Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja
Download 123.5 Kb.
|
Davlat shakllari tushunchasi12
Konstitutsiyaviy monarxiya burjuaziya jamiyatining shakllanish davrida paydo bo’lgan. U shunday boshqaruv shaklidan iboratki, bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan cheklangan bo’ladi. Bu esa, parlament tasdiqlaydigan konstitutsiyada mustashkamlanadi. Uni o’zgartirishga monarxning haqi yo’q. Shu asosda dualistik hokimiyat ikki taraflama xususiyatga ega bo’lishini tushunib olishimiz mumkin (mazkur so’zning tarjimasi ham shundan guvohlik berib turibdi).
Amaldagi mavjud va yuridik hokimiyat monarx shakllantiradigan hukumat bilan qonunchilik organi sifatida maydonga chiquvchi parlament o’rtasida bilinadi. Mamlakatni boshqarish monarx ixtiyorida bo’lib, vazirlar unga hisob berib turadilar. hukumat parlamentning partiyaviy tarkibiga bog’lanmagan holda shakllantiriladi. Boshqaruv dualizmi (ikki taraflamaliligi) shundan iboratki, misol uchun monarx feodallar manfaatlarini, parlament esa, burjuaziya va boshqa tabaqalar manfaatlarini ifodalaydi. Bunday boshqaruvga Prussiya, Italiya, Ruminiya (o’tmishdagi) davlatlari misol bo’la oladi. Hozirgi vaqtda boshqaruvning bu shakli o’z umrini yashab bo’ldi. Parlamentlik monarxiya mamlakatlari (hozirgi Angliya, Belgiya, Norvegiya, Shvetsiya)da qirol shoshlik vazifasini o’tasada, mamlakatni to’la ma’noda boshqarolmaydi. Hukumat parlament tomonidan saylovlarda ko’p ovoz olgan muayyan partiyalar vakillaridan iborat qilib shakllantiriladi. Eng ko’p deputatlik mandatlariga ega bo’lgan partiya rashbari hukumat boshlig’i bo’ladi. Qonun hujjjatlari parlament tomonidan qabul qilinib, rasman monarx imzolaydi. Shunday qilib, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud sohalarida monarx hokimiyati ramziy ma’noga ega. Lekim yuqorida zikr etilganlardan monarx faqat sof ramziy shaxsga aylanib qoladi, degan ma’no kelib chiqmaydi. Bu shiro davriga oid xato bo’lib, u vaqtda monarxiya umri tugab bo’lgan bir narsa sifatida ro’yxatdan chiqarib yuborilgandi. Agar shunday bo’lsa — yuz ming yillab yashab kelgan boshqaruvning bu shakli hozirgacha ba’zilarning e’tiborini tortib kelayotganini qanday izoshlash mumkin? Chunonchi, 1975 yili Ispaniya xalqi plebessit (referendum)da monarxiyani qaror toptirishga ovoz berdi. SSSR barham topishi bilan ko’pchilik respublikalar (Rossiya, Ukraina) da monarxiyaning qayta tiklanishi ehtimoli haqida gaplar bo’ldi. Albatta, buni izoshlashning qiyin joyi yo’q. Mashaqqatli damlarda, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda hukm surayotgan beqarorlik sharoitlarida aksariyat odamlar hokimiyat tepasiga monarxning "millat otasi"ning, "millatlar yakdilligi ramzi"ning kelishiga umid bog’lay boshlaydilar. Biroq bunda faylasuf I.A.Ilbinning haqqoniy ta’kidiga ko’ra, monarxiya diniy ildizlarga asoslangan boshqaruvning "jonli" shakli bo’ladi, shuning uchun sham maxsus ijtimoiy-ruhiy muhitni taqozo etadi. Uni dekret bilan joriy etish, yana ham muhimroq tasodifiy bir shaxsni monarx deb e’lon qilish mumkin emas. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling