Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA AYOL RUHIYATI TASVIRI
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA AYOL RUHIYATI TASVIRIS.Mo‘minova, QarDU dosenti K.Eshpo‘latova, QarDU magistri Dunyo adabiyoti xazinasida ayollarning ruhiy olami, ularning qalb kechinmalari, ijtimoiy hayotdagi mavqeyi mahorat bilan qalamga olingan Lev Tolstoyning “Anna Karenina“, Gyustav Floberning “Bovari Xonim”, Teodor Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” kabi yana bir qancha asarlar yaratilgan. O‘zbek adabiyotida esa “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Kecha va kunduz” kabi asarlarni ham misol keltirishimiz mumkin. Bugungi kun o‘zbek nasrining taniqli vakillaridan biri Nazar Eshonqul hikoyalarida ham o‘zbek ayollarining turli xil qiyofalari, psixologik holati, dard-u alamlari, quvonch-u tashvishlari qalamga olingan. Yozuvchining “Ochilmagan eshik“, “Qultoy” kabi hikoyalarida sharqona odob-axloq va ibo-hayo liboslariga burkangan sodda, samimiy mehribon o‘zbek ayollari qiyofasini uchratamiz. “Ochilmagan eshik“ hikoyasidagi ayol, ya’ni kelinchak ruhiyatidagi alam-iztiroblar, rashk, farzandsizlik azobi va yolg‘izlik tuyg‘ulari kabilar o‘ziga xos tarzda ifodalangan. Hikoya xo‘rlangan, aldangan, hali o‘n gulidan bir guli ochilmay baxtsizlikka mahkum etilgan kelinchakning hayot kitobi haqida. Yozuvchi hikoya davomida kelinchakning surati: go‘zal chehrasi, qosh-u ko‘zi, bo‘yu-bastini emas, uning hayotdagi o‘rni, siyrati, onasizlik, farzandsizlik, rashk azobi, iztiroblari, qalbida kechayotgan cheksiz azoblarga nisbatan g‘alayoni, chidamini tasvirlaydi. Hikoyaga mashhur rus adibi F.M. Dostoyevskiyning “ Senga qanday jannat yaratib berardim, bilmaysan!” satrlari epigraf qilib tanlangan . Bu misralar go‘yoki kelinchak tilidan bu hayotdagi yagona xazinasi–bevafo turmush o‘rtog‘iga qarata aytilayotganga o‘xshaydi. Hikoyada yozuvchi ayol qalbida kechayotgan murakkab, og‘riqli kechinmalarni oddiygina qulfi yomg‘ir tufayli zanglab ochilmay qolgan eshik ramzi orqali aks ettirishga harakat qilgan. 110 Jo‘raqulov U. Hududsiz jilva. – Toshkent: Fan, 2006. – B. 9. 111 Nazar Eshonqul. Mendan “men”gacha. – Toshkent: Akademnash, 2014.– B. 56 Ma’lumki, “Ramz (ar. so‘z bo‘lib – imo, ishora, imlash) – simvol; ko‘chim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi; obrazlilik turi. Ramz mohiyatan allegoriyaga yaqin, undan farqi shuki, ramz kontekst doirasida ham o‘z ma’nosida, ham ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. Ramzning ma’nosi kontekst doirasida va shartdan xabardorlik bo‘lganda reallashadi”112. ““Ochilmagan eshik“ hikoyasi kontekstida zang bosgan qulf ramzi orqali aks etttirilgan “fikr va his”, “tafakkur va mantiq” tushunchalari alohida ahamiyat kasb etadi. Kelinchak nihoyatda ma’suma, pokiza. Uning qanchalik sof, beg‘ubor qalb egasi ekanligini quyidagi parchadan ham bilishimiz mumkin: ”Kelinchak ba’zi-ba’zida o‘ziga “kundosh” bo‘lgan boshqa bir ayolni xayolan tasavvur qilar va ko‘z oldida dunyodagi eng go‘zal ayolning siymosi paydo bo‘lardi. Erining nazari tushgan ayol bundan o‘zgacha bo‘lishi mumkin emas edi. Ayolni xayolan tasavvur qilar ekan , o‘zi xayolida yaratgan bu ilohiy suratga ba’zan o‘zi maftun bo‘lib qolar edi va bunday ayolni sevmaslik, uning ko‘nglini qoldirish hech kechirib bo‘lmaydigan gunohday tuyilar va eri shunday ayolni sevganidan faxrlangisi ham kelar edi”113. (“Ochilmagan eshik” hikoyasi) Uning hayoti tuman ichra so‘nayotgan gulxan yanglig‘ edi. U gohida bunga “ ... o‘gay onasining yoshligida “Iloyo baxtiqaro bo‘l, iloyo, qirchillama yoshingda qayril, iloyo baxting ochilmasdan beva qol“114 degan qarg‘ishlari sababchi emasmikan, degan xayolga ham boradi. Bu dunyo xalq og‘zaki ijodidagi mashhur ertak qahramoni Zolushka va uning hayotini yodga soladi, ertak ezgulik bilan yakun topib Zolushka baxtli malikaga aylanadi. Kelinchak esa bu zug‘umli dunyodan o‘zi bolalik kezlarida xayolida yaratgan oppoq ertaksimon dunyoga qush bo‘lib uchib ketishni orzu qilar edi. U qalbida butun dunyoni boshiga ko‘taradigan ayanchli yig‘isini saqlab yurar edi. Buning asosiy sabablaridan biri uning farzandsizligidir. O‘zbek ayoli uchun eng katta qayg‘u – farzandsizlik, eng yuksak baxt esa bu onalik baxtidir. Yozuvchi hikoyada aytmoqchi bo‘lgan fikrini, bundan buyon sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarni, qahramonning kelajak taqdirini tushlar vositasida bayon etadi. Bu hikoyada ham yozuvchi kelinchakning kelajak taqdiriga shu tush orqali ishora qiladi. Hikoya so‘nggida kelinchak Olloh tomonidan berilgan eng buyuk ne’mat tiriklik–yashash baxtidan voz kechadi, o‘z joniga qasd qiladi. Yozuvchining “ Qultoy” nomli hikoyasida mushtipar ona Arzixol hayoti haqida hikoya qilinadi. Hikoya qahramoni bir umr o‘zgalar g‘am-tashvishi bilan yashaydi. Farzandi yaqinlari uchun butun umrini qurbon qiladi. (Farzandi o‘limidan keyin uning haqiqiy onasi Arzixol ekanligini biladi.) Ayolning atrofidagi insonlar esa unga oddiy bir buyumdek, begona xizmatkordek munosabatda bo‘lishadi. O‘g‘li Uljon esa uni cho‘loq deb ataydi. Ayol bu holatga shunchalik ko‘nikib ketganki, bundan hech qachon ranjimaydi, shikoyat ham qilmaydi. U o‘g‘lini himoya qilish uchun bir nechta barzangilar orasiga kirib o‘g‘lini himoya qiladi. “Arzixol paydo bo‘lgandi; u qaynilarning ataylab uchiga qotirilgan teri o‘rnatilgan qamchilari momataloq qilayotgan Uljonning boshiga o‘zini tashladi: endi qamchilar ayolning yelkasi aralash vizillar, Arzixol bor ovozi bilan qishloqdoshlarini yordamga chaqirgancha, xuddi yosh go‘dagini bag‘riga olib, bostirib kelayotgan balo-qazolardan asrayotganday Uljonning boshini tovon-u barmoqlari birlashib ketgan mayib oyoqlar bilan tug‘ilgani va ayni shu nuqsoni uchun sog‘lom va nuqsonsiz odamlar dunyosida bir umrga bo‘ynini qisib, boshini egib yurishga mahkum etilgani beri boshidan arimagan haqorat va xo‘rlikdan yilma-yil kichrayib borayotgan mittigina jussasi bilan to‘sib olgandi. Uljon naq burniga tegib turgan ayolning ko‘kragidan achimsiq ter va o‘ziga juda tanish bo‘lgan ko‘krak hidini to‘ydi: bir zum u bu hid qayerdan kelayotganini va bu hid dimog‘ida qachon va qanday o‘rnashib qolganini anglolmay, o‘zini kaltaklashayotganini 112 Dilmurod Quronov va boshq. Adabiyotshunoslik terminlari izohli lug‘ati. –T.: “Akademnashr”. 2010. – 125-bet. 113 Eshonqul N. Yalpiz hidi. Qissalar va hikoyalar. –Toshkent: Sharq, 2008. 304-bet. 114 Eshonqul N. Yalpiz hidi. Qissalar va hikoyalar. –Toshkent: Sharq, 2008. 313-bet. ham unutib, beixtiyor xuddi emayotgandek tamshandi.”115(“Qultoy” hikoyasi) Arzixolning abgor qiyofasiga hech kim e’tibor bermas edi. Ayol barcha xo‘rlik va haqoratlarga loyiqdek hech ham e’tiroz bildirmay hamisha qo‘rqib, bekinib burchak- burchaklarda berkinib yashar edi. Farzandi qanday bo‘lsa ham, ayolga farqi yo‘q. Ayol bolasini borligicha qabul qiladi, sevadi, ardoqlaydi. Zahmatlar chekib, uni katta qiladi, tunni tongga ulaydi, o‘zida kuch, sabr, matonat topa oladi. Nazar Eshonqul hikoyalarida yuqoridagi kabi fidoyi, zahmatkash, o‘zini o‘ylamaydigan, farzandi, oilasi uchun jonini ham ayamaydigan, surati hamda siyrati go‘zal, qalbi hassos ayollar obrazi yaratilgan. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling