ideallar bosimi ostida shakllanadi. Ammo tasvirning asosiy maqsadi ma’lum bir ob’yekt yoki ularning sinfi bilan bog‘liq to‘plangan tajribani umumlashtirishdir116.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda lingvistik ekspertizada badiiy matnlarni tahlil qilish muammosi ham dolzarb. Bunga ikki ijobiy omil – globallashuv, umumiy o‘sish yordam beradi. Badiiy til va uning ekstremistik mazmunni ifodalashi xususida D.N.Shmelev quyidagilarni yozadi: “Tilning estetik vazifasi, albatta, so‘zlashuv nutqida ham doimiy ravishda namoyon bo‘ladi. Lekin, baribir, bu vazifani so‘zlashuv nutqida yetakchi deb bo‘lmaydi. Badiiy matnlarda esa til hamisha ayni shu alohida vazifasi bilan ishtirok etadi. Bu vazifa, albatta, tilga, uning barcha ko‘rinishlariga hamisha xos bo‘lgan kommunikativ vazifasini cheklamaydi, balki uni o‘ziga xos bir shaklda transformasiya qiladi”. Tilning estetik vazifasi butun o‘ziga xosligi va murakkabligi bilan, darhaqiqat kommunikativ vazifani ham transformasiya qilgan, badiiyat manfaatlariga to‘laligicha xizmat qildirgan holda bevosita badiiy nutqda namoyon bo‘ladi. Umumxalq tilidagi barcha birliklar badiiy tilda u yoki bu darajada estetik qimmat kasb etishida ko‘rinadi.
Nazar Eshonqul “Sibizg‘a volasi” hikoyasida muallif Iskandar obrazi portretini yaratar ekan, obrazning tashqi qiyofasi va uning xatti-harakatini to‘liq tasvirlamaydi. Balki uning tashqi ko‘rinishi va xarakteriga oid muhim bo‘lgan bir nechta detallarni keltiradi va bu tasvirlarni hikoyachi nutqi orqali hikoya syujetiga singdirib yuboradi.
116 Arutyunova N.D. Yazыk i mir cheloveka. M., 1999. s. 373.
Bu kabi roviy nutqi vositasida ifodalangan tasvirlar Iskandar obrazining xarakter- xususiyatini ochib beradi. Xuddi shu o‘rinda, aytish mumkinki, muallif obrazning tashqi ko‘rinishini tasvirlash orqali uning xarakterini to‘laqonli ochib berishga erishgan.
“... xuddi yeb o‘tirgan noni tortib olingan qalandardek yuzida alamzadalik qotib qolgan, na nur, na ilohiyot taralardigan” yuzi esa zulmkorlik va bosqinchilik uning hayotining bir qismiga aylanganini eslatib turadi.
Badiiy obraz nosirning mukammal go‘zallik nuqtai nazaridan yaratgan tiplarida o‘z ifodasini topadi. Ammo shuni ham aytib o‘tish kerakki, “Mutlaqo go‘zallik qamrab olinmagan, balki faqat estetikaning xunuklik kategoriyasi o‘lchovlari doirasida yaratilgan obrazlar tafakkurida ham estetik ideal ishtirok etadi”117. Olimning fikrini davom ettirib aytish mumkinki, xunuklik kategoriyasi asos bo‘lgan obraz, xarakter va portretlar zaminida shunday xunuklikka qarshi go‘zallik konsepti bo‘rtib ko‘rinadi. Nazar Eshonqul tasvirida ham shu jihat yetakchilik qiladi.
Badiiy asar tilini o‘rganishdagi ikkinchi, ya’ni stilistik yo‘nalish tilning xuddi shu estetik vazifasini tadqiq etishga qaratiladi. Aytish lozimki, tilning badiiyati vazifasining asosiy namoyon bo‘lish o‘rni adabiy asar matni ekan, bu vazifaning o‘ziga xos xususiyatlarini faqat tilshunoslik yoki adabiyotshunoslik doirasida o‘rganish qiyin. Buning uchun adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, poetika kabi adabiyotshunoslik yo‘nalishlari va lingvistik stilistika, til tarixi, leksikologiya, semasiologiya, etimologiya, grammatika kabi tilshunoslik yo‘nalishlari bir-biri bilan hamkorlikda ish ko‘rishi lozim. Tilning estetik vazifasi masalasi bu ikki yirik fan oralig‘idagi murakkab muammo. Hatto, asrimiz boshida bir qator tilshunos va adabiyotshunoslar ham bu muammoni ilmiy asosda o‘rganadigan alohida fan turi shakllanishi lozimligi haqidagi qarashni ilgari surganlar. Masalan, B.A.Larin 20-yillarning boshlarida mana bunday deb yozgan edi: “Ertadir - kechdir, menimcha, juda tez orada til estetikasi alohida fan sifatida tan olinadi”.
Bundan quyidagi umumlashmalarga kelishimiz mumkin. Lingvistik ekspertizaning vazifasi muayyan davlatning amaldagi qonunlari talablariga zid holatlarni aniqlashga yordam berishda emas, balki huquqbuzarlik belgilarini o‘z ichiga olgan hodisaning tavsifini berishda namoyon bo‘ladi. Tahlildan kelib chiqadigan eng muhim xulosaquyidagidan iborat: “tilshunos qandaydir nutqiy harakatning haqoratli nutq ekanligini ko‘rsata oladi. Boshqacha aytganda, voqelikda sodir bo‘lgan va tilshunoslikda yuridik anormal deb qaraladigan o‘sha nutqiy hodisa, haqorat ta’rifining yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan lingvistik tutumlardan boshqa asoslar mavjud emas. Bunda muayyan nutq xatti-harakatini, ya’ni huquqiy anormal hodisa sifatida klassifikasiya qilish zarur. Tilshunoslikda haqorat hodisasini ko‘rib chiqishda matn markazli va leksikosentrik kabi ikkita yondashuvga ajratilishini yuqorida aytgan edik. Bunday ifodalarni klassifikasiya qilishda qabul qilingan mantiqiy imkoniyatlarni tavsiflaymiz. Bu nazariyaning natijasi nima uchun tajovuzkor emasligi “Sen yomon odamsan!” tushunchasini asoslash bilan bog‘liq. Bunda bir tomondan, “obro‘sizlantirish strategiyasi” nomi ostida modellashtirilgan narsaning noaniqligidan, ikkinchi tomondan, “xafa qilish” ehtimoli bilan aniqlashdan kelib chiqadi.
Shunday qilib, o‘zbek adabiyotini lingvistik ekspertiza qilishda, yuridik anormal hodisalarga qarshi kurashish holatlariga adabiy matnning aksiologik yo‘nalishi semantik va kommunikativ-pragmatik tahlilidan foydalanishga imkon beradi. Semantik tahlil matnning darajalarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ-pragmatik tahlil, birinchi navbatda, badiiy matnda tasviriy tarkibni tavsiflashga qaratilgan. Unda nutqning o‘quvchiga ta’sir qilish usullarini o‘rganishni talab qiladi. Biroq, matndagi modal ma’nolarning tarqoqligi, muallif pozisiyasining yashirinligi, matndagi turli darajadagi avtorizasiya – bularning
117 Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent: 2004. – B.11.
barchasi badiiy matnning mazmuni va kommunikativ istiqbolini shakllantiradi hamda lingvistik ekspertizaning ko‘plab muammolarini hal etilishiga ko‘mak beradi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling