Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
Foydalanilgan adabiyotlar:Arutyunova N.D. Yazыk i mir cheloveka. M., 1999. s. 373. Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. – Toshkent: 2004. – B.11. NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI BADIIYATI VA USLUBINilufar CHO‘LIYeVA, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), QarDU katta o‘qituvchisi. Annotasiya. Ushbu maqolada hikoya poetikasida ramz talqini Nazar Eshonqul hikoyalari asosida tadqiq etilgan. Maqolada adibning “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Xaroba shahar suvrati”, “Tobut”, “Bahovuddinning iti” hikoyalari tahlilga tortilgan. Rezyume. V dannoy statye issleduyetsiya tolkavaniye simvolov v poetike rasskaza na osnove rasskazov Nazara Eshonkula. V statye analiziruyutsya takiye rasskazы pisatelya kak “Nelzya poymat veter”, “Fotografiya razvalin goroda”, “Grob”, “Sobaka Baxovuddina”. Summary. In the article, the explication of symbols in narrative poetics is investigated as the examples of narrations by Nazar Eshonkul. In the article, the autthor’s narrations named ‘It’s impossible to catch the wind’, ‘The picture of the old town’, ‘The coffin’, ‘The dog of Bakhovuddin’ are discussed. Kalit so‘zlar: ramz, simvolizm nazariyasi, ekzistensializm, kontrast, tasavvuf, badiiy- estetik tafakkur, folklor, uslub. Klyuchevыye slova: simvol, teoriya simvolizma, ekzistensializm, kontrast, sufizm, xudojestvenno-esteticheskoye mыshleniye, folklor, stil. Key words: symbol, the theory of symbolism, existentialism, contrast, Sufism, artistic-aesthetic thoughts, folklore, style. Zamonaviy o‘zbek nasrining yirik vakillaridan biri Nazar Eshonqul asarlarining o‘ziga xos poetikasi va uslubi borasida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Biroq adib asarlari tahlili jarayonida yana yangi fikrlar vujudga keladi. Muallif adabiyo-estetik qarashlari tizimining ko‘lami kengligi namoyon bo‘ladi. Xususan, ijodkor hikoyalari tahlilining xilma-xil adabiy fikrlarni vujudga keltirishi matndagi ramz va metaforalarning salmog‘i bilan ham bog‘liqdir. Bu esa bevosita ijodkor uslubiy qirralarini belgilaydi. Quyida tahlil jarayonida adibning “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Xaroba shahar surati”, “Tobut”, “Bahovuddinning iti” hikoyalaridagi ramziy-metaforik tasvir asar mohiyatini ifodalashda yetakchi vosita bo‘lib xizmat qilgani ko‘zga tashlanadi. “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida davrning beshavqat silsilasida ruhan o‘lgan, jisman tirik zaifa juvonning odil vaqt va musibat qaritgan, mushtdek jussasida qora xotiralar karvonini ortmoqlagan metin kampir – Bayna momoga aylanib, eri va navqiron o‘g‘lining qotili Zamon otboqarga bo‘lgan cheksiz nafrati tasvirlanadi. Muallif uslubiga xos sokin va zalvorli jumlalarda Bayna momoning keskir qiyofasi bo‘rtib turadi. (Ayniqsa, momoning o‘z qishloqdoshlariga qilgan pisandalarida bu qiyofa yanada yaqqol namoyon bo‘lgan.) Asar qurilishi noodatiy – voqealarni goh oxiridan, goh avvalidan tasvirlash kitobxonni tushuniksiz shaklni ilg‘ashga chorlagandek qiziqish uyg‘otib, o‘zgacha ifodaviylik kasb etadi, voqealar dinamikasiga ta’sir etadi. Mazkur tasvir uslubi qahramonning – Bayna momoning ichki olamini, muhit va qahramon ziddiyatining ijtimoiy mohiyatini kuzatishda o‘quvchiga jonsaraklik baxsh etadi. Hikoya davomida xarakterlararo konflikt ham avjlanib boradiki, natijada, Bayna momoga Zamon otboqarning: “- Ering bu yerda bo‘lmasa boshqa yerda baribir o‘lgan bo‘lardi. Sen esa xavotir olma, o‘lsang itlarim ko‘madi”118, degan zaharhandasiga ham “bir og‘iz ortiqcha” gapirmagan kampir o‘z baxtining parvozini ko‘rmay qaro yerga ko‘mgan, eri va farzandining ham baxtli lahzalarini o‘zining “temir changali” bilan yakson qilgan dushmani – Zamon qassobga bo‘lgan nafratini iztirobli, ayni paytda, dahshatli sukunat qa’riga ko‘madi. Bu og‘ir iztirob olovidan butun vujudi yongan Bayna momoning adoyi-tamom qiyofasini muallif qizlar obrazi vositasida konkret, emosional tasvirlaydi:: “– Agar o‘g‘lingiz bo‘lganida men sizga jon-jon deb kelin bo‘lardim, – dedi qizlardan shaddodrog‘i Bayna momoning echki sog‘ishidan zavqi kelib. Bayna momo unga o‘qrayib qaradi va ko‘zlarida birdan alam yondi: qizlar qo‘rqib ketishdi: ko‘z oldilarida Bayna momoning butun tanasi tutab jo‘naganday tuyuldi. Qizlar dud hidini aniq sezishdi...”119 Qizlarning bu so‘zlari Bayna momoning qasos olishi uchun ham, asar voqealari rivoji uchun ham impuls – turtki vazifasini bajargan. Asar syujetidagi kontrast – Zamon otboqarning to‘yga taraddudi tasviri bilan Bayna momoning u tufayli yigirma yillik azoblariga azador qiyofasi tasviri hikoya voqealari fonida oq-qora bo‘yoqlarning yanada konkretlashishiga xizmat qilgan. Hikoyada qo‘llanilgan ramzlar, ramziy ishoralar esa nafaqat voqelikni teranlashtirgan, balki badiiy adabiyotimizning tafakkur tadrijini ham belgilagan, deyishimizga imkon beradi. Jumladan, Bayna momoning kun bo‘yi uyiga kelmay “...allamahal, oy atrofni sutday yoritganda sharpaday” kirib kelishi, “to mirshablar so‘rab kelmaguncha” uydan chiqmasligi, o‘limidan so‘ng sandig‘idan Zamon otboqarning kesib olingan o‘nta barmoq suyaklari topilishi uni kitobxon tasavvurida berahim ayol sifatida jonlantirsa, asar so‘nggida kampirning “laylatulqadr kutilayotgan oqshom”da joni uzilishi, yoki eski sandig‘idan “sarg‘ayib ketgan Qur’on”ning, zebigardon, bilaguzuk, kashtali ko‘ylagi va angishvonaning topilishi uning e’tiqodi but, qalbida iymon va ayollarga xos yaratuvchanlik, go‘zallik kabi tuyg‘ularning o‘lmaganligiga ramziy ishora bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘rinda laylatulqadr, Qur’on – e’tiqod mustahkamligi ramzidir. Muallif detal-ramzlar vositasida hikoya bag‘riga shunday kamalakrang fikrlarni jo qiladiki, o‘qiguvchi boshi-adog‘i turli tomon bo‘lgan fikrlarga kelmasin ularning umumlashmasi asarning tub mohiyati haqida chiqariladigan xulosaga zarracha ta’sir qilmaydi. Ya’ni o‘z etiqodiga sodiq qolib, uni xalqning asriy an’analari qatorida (sandiqda) asrab kelayotgan, yigirma yildan ortiq vaqt sitamlariga yurak bag‘ri yonsa-da, faqat “xotiralariga isinib” yashayotgan keksa ayolning so‘ngsiz nafrati nelarga qodir ekanligi hikoyaga kutilmagan yakun yasagan. Ammo anglash mumkinki, aslida Zamon otboqarning qotili u xizmatida bo‘lgan, u e’tiqod qilgan, va keyin uni chiqitga chiqargan zamonning o‘zidir. “Shamolni tutib bo‘lmaydi” – hikoya nomining ramziyligi ham giperma’noviylikni ta’minlagan. Zero, shamolni ulkan nafratning shiddatkor isyoni deb ham, insoniyat belgilagan qoliplarga sig‘maydigan, unga bo‘ysunmaydigan o‘lmas haqiqat ramzi sifatida ham, soxta e’tiqod deb mavjudlikni vayron qilgan, ohir oqibat yo‘qlikka yuz burgan asl vatansizlik, qo‘nimsizlik ramzi deb ham tushunish mumkin. Demak, asarning tub mohiyatini insoniyatning yashash mantig‘i muayyan mafkuralar doirasidagina o‘lchanishi emas, balki uning o‘zi yashash maqsadini to‘g‘ri yo‘naltirishi, aslida nega yashayotgani, o‘zining kimligini anglashga bo‘lgan intilishi muhimroq degan g‘oya tashkil etadi. Adibning “Xaroba shahar surati” hikoyasi ham ayni shu g‘oyani izchil davom ettirgan. Hikoyadagi qahramonning xaroba shaharning o‘z ruhiyatiga yaqin olishidan payqash mumkinki, u o‘z ruhiyatini, umuman o‘zini vayron qilgan mavjudlik va, yoki mavhumlik nima ekanligini 118 Eshonqul N. Yalpiz hidi: Qissalar va hikoyalar. T.: “Sharq”, 2008. –B:254 119 Eshonqul N. Yalpiz hidi: Qissalar va hikoyalar. T.: “Sharq”, 2008. –B:258 anglashga urinadi. Asar qahramoni tanazzulga yuz tutganligini ko‘ra olgan, o‘zligini qidirgan insonlar tipidir. Hikoyadagi professor, taniqli shoir obrazlari esa insoniyatning abadiy yashamoq haqidagi asriy orzu va aqidalarini unutib, o‘z maqsadlarini o‘tkinchi tirikchilik tashvishlari asosiga qurgan yoki shu tashvishlarning sarhadsiz makonida o‘zini, o‘zligini yo‘qotgan insonlarning badiiy umumlashmasidir. Yaratganning ulug‘ yezgu umidining aks sadosi bo‘lgan insonni U g‘oyat go‘zal qilib yaratdi. Unga go‘zal jannatdan makon qildi. Inson esa nafsi va xatolari bilan bu go‘zallikni poymol etdi. Asardagi “har tong azon o‘qiladigan”, “yashil bog‘lari, zangor osmoni, ...minoralari, shahardan uzoqlarda ham hidi ufurib turadigan... nafis va durkun gullari, hilol bilan birga hilpiraydigan tug‘lari”120 bo‘lgan Tursoriya shahri ayni shu go‘zallikning nishonasi bo‘lsa, uning vayron etilishi esa insoniyat qilgan xatolarining timsolidir. Xarob etilgan shahar tasvirida “...qandaydir g‘alati, tahdidli ulkan oyoq izlari”ning aks etishi, go‘zallikni toptashi esa odamzot shu kungacha qilgan xatolarining, gunohlarining in’ikosi yoki bu xatolarning ilk yaratilgan Inson – Odam Atodan “meros” bo‘lib kelayotganining, muttasilligining ramzi sifatida tajassum topadi. Shuningdek, hikoyada “...shuncha yong‘inu alg‘ov-dalg‘ovdan so‘ng ham hali bus-butligicha to‘xtab qolgan tegirmon par-pari ko‘rinardi: parrak hali mustahkam edi va bu o‘lik shaharga faqat shu parrakkina umid bag‘ishlab turganday edi” degan jumlalar bor. Shu o‘rinda, “Qissasi Rabg‘uziy” asaridagi quyidagi voqea yodimizga tushadi. Nuh alahissalom “– To‘fon va’dasi qachon bo‘lur?”, deb so‘raganlarida “ – Qachonki, tandiring ichidan suv chiqsa, balki azob kelgan turur”, degan xitob keladi. Nuhning kofir xotini non pishirayotgan chog‘da tandir ichidan suv chiqadi121. “Qissasi Rabg‘uziy”dagi bu holat qiyomatning qoyim bo‘lishi insoniyatning bu dunyodan rizqi uzilishi bilan boshlanishiga ishora qiladi. “Xaroba shahar surati”dagi tegirmonning qulab tushishi esa inson tirikligining me’zoni bo‘lgan ma’naviyatning tanazzuli, aylanuvchi parrak esa putur yetmas vaqt uzviyligi ramzidir. Zero, har bir inson muayyan vaqt birligida o‘z umri shahrini bunyod etadi. Xaroba shahar esa tanazzulga yuz tutgan, parchalanayotgan inson ruhiyasining ham, butun insoniyatning shu kungacha bilib-bilmay qilgan xatolarining ham ramziy tasviridir. Adibning “Tobut” hikoyasini adabiyotshunosligimizda Kamyuning “Vabo” romani bilan mengzashadi. Ya’ni har ikki asar voqealarining asosini muayyan makondagi noma’lum kasallikka qarshi kurash tashkil etishi, vabo fashizmning, tobut sho‘ro mafkurasining ramzi ekani ta’kidlanadi. Ammo aytish kerakki, Kamyu asarida o‘latning chekinishi insoniyatning vabo (fashizm)ga bo‘lgan kurashininggina emas, balki o‘z-o‘ziga qilgan isyonning natijasidir. Zero, Kamyu ta’biri bilan aytganda, isyondan “... maqsad – o‘zgarishga yuz tutish. Inson aslida kim bo‘lsa, shundayligicha qolishni istamaydigan yagona mavjudotdir”122. Nazar Eshonqulning “Tobut” hikoyasida esa bashariyatning muayyan ta’sirlar turtkisida tanazzulga yuz burishi va bu tanazzulga mahkumligi tasvirlanadi. Mazkur hikoya haqida muallifning o‘zi shunday yozadi: “...shahar (e’tiqod, g‘oya, fikr, o‘zlik)ning o‘limga mahkum etilishiga sabab nima degan savolga javob izlaganman va keyin asli uni boshidanoq o‘limga mahkum qilib, tobut shaklida qurishgan, shuning uchun hamma narsadan tanazzul anqib yotibdi, bu shaharda tanazzul taqdirdir, mahkumlikdir...”123. Bu mahkumlik Kamyu qahramoni Sizif duchor etilgan mahkumlik g‘oyasidan farq qiladi, albatta. Ya’ni Sizif dumalatayotgan xarsangtosh manziliga yetolmaydi, u doim harakatda. Bu adog‘i yo‘q, besamar harakat Sizif uchun mahkumlik. Demak, Kamyu o‘z asarida harakat (shaxsiy ikir-chikirlar)ni aslida, harakatsizlik, absurd ekaniga ishora qilmoqda. “Tobut” hikoyasida esa muallif asar qahramonini u duchor bo‘lgan, aniqrog‘i, mahkum etilgan tanazzul, absurd fojiani anglab yetgan inson qiyofasida tasvirlaydi: “U xonamga kechqurun kirib keldi: juda horg‘in edi, ko‘zlarida dahshat aralash junun o‘ynardi. – Butun shahar 120 Eshonqul N. Xaroba shahar surati. Hikoya. (Elektron manba). – URL:http:||www.ziyouz.com 121 Rabg‘uziy Nosiruddin. Qissasi Rabg‘uziy. (Elektron manba). – URL:http:||www.ziyouz.com 122 Mamadiyorova S.Alber Kamyu publisistikasida inson omili. (Elektron manba). URL:http:||www.kh.davron.uz 123 Eshonqul N. Mendan “men”gacha. T.:”Akademnashr”, 2014. –B:216 tobut shaklida qurilgandi. Men buni loyihada ko‘rdim. Biz shuncha kun tobutni kezib yurgan ekanmiz...”.124 Darhaqiqat, insoniyat yashash (g‘am chekish, azoblanish, qayg‘urish) va o‘lishga mahkumdir. Ammo u qanday umr kechirishni o‘zi hal etadi. Demak, hikoyada inson uchun erki, e’tiqodi, fikri, o‘zligini asrab qolishi oliy maqsad bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib beriladi. Nazar Eshonqul hikoyalarining o‘ziga xos jozibali jihatlaridan yana biri Sharqu-Gʻarb adabiyoti yutuqlari, umumbashar badiiy adabiyoti taraqqiyotining aksiga sado berganligidadir. Adibning yaratgan asarlari, jumladan, quyida tahlil etilajak “Bahoviddinning iti” hikoyasi ham fikrimizni dalillashga asos bo‘la oladi. Hikoya asosida “Koinot bilan ma’naviy, energetik va hatto, jismoniy darajadagi aloqani mashaqqat bilan qidirib topish” masalasi yotadi.125 Bu mo‘jaz asar orqali butun insoniyat tafakkurining kuch-qudrati u yaralgandan buyon o‘z-o‘zini va o‘zi yashayotgan olamni anglashga safarbar etilganiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Hikoya mohiyati, albatta, ramzlar ortidagi ma’nolarni ilg‘aganimizdagina oydinlashadi. Dastavval, asar epigrafiga diqqat qaratsak: “...Shayx u go‘zalning jamolini ko‘rish umidida yor ko‘chasidagi itlar orasiga qo‘shildi...” “Mantiq-ut-tayr” asaridan olingan ushbu jumla asarga yondashuvimizni belgilab beradi. Ya’ni “Mantiq-ut-tayr” asari Attor qarashlarining, irfoniy g‘oyalarining tarannumi. Navoiy ta’biri bilan aytganda, Attor “haqiqat tariqining” yo‘lchisi. U bu yo‘lda – Alloh vasliga yetishuvda inson g‘arib, kamtar, xokisor bo‘lishini ta’kidlaydi. Zero, Alloh buyukligi oldida inson bir zarra, ammo, ayni paytda, ana shu zarrada Yaratganning jilvasi bor. Demakki, Attor jumlasi ortida dunyo ilmlaridan bahramand shayx yor (Alloh)ga bo‘lgan ishq, Uning ulug‘ligi va barcha narsani bilguvchiligi oldida aqli noqis, ojiz va notavon bir itchalikdir. Tasavvuf adabiyotining ulkan namoyondasi Navoiyda esa shunday bayt bor: “Itingdur shohlar, yo‘qtur Navoiy itcha ollingda, Alar ittin ko‘pu bu it ayog‘i tufrog‘idan kam”.126 Ya’ni: “Alloh, sening cheksiz qudrating oldida shohlar iting kabidir, men esa sening oldingda itcha ham emasman; balki, shohlarning martabasi itdan balandroqdir, ammo mening martabam itning oyog‘i ostidagi tuproqdan ham pastroqdir!” Aytish joizki, tasavvuf ilmiga ko‘ra inson ma’naviy kamolotga erishishi, Alloh bilan birlik hosil qilishi uchun faqir bo‘lishi, nafsning barcha ko‘rinishlaridan o‘zni tiyishi kerak. Albatta, biz “Bahovuddinning iti” hikoyasini tasavvufiy ruhda yozilgan asar deyishdan yiroqmiz. Asarda inson o‘zining kimligini anglashi, ezilgan, tahqirlangan qalbining kechinmalariga quloq tutishi, maqsadsizlikdan bezovta ruhining hali o‘zi yetib bormagan puchmoqlariga nazar tashlashi kerakligi uqtiriladi. Hikoyada tashqi olam bilan o‘z ichki olamining qarama-qarshiliklariga ega, o‘zini ma’lum qobiqlarga o‘rab olgan, hayotdan zavqlanishdan to‘xtagan, tiriklikning, mavjudlikning asl qiymati nima ekanligi, qay maqsadda, nega yashayotganiga javob topa olmagan absurd inson qiyofasi kutilmagan shakl (it ramzi)da akslantiriladi. Sharq falsafasida, xususan, tasavvuf adabiyotida barcha tirik mavjudot Alloh qudrati oldida zaif, shu bilan birga, har bir tirik jon go‘zalligi Asl go‘zallikning tajallisi ekanligi va bu go‘zallik majozlar orqali tasvirlanishi ko‘zga tashlanar ekan, Gʻarbda esa bunday g‘oyadan farq qiluvchi badiiy tafakkur mavjud bo‘lganiga guvohi bo‘lamiz. Xususan, Gʻarb o‘rta asrlari adabiy-estetik tafakkurida Psevdo-Dionisiy, Dionisiy-Areopaget nomlari bilan mashhur ilohiyotchi olim o‘sha davr simvolizmi nazariyasini ancha mufassal ishlab chiqdi. “Ramz qatida botin mohiyatining inkishof etilishi kishiga ta’rifga sig‘maydigan lazzat baxsh etadi. Shu qarashni yanada rivojlantirib, Dionisiy-Areopaget hatto xunuk, noma’qul narsa-hodisalar tasviri ham 124 Eshonqul N. Tobut. Hikoya. (Elektron manba). – URL:http:||www.ziyouz.com 125 Kamilova S. E. XX asr oxiri – XXI asr boshlari rus va o‘zbek adabiyotida hikoya janri poetikasining rivoji. T.: 2016. -B:28. Dok. diss.avtoreferati. (Elektron manba.) – URL:http:||www.tashgiv.uz 126 Navoiy Alisher. Navodir ush-shabob. 393-g‘azal, -B:207.(Elektron manba.) – URL:http:||www.ziyouz.com. alisher_navoiy_asarlari oliy ruhoniy qadriyatlarni ifodalashi mumkinligini ta’kidlaydi. Mumkingina emas, hatto ularni ifodalash uchun tuban narsalarning tasvirlangani ma’qulroq ham. Chunki bu holda, birinchidan, ilohiy qadriyatlar yanada ko‘proq ulug‘langan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bu holda butun e’tibor botiniy ma’noga yo‘naltiriladi, zero, bunday ramzda e’tiborni tutib qoluvchi tashqi go‘zallik yo‘q”.127 Ushbu hikoyada esa xunuk tasvir – it, uning “qo‘tir bosgan vujudi” tasviri orqali esa insoniyat qalbining “mahkumlik va mute’lik, ojizlik va zulm”, adolatsizlikdan qolgan “yara”lari, asoratlari, dardlarining ramziy ifodasini ko‘ramiz. Asarda tirik jon uchun erkning muhimligi, inson va borliq aloqadorligida insonning kichik bir halqa ekanligi va bu halqa doimo o‘z Ibtidosi tomon intilishi, g‘ayriodatiy evrilishda esa qahramon psixologik portreti, uning muayyan makon va zamonda ijtimoiy voqelikka qay darajada dahldorligi ko‘rsatiladi. Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, hikoya Sharq va Gʻarb badiiy-estetik tafakkuri uyg‘unlashuvining o‘zgacha badiiy ifodasi sifatida yaralganligi bilan ham ahamiyatlidir. Bu tahlilning bir jihati. Shu o‘rinda yana bir fikrni qayd etish joiz. Biz ramz haqida, uning o‘zbek adabiyotidagi tadriji haqida so‘zlar ekanmiz, bu adabiy istilohning o‘zagi qadim og‘zaki adabiyotimiz (folklor)ga borib taqalishini ham e’tirof etish zarur. Zero, folklor adabiyotimiz merosi namunalarida ramz, majozning turli talqinlarini ko‘ramiz. Xususan, it obrazi o‘zbek folklorida quyidagicha talqin etilgan: “Folklor namunalari tarkibida saqlanib qolgan bir qancha ko‘hna motivlar, obrazlar itning xalqimiz e’tiqodi tarixining ma’lum bir qatlamlarida ijobiy obraz sifatida qaralganligini tasdiqlaydi. Fikrimizni “Odamtoy” ertagida it va otning qondosh, deb talqin qilinishi, “Ermana mergan” va boshqa bir qator ertaklarda itning qahramonga hamkor, do‘st bo‘lib kelishi tasdiqlaydi”.128 Mazkur barcha qarashlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu hikoyada it obrazi ijobiy ma’no tashigan. It obrazi, uning “musibatga to‘la” uvillash sadosi ramzi ortida inson qalbining g‘am-anduh, dard-hasratga to‘la nolasi yashirin. Bu nola, balki inson vijdoni, afsus-nadomatlari, o‘z-o‘ziga bo‘lgan iddaolarining, butun mavjudlik qarshisidagi burch va mas’ulligining iztirobli hayqirig‘idir. Yana aytishimiz joizki, hikoyada qahramonning shodlik va o‘yin-kulgudan yiroq, nafsini jilovlayolgan itga evrilishi tasviri - metamorfozada o‘zining kimligini, butun borliq qarshisida kichik, ojiz bir jonzot ekanligini, aslida soxta munosabatlar, manfaat, o‘tkinchi tashvishlar hukmron jamiyatda o‘zining begonaligini anglagan inson qiyofasi ham ramziylashtirilgan. Hikoya nomida ham o‘ziga xos metaforik ma’no bor: Bahovuddin so‘zi arabcha “Bahovaddin – dinning ulug‘vorligi, ko‘rki; muruvvati, nuri” degan ma’nolarni anglatadi. “Bahovuddinning iti” birikmasini esa Yaratganning, U belgilagan abadiy qonuniyatlarning sadoqatli, vafodor quli; o‘z yo‘lidan og‘ishmaydigan, mavjudlik va ijtimoiylik haqida o‘zining qarashlariga, “e’tiqod”iga sobit inson tasvirining ayni ziddi deya talqin etish mumkin. Yuqorida tahlil etilgan hikoyalar misolida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda yaratilayotgan nasriy asarlardagi ramzlar, metaforalar va ularning nafaqat hikoya, balki boshqa epik janrlar poetikasidagi o‘rnini belgilash mazkur tushunchaga konkretroq yondashish talabini qo‘yadi. XX asrning yirik mutafakkiri, Gʻarb faylasuf va psixolog olimlaridan biri Erix Fromm o‘zining “Inson qalbi” deb nomlangan asarida ramziy til xususiyatlariga to‘xtalar ekan, “ramz ichki olamimizning tashqaridagi qandaydir ifodasi” deydi, va shunga asosan ramzlarni uch xil guruhga bo‘ladi: shartli, tasodifiy va universal ramzlar. Fromm shartli ramzlarning barchaga ma’lum ekanini ta’kidlab, ularga muayyan narsa-buyumlar va ularning nomlarini 127 Quronov D., Rahmonov B. Gʻarb adabiy-tanqidiy tafakkuri ocherklari. T.:2008. –B:32. (Elektron manba.) – URL:http:||www. ziyouz.com. 128 Eshonqulov J. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. T.: “Fan”, 2011. –B:2. (Elektron manba.) – URL:http:||www. SAVIYA.UZ misol qiladi. Ya’ni olimning fikricha, shartli ramzlar ma’lum predmet va uning nomlanishi o‘rtasida hech qanday aloqadorlikka asoslanmaydi. Aksincha, biz o‘sha buyumni ko‘rganimizda o‘ylab o‘tirmay uning nomini aytamiz. Bu shartli tasavvur nafaqat buyumlarni, balki ma’lum rangni ko‘rganimizda, hidni, issiq-sovuqni sezganimizda ham u bilan bog‘liq ma’lumotlar, ichki kechinmalar ham jonlanadi. Tasodifiy ramzlar ham inson his-tuyg‘ulari, xotiralari bilan bog‘liq bo‘lib, ular ko‘pincha insoniyatning ong osti oqimi, xususan, tush holatida uchraydigan voqea-hodisalar bilan bog‘liqligi aytiladi. Universal ramzlar esa o‘zi anglatayotgan narsa mohiyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ruhiy holatimiz bilan jismoniy holatimiz o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. E.Fromm mazkur ramzlarning “moddiy olamda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar ichki holatimizga mos aks etishi – ruhiy olamning ramzi sifatida xizmat qilishi”ni ta’kidlaydi. U universal ramzlarning namoyon bo‘lishini yuz ifodalarimiz, xatti-harakatlarimiz, imo-ishoralarimiz asnosida ichki holatimizni ifodalashini aytadi. Olimning bu tasnifi inson ruhiyasi in’ikosi asosida vujudga kelgan, albatta. Fikrimizcha, adabiy turda, xususan, epik tur janrlarida esa ramzlarning badiiy asar shakli va mazmunidagi “yuk”ini mufassal ifodalashda ularni tasniflash maqsadga muvofiqdir. Epik asar, masalan, hikoya shakli - kompozisiyasida ramzlarni personaj ramzlar, detal ramzlar, peyzaj ramzlar, portret ramzlarga ajratish lozim. N.Eshonqul hikoyalari misolida oladigan bo‘lsak, personaj ramzlarga detal ramzlarga qo‘lansa is, ufunat, xaroba shahar, tobut, tegirmon va uning parragi, Qur’oni karim, ohang-kuy kabilar, peyzaj ramzlarga “Ajr”, “Erta chalingan bong” hikoyalaridagi tun, bog‘ tasviri, portret ramzlarga “Muolaja” hikoyasidagi insonning savalangandagi holati: ko‘zlarning so‘niqligi, undagi nafrat, junun tasviri, “Erta chalingan bong”, “Maymun yetaklagan odam” hikoyalaridagi nigohlardagi ishonchsizlik, befarqlik tasvirlari misol bo‘la oladi. Detal, peyzaj va portretlar ifodalagan ramzlarni muayyan epik asar tahlili davomida tasniflash asar voqeligini, uning umumiy g‘oyasini konkretlashtirish bilan birga, mazkur unsurlarning kompozisiyadagi o‘rnini, kompozision butunlikning shakliy va mazmuniy darajasini yaqqolroq ifodalaydi, asar poetikasini to‘laqonli belgilash imkonini beradi, nazarimizda. Ramzlarni yuqoridagidagicha tasniflash epik asar kompozisiyasi (ichki kompozisiya)ga asoslanilsa, ularni asarning tashqi kompozisiyasi – arxitektonikasiga ko‘ra tasniflaganimizda “sarlavha ramzlar” (“Maymun yetaklagan odam”, “Qora kitob”, “Momoqo‘shiq”, “Bahovuddinning iti”, “Ozod qushlar”), boblar yoki qismlarning nomlanishi – “ramziy boblar”, masalan, asar qismlarining martdan oktyabrga qadar nomlanishi (“Xayol tuzog‘i” hikoyasida), ramziy epigraflarga “Men katta bo‘lsam miltiq sotib olaman. Miltiqni nima qilasan? Otamni otaman!” (“Urush odamlari”), “Boshimga ko‘rki ne tun keltirubsen” (“Tun panjaralari”), “Shayx u go‘zalning jamolini ko‘rish umidida yor ko‘chasidagi itlar orasiga qo‘shildi...” (“Bahovuddinning iti” hikoyasida) kabilarni misol qilish mumkin. Xullas, adib Nazar Eshonqul asarlarini tahlil qilarkanmiz, ushbu ijodning jozibasi nafaqat yozuvchi ifoda uslubida, balki “xayol va hayotning shartli ifodasi” bo‘lgan ramzlar vositasida ham namoyon bo‘ladi. Adib asarlaridagi ramzni anglash, nafaqat u yaratgan ijod, balki bugungi nasrimiz xususiyatlari haqidagi xulosalarga ham dahl etadi. Nazar Eshonqul hikoyalaridagi qiyofalar tasvirida esa insonni anglashga va bu anglash orqali u haqidagi ilmlarni boyitishga, uni qayta inkishof etishga bo‘lgan badiiy maqsad balqib turadi. Ana shu ulug‘ maqsadga intilish samarasi o‘laroq badiiy adabiyotimiz sarhadlari turfa obrazlar, o‘zgacha go‘zal asarlar bilan kengaymoqda. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling