Davlat pedagogika
Download 0.61 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahorat madaniyati
- Motiv
- Muammoli vaziyat
Longityud tadqiqot – tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rganish. Longityud tadqiqot odamdagi individual va Yosh davrlardagi o‘zgarishlarni qayd qiladi
Malaka - mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarishning avtomatlashgan usullari. Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish – erkinlikning qarama-qarshi jihati bo‘lib, bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi. Mayl – shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug‘ullanishiga jalb etilganligi. Mayl shaxsda kuchli istak, xohish tarzida namoyon bo‘lib, bajo keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi. Mahorat madaniyati - har bir tadbirni zo‘r quvonchli qalbdan tashkil qilish. Ma’naviy madaniyat - talabalarning ijodiy, ma’naviy, badiiy faoliyatini tashkil qilishdir. Metod – bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi. Miqdoriy tahlil – moddalar hususiyatining tuzilishini miqdoriy jihatdan aniqlash metodlarining yig‘indisi Motiv - inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undovchi kuch, sababdir. Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quvvatlash kiradi. Muammoli vaziyat - bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish sharti bo‘lgan psixologik vaziyat. Muammoli ta’lim - o‘quvchining faolligini oshirishga qaratilgan va o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan o‘qitish usuli. Muhit – organizm tug‘ilgan, rivojlanadigan va yashaydigan tashqi omillar, sharoitlar va ob’ektlar majmuasi. Negativizm – bolalar psixologiyasida atrofdagi kishilarga nisbatan bolaning sababsiz qrshilik ko‘rsatishi. Negativizm ikki xil bo‘lib, passiv – taklif qilingan faoliyatning bola tomonidan bajarilmasligi. Faol – shaxsiy negativizm – bolalarning qarama-qarshi xarakterga ega bo‘lgan faoliyatni bajarishi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling