Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja
Download 123.5 Kb.
|
Davlat shakllari tushunchasi12
Federativ davlat (lot. "fedus" – ittifoq, shartnoma) - murakkab davlat. Davlat va huquq fanida davlatlarning shartnoma va qonuniy tartibga solingan birlashuvini ta’sis etishga asoslangan ittifoqi federatsiya deb ataladi. Demak, o’zaro birlashishga intiluvchi bir qancha mustaqil davlatlar mavjud bilgan joydagina federatsiya tashkil etilishi mumkin.
Ko’pchilik (siyosatdonlar, yuristlar, jamoat arboblari ham) federatsiya nima ekanligi haqida juda mavhum tasavvurga ega. Shu munosabat bilan biz tarixga murojaat etishga qaror qildik. Federatsiyaning kelib chiqish tarixini taxminan shunday tasavvur etish mumkin: siyosiy jihatdan shakllanib bo’lgan bir qancha kichik davlatlar mustaqil yashashga intilishadi-yu, biroq tashqi xavf-xatar va ichki qiyinchiliklar ulardan boshqa o’zlariga o’xshash davlatlar bilan birlashishni talab qilayotganiga ishonch hosil qiladilar. Shunday qilib, ular mazkur birlashuv nimalardan iborat bo’lishi hamda qanday qonuniy tartibda bu amalga oshirilishi haqida shartnoma tuzib, yagona davlatni barpo etadilar. Bu birlashuv, odatda, "abadiy" deb e’lon qilinadi. Shveytsariyada xuddi shunday voqyea sodir bo’lgandi. U yerda kuchli qo’shnilarga qarshi kurash davomida dastlab 1321 yili Uri, Shvits, Nidvalden va Obvalden deb nomlangan kichik davlatlar (kantonlar) strategik birlashishdi va keyinchalik "ittifoq yorlig’i"ni taqishdi. 1332 yili ular federatsiyasiga Lyutsern kantoni qishildi. 1352 yili Syurix, Glarus va Sug federatsiyaga birlashdi. 1353 yili Bern "abadiy" qo’shildi. 1415 yili Aargau kantoni Avstriyadan ajratib olindi va federatsiya tarkibiga kiritildi. Shu yildan boshlab Shveytsariyada har yili o’tkaziladigan federal syezdlar iz ishini boshladi. Ancha keyinroq Amerika qo’ishma Shtatlari xuddi shunday asosda birlashdilar. Ular dastlab bir-biridan mustaqil 13 ingliz koloniyasidan iborat bo’lib, ularning har biri o’zining maxsus siyosiy va konstitutsiyaviy tarixiga ega edi. 1775 yili bu koloniyalar Angliyaga qarshi kurashda strategik maqsadlarda birlashishdi. 1781 yili, keyin esa, 1787 yili shtatlar federal konstitutsiyalarini ishlab chiqishdi, ya’ni ular endi davlatchilik asosida birlashishgandi. Keyin ular safiga Fransiyadan sotib olingan Luiziana qo’shildi. Rossiyadan Alyaska sotib olindi. Meksikadan "hududlar", Ispaniyadan Antil orollari tortib olindi. Yuz yilliklar mobaynida mustaqil siyosiy hayot kechirib kelgan 25 nemis mustaqil davlatlari va erkin shaharlari 1871 yili xuddi shu tarzda birlashishdi, Ular "abadiy konfederatsiya" sifatida yagona Germaniyani tashkil etdi. 1867 yilda Shimoliy Amerikadagi uch ingliz viloyati (Kanada, Yangi Shotlandiya va Yangi Braunshveyg) "Kanada nomli yagona mustaqil davlat"ga birlashdi. 1885-1886 yillarda ingliz suvereniteti asosida oltita Avstraliya koloniyasi, Yangi Zelandiya va Fiji orollari Avstralosiyo federal davlatiga birlashdi, Mumtoz ma’nodagi federativ davlatlar pastdan yuqoriga, kichikdan kattaga, ko’plikdan birlikka shaklida tipik tarzda paydo bo’lgan. Bunda federal konstitutsiyalar siyosiy jihatdan o’sib-chatishib ketadigan kichik davlatlar aynan nimalarda o’z mustaqilliklarini saqlab qoladi-yu, nimalarda yo’qotishlarini belgilab beradi. Odatda, ularning har biri uchun alohida taalluqli bo’lgan hamda hamdo’stlik birligiga xavf solmaydigan hamma narsada ularga mustaqillik beriladi. Agar, mabodo, ittifoq davlati o’z vakolatini suviste’mol qilib, mahalliy ishlarga aralashadigan bo’lsa, mahalliy mustaqillik tarafdorlari federal konstitutsiyaga ishora qilib: "Biz - federalchilarmiz' Bizning davlatimiz unitar emas, federativ davlatdir", deyishadi. Shunday qilib, asosli ravishda ta’kidlaganidek, "federalizm" g’oyasi o’zining bosh, birlashtiruvchi, markazlashtiruvchi ahamiyatidan tashqari aks ta’sir holatlarini ham o’z ichiga oladiki, bular qismlarning sinmas o’ziga xosligi, ularning qonun doiralaridagi mustaqilligi, katta ittifoq qa’ridagi jonli tashabbuskorliklaridan iborat. Muhimi, shuni ta’kidlash joizki, bu aks ta’sir holatlari yuridik emas, siyosiy ma’noga ega, zero, u konstitutsiyaviy normalarga emas, balki ularni hayotda qo’llash va amalga oshirishga taalluqli". Shuningdek, federatsiya kichik davlatlarning bir-biri bilan chatishib ketishining hech ham birdan-bir va buning ustiga eng yaxshi uslubi emasligini nazarda tutish kerak. Tarix shohidlik berishicha, federatsiya asoslarida emas, balki unitar davlatga singib, tuo’la chatishib ketish asosida yaxlit bir butunlikka aylanish hollariga ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, Fransiyani olaylik. U hozirgi holatdagi birlikka uch-tirt asr davomida erishgan. Vaholanki dastlab Fransiya bir qirollik, bir kyurfyurshestlik, 26 gersoglik, olti knyazlik, bir markgraflik, bir erkin graflik, 77 graflik, 19 vitsegraflik, 14 "mulk", bir "markizlik", bir "kaptalat" va 13 vaqf yerlari (ularning ba’zilari keyinchalik Germaniya va Shveytsariyaga o’tib ketgan) dan tashkil topgandi. XIX asr boshlariga kelib, shunchalik ko’p davlatlarning o’zi ham qolmadi. Italiya, Ispaniya, Angliya ham xuddi shunday holatni boshdan kechirdi. Shu holatlarning hammasida kichik davlatlar federatsiyaga kirish yo’li bilan emas, balki bittasiga singib ketish yoki qo’shilish orqali birlashgan. Millatlar aralashib, xalqlarning unitar siyosiy shakl doirasida siyosiy farqlanish jarayoni nihoyasiga yeta boshlagandi. Shunday qilib, tarixda yirik davlatlar vujudga kelishining ikki yili mavjud. Har ikki yil bir nechta yoki ko’pchilik alohida-alohida davlatlardan boshlanadi. Birinchi yil — shartnomaviy birlashuv (federatsiya) yili; ikkinchisi — unitar davlatga iqtisodiy va madaniy chatishib ketishning siyosiy qo’shilishi yo’li. Federativ tuzum o’z asoslariga ega ekanligini ta’kidlash zarur. Bu asoslarsiz u yo "qog’ozda" qolib ketadi yoki "soxta federatsiya"ga aylanib, mamlakatni parchalanish, zaiflashuvga olib keladi hamda adoqsiz ichki nizolar to’ntarishlar, fuqarolik urushlari va fitnalarga yo’l ochadi. Federativ tuzumning birinchi asosi — ikki yoki bir necha mustaqil davlatning mavjud bo’lishidan iborat. Agar bular bo’lmasa, hech qanaqangi federatsiya haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Federatsiyaga kiruvchi har bir davlat yo butunlay mustaqil bo’lishi yoki jilla bilmaganda o’z mustaqilligini e’lon qilib, uni amalga oshirish uchun kurashni boshlashi kerak. To’g’ri ta’kidlaganidek, "ularning har biri o’z ichida mustashkam hokimiyat, birlik va huquq-tartibotga ega bo’lgan jipslashgan davlat jamoasi bo’lmog’i darkor. Siyosiy amyobalar, ko’chmanchi qum sahrolari, qalbaki "davlat sifatlar" (hushi joyiga kelmaydigan jinnilardek) hamisha ezilgan — darg’azab holatdagi jamoalar federatsiyani tashkil etolmaydi: zero, ular shakl-shamoyilsiz, masuliyatsiz, hushi joyiga kelmaydigan, davlat shartnomasini tuzishni ham, unga rioya qilishni ham uddalay olmaydigan mavhum mubdam narsalardir". Ikkinchi asos – bu davlatlar nisbatan uncha katta bo’lmasligi kerak. YA’ni yangi tashkil topgan davlat hayotiy-siyosiy ma’noga ega bo’lsin. Jahonda ma’lum bo’lgan federatsiyalar ichida kichkina Shveytsariya uchun federatsiyaga birlashish eng oson kechgandi, ulkan qo’shma Shtatlar uchun bu jarayon mashaqqatli kechgan. Lekin, shunga qaramay, xatto Shveytsariya ham yangi "kantonlar"ni qabul qilishdan qatiyan bosh tortib kelmoqda. Qo’shma Shtatlar esa, o’z tarkibiga Kanadaning kirishiga hech rozi bo’lmayapti. "Shunday hududiy etnik va xo’jalik miqyoslari mavjudki, - yozadi bunday miqyoslarda federativ shakl butunlay foydasiz: u tartibni hayot va xo’jalik xavfsizligini yengillashtirish o’rniga uni bema’nilarcha qiyinlashtiradi. Aynan shuning uchun ham bironta jiddiy va tajribali siyosatchi Sho’rolarning go’yo "federativ tuzum"ni amalga oshirayotganiga hech qachon ishona olmagan. Shuning uchun sham "butun jahon Sovet Itgifoqi so’zlari bir vaqtning o’zida ham yuridik ahmoqlik, ham siyosiy aldamchilik bo’lib yangraydi'. Uchinchi asos shundam iboratki, shartlashayotgan davlatlar bir-birlariga haqiqatan ham strategik, ham xo’jalik, ham siyosiy jihatdan aniq eshtiyoj sezishi zarur. Aks sholda federatsiya tarkib chiqarmaydi ham, o’zini saqlab qololmaydi ham. Umuman, federatsiya o’ylab topilmaydi. O’zidan-o’zi paydo bo’lib ham qolmaydi - u jonli mavjudot singari o’sib-ulg’ayadi. Lekin bu ham kam – xalqlar bu eshtiyojni tushunib yetishlari, uning foydasini e’tirof etishlari va shu birlashuvni ixtiyor qilishlari darkor. Kichik davlatlar bir-birlarisiz yashay olmagan, lekin buni tan olishni istamagan, birlashishni uddalay olmay, fuqarolik urushlari yohud istilolardan halokatga uchragan (Rus knyazliklari) misollar tarixda ko’p topiladi. Shuningdek, boshqalar bilan shartnoma asosida birlashishga yo’l topolmay, qirilib ketgan xalqlar haqida ham tarix shohidlik beradi. Federativ tuzumning to’rtinchi asosi shundaki, xalqda iz burchini anglash hissi tarbiyalangan, majburiyatlar va shartnomalarga xolis va sadoqat bilan qarash, o’z sha’ni va qadr-qimmatini bilish, davlat sifatida o’zini-o’zi boshqara olish qobiliyati shu xalqqa xos fazilatlar bo’lgan joydagina bunday federatsiyani tuzish mumkin. Davlatlar ittifoqi sadoqatga asoslanib, abadiyatga tuziladi. Bu ittifoq "ixtiyoriy chiqib ketishlar", xiyonatni tan olmaydi, siyosiy shuxratparastlik, buyuklik vasvasasi hamda boshqa xalqlarga nafrat bilan qarash kasalligiga mubtalo bo’lgan xalqlar o’rtasida bunday ittifoqning bo’lishi mumkin emas. Davlatlarning shu tarzdagi ittifoqi uzoq yashay olmaydi - uni unitar davlat shakliga almashadi yoki o’zining barcha ishtirokchilarini sharob qilib, o’zi ham halokatga uchraydi. Nihoyat, xalqqa (yoki xalqlarga) kelishish san’ati yoki siyosiy murosa iste’dodi hadya etilgan joyda federatsiya vujudga kelishi mumkin. Kelishish san’ati iroda intizomini, umumiy ish uchun vatanparvarlik sadoqatini talab qiladi. Siyosiy murosa qobiliyati ikir-chikirlarni orqaga surib, asosiy masalalarda birlashishga erishishdan iborat. Xalqda bunday fazilatlar asrlar davomida tarbiyalanib boradi. Federatsiya asoslari shulardan iborat. Faqat ularni chuqur bilib va anglab olgandan keyingina, bizning fikrimizcha, federatsiya singari murakkab siyosiy hodisa shaklida bashs yuritish mumkin. Shunday qilib, federatsiy o’z tarkibidagi subyektlari davlat mustaqilligiga ega bo’lgan murakkab davlatdir. Hozirgi vaqtda yuridik adabiyotlarda ittifoq va muxtoriyat ko’rinishlari tilga olinishini ham qayd etish joiz. Ittifoq federatsiyasi hududi uning subyektlari hududlaridan tashkil topgani uchun federatsiyaning har bir subyekti fuqarosi bir vaqtning o’zida butun mamlakat fuqarosi hisoblanadi. Bunday davlat yagona federal Qurolli Kuchlariga, moliyaviy, soliq va pul tizimlariga ega bo’ladi. Federatsiya subyektlari o’z sharbiy qismlariga ega bo’lishlari mumkin bo’lsa-da, asosiy tashqi siyosiy faoliyatni ham federal organlar olib boradi. Federal davlatda davlat hokimiyatining umumfederal (qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov) organlari bo’ladi. Ularning qarorlari federatsiya vakolatlarida qay darajada belgilangan bo’lsa, o’sha darajada uning subyektlari uchun majburiy hisoblanadi. Oliy federal organlar bilan bir qatorda federatsiya a’zolari, qismlari, subyektlarining ham davlat hokimiyati oliy organlari bo’ladi. Shu tariqa federatsiya tarkibida davlat mashkamasining ikki darajasi - federal (ittifoq) hamda respublika (kanton, shtat, yer va hakazolar darajasi) miqyosidagi mahkamalar mavjud. Davlatning federativ mohiyati oliy darajada qo’sh palatali ittifoq parlamentini tuzishda iz ifodasini topadi. Mazkur palatalardan biri (yuqori palata) federatsiya subyektlari manfaatlarini ifodalaydi. Uni shakllantirishda asholisining sonidan qat’i nazar, teng vakillik tamoyilidan foydalaniladi. Ikkinchi palata davlatning barcha aholisi manfaatlarini ifodalash uchun tuziladi. Qish fuqarolik federatsiya rasmiy belgilaridan biri bo’lib, bu har bir fuqaro ayni vaqtda ham federatsiyaning, ham tegishli davlat tuzilmasi (masalan, respublika)ning fuqarosi hisoblanishini bildiradi. Federativ davlatda garchi uning subyektlari o’z shuquqiy tizimlarini tuzishlari, o’z konstitutsiyalariga ega bo’lishlari mumkin bo’lsada. yagona markazlashtirish tamoyili asosidagi huquqiy tizim amal qiladi. Biroq bu, konstitutsiya ham, qonunlar ham federal konstitutsiya va qonunlarga to’la muvofiq kelishi va ularga zid bo’lmasligi shart bo’lgan subordinatsiya va qonunlar iyerarxiyasi doirasida amal qiladi. Federatsiya subyekti konstitutsiyada k’rsatilgan o’z sudlov va huquqni mushofaza qiluvchi organlariga ega bo’lish huquqidan foydalanadi. Oliy sud pog’onasi (instansiya), odatda, federatsiya subyektlari sudlari qarorlari yuzasidan shikoyatlarni qarab chiqmaydi yoki qonunda alohida ko’rsatilgan holatlardagina ularni ko’rib chiqishi mumkin. Federatsiyada soliqlarning ikki yinalishli tizimi federal soliqlar hamda federatsiya subyekti solig’idan foydalaniladi. Yig’ilgan soliqlar umumfederal g’aznaga tushadi, keyin ularning bir qismi (budjet orqali) federatsiya subyektlariga jo’natiladi. Shu bilan bir vaqtda davlat tuzilmalari (respublikalar) daromadlari yetarli bo’lmay, ular yordam puli va detatsiyalarga eshtiyoj sezadi. Moliyaviy qaramlik konstitutsiyaviy mexanizmga qo’shimcha muhim omillardan biri bo’lib qoladi. Buning o’z aminlari mavjud. Federatsiya subyektlari o’rtasidagi munosabatlar juda murakkab, ya’ni ularda xo’jalik munosabatlarining shirkati (kooperatsiyasi) bo’lib, federatsiyaning bir subyektidan ikkinchisiga moliyaviy mablag’larning oqib o’tishi yuz berib turadi. Shu bois federatsiya subyektlarining biri ushbu ittifoqdan chiqishni ixtiyor etsa, federatsiya boshqa a’zolariga bu narsa ma’qul bo’lmaydi. Binobarin, buning uchun federatsiya barcha a’zolarining roziligi kerak bo’ladi. Boshqacha aytganda, millatlarning iz taqdirlarini o’zlari belgilash tamoyili davlat yaxlitligiga putur yetkazilmasligi lozim. Hozirgi sharoitlarda federativ davlatda millatlarning o’z taqdirlarini izlari belgilash huquqini amalga oshirish shunchalik murakkabki (xo’jalik munosabatlarining uzilishi, etnik jihatdan ozchilikni tashkil etganlarning muammolari, to’qnashuvlar, jumladan, qurolli to’qnashuvlar, qochoqlar, inson huquqlarining buzilishi, ishlab chiqarishning pasayib ketishi), federatsiyadan chiqish uchun qilingan har bir da’vatning xalq, millat uchun qanchalik qimmatga tushishini yaxshilab muloshaza qilish zarur. Albatta, hayot g’oyat murakkab, yuz berishi mumkin bilgan har bir nohush hodisani oldindan kirish qiyin. Prezidentimiz aytganidek, har bir millat o’z taraqqiyot yo’liga ega bo’lishi lozim. Muhimi - ushbu yil boshi berk ko’chaga elitmasligi kerak. Axir shunday holatlar ham bo’ladiki, muayyan federatsiyaga kirish hodisasi millat, xalq uchun o’lim bilan barobardir. Zero, bunday federatsiyada millatning an’analari, tili, boringki qadr-qimmatini maxsus ishlab chiqilgan rejalar asosida yo’q qilish hollari ham yuz berishi mumkin-ku! Biroq bunday davlatni aksariyat hollarda federativ davlat deb atash qiyin. Aslida u unitar avtoritar, totalitar davlatga ko’proq o’xshaydi. Har qanday federatsiyaning bosh masalasi ittifoq bilan federatsiya subyekti o’rtasidagi vakolatlar chegaralarini aniqlashdan iborat. Davlat tuzilmalarining ahvoli va ular munosabatlarining mazmun-mohiyati aynan shunga bog’liqdir. Qoidaga ko’ra, federatsiya konstitutsiyasi yoxud federativ shartnomada belgilab qo’yiladi. Ma’lumki, federativ va mahalliy organlar vakolatlari masalasi uch tamoyil asosida hal etiladi: birinchisi - beistisno federatsiya vakolati tamoyili, faqat federatsiya qaror qabul qilishi va me’yoriy hujjatlar chiqarishi mumkin bo’lgan masalalarni aniq belgilashdan iborat. Qolgan barcha masalalarni hal etish federatsiya subyektlari vakolatiga kiradi; ikkinchi tamoyil - ham federatsiya, ham federatsiya subyektlari hamkorlikda hal etadigan, ya’ni bir xil vakolatga ega bo’lgan masalalar ro’yxatini belgilash tamoyili; uchinchisi - uch soxavmi vakolatlar tamoyili. U (federatsiya subyektlari) shtatlar, respublikalar, yerlar, kantonlar bo’yicha federal vakolatlarni hamda federatsiyaning o’zi va federatsiya subyektlarining birgalikda hal qilish huquqni beruvchi vakolatlarni belgilashni ko’zda tutadi. Ba’zi federativ davlatlar (masalam, Rossiya) amaliyotda vakolatlarni taqsimlashning shu vakolatlarning ixtiyoriy topshirish usuli ham paydo bo’lganligiga e’tiboringizni qaratishni istardik. Bu qoida federatsiya subyektning markazga qatiy tobeligi masalasini ancha yumshatadi hamda vakolatlarni taqsimlash tamoyilining ixtiyoriyligidan dalolat beradi. Bu o’z navbatida an’anaviy federatsiya subyektlaridan ko’proq mustaqilligi bilan, vakolatlarning markazlashtirilgan taqsimoti o’rniga ularning ixtiyoriy taqdim etilishi bilan ajralib turadigan "birlashgan a’zolik" tushunchasini dunyoga keltirdi. Millatning o’z taqdirini o’zi belgilash, ya’ni federatsiya tarkibidan chiqish huquqi federatsiyaning eng murakkab masalalaridan biridir. Turli federatsiyalar konstitutsiyalari taxlili ularning birontasida ushbu tamoyil qonuniy mustashkamlab qo’yilmaganini ko’rsatdi. Faqat sobiq SSSR Konstitutsiyasi bundan mustasno bo’lib, u ham aslida quruq bayonotdan nariga o’tmagandi. Zero, unda mazkur huquqni amalga oshirish omillari ko’orsatib berilmagandi. Bunday qilinishining o’z asoslari bor. Federatsiya subyektlari o’rtasidagi munosabatlar odatda chambarchas bog’lanib ketgan bo’ladi. Xo’jalik aloqalarining kooperatsiyalashuvi, moliyaviy mablag’larning federatsiyaning bir subyektidan ikkinchisiga oqib o’tishi odatiy bo’lib qoladi. Shuning uchun sham federatsiya subyektining bir tomonlama ittifoqdan chiqish haqidagi xohish-irodasi boshqa barcha a’zolariga ma’qul kelmasligi mumkin. Binobarin, butun federatsiyadan to’liq ruxsat olishga to’g’ri keladi. Boshqacha aytganda, millatlarning o’z taqdirlarini o’zlari belgilashi — huquqi tamoyili davlatning bir-butunligiga rahna solmasligi kerak. Hozirgi zamon sharoitlarida federativ davlatda millatlarning o’z taqdirlarini o’zlari belgilash huquqi tamoyilini amalga oshirishning ijtimoiy qimmati shu qadar kattaki (xo’jalik aloqalarining buzilishi etnik kamchilikni tashkil etuvchi elatlar muammolari, mojarolar, shu jumladan, qurolli nizolar, qochoqlar. inson huquqlarining poymol etilishi, ishlab chiqarishning pasayishi), federatsiyadan chiqish da’vatini o’rtaga tashlovchilar, eng avvalo, bunday g’oyalar xalqqa, millatga anchaga tushishini yaxshilab muloshaza qilib olishlari kerak. Albatta, hayot juda murakkab, yuz berishi mumkin bo’lgan barcha holatlarni nazarda tutishning sira ham iloji yo’q. Har bir xalq, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, o’z taraqqiyot yo’liga ega bo’lishi kerak. Faqat bu yil boshi berk ko’chaga olib bormasligi shart. Biron-bir millatning muayyan bir federatsiyaga qo’shilishi bilan o’limga teng holatlar ham yuz berishi mumkin-ku. Bu holat o’sha millatning an’analari, tili va nihoyat uning sha’ni, or-nomusi rejali asosda yakson qilib borilishi tufayli sodir bo’ladi. Biroq bunday davlatni rasman federativ deb atashga (hatto u rasman shunday atalsada) til bormaydi. U aslida unitar, avtoritar, undan ham o’tib ketgani - totalitar davlat bo’lishi mumkin. Bu haqda alohida to’xtalamiz. Yuqorida ittifoq yoki muxtoriy (avtonom) federatsiyalar bo’lishi mumkinligini eslatgandik. Endi ular o’rtasidagi farqlarni asoslashga harakat qilamiz. Buni "sho’ro" federatsiyasi misolida yaqqol kuzatish mumkin, Sobiq Ittifoq tarkibida federatsiyaning ikki turi – ittifoqdosh respublikalarni birlashtirgan (ya’ni ittifoq) federatsiyasi hamda muhtoriyatga asoslangan (ya’ni muhtoriy) federatsiyadan iborat bo’lganligi ma’lum. Ularning birinchisiga suveren (aslida qog’ozda) davlatlardan tashkil topgan Sovet Ittifoqi misol bo’la oladi. Ikkinchisiga esa, RSFSR misol bo’lib, uning tarkibiga 16 muhtor respublika, 5 muhtor viloyat va 10 muhtor okruglar kirgan. Lekin ittifoq federatsiyasining muhtoriyatdan farqi shu bilan cheklanib qolmasdi. Sho’ro federatsiyasining ikki turi o’rtasidagi farq, shuningdek, ular davlat horkimiyati organlarining tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlarda ham o’z ifodasini topgandi. Chunonchi, SSSR Oliy Kengashi ikki palatadan iborat edi. RSFSR Oliy Kengashi muxtoriyatga asoslangan federatsiyaning oliy organi sifatida yolg’iz bir palatadan iborat qilib tuzilgandi. Bundan tashqari ittifoqdosh respublika federatsiyadan chiqish huquqiga ega bo’lib, na muhtor respublika va na muhtor viloyat bunday huquqqa ega emasdi. Hozirgi vaqtda Rossiya, AQSH, Braziliya, Xindiston federativ davlatlar sifatida mavjud. Odatda, federatsiya normativ shartnoma asosida (1922 yili SSSRning tashkil topishi) yohud konstitutsiya qabul qilinishi asosida vujudga keladi (A+SH, 1787 yil). Konfederatsiya davlatlarning shunday ittifoqidan iboratki; u qat’iy muayyan maqsadlar (siyosiy, sharbiy, iqisodiy maqsadlar) yo’lida shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo’ladi. Konfederatsiya keyinchalik yo federatsiyaga (A+SH, Shveytsariya singari) o’sib, birlashadi yohud (Avstro-Vengriya kabi)tarqalib ketadi. Konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar xalqaro huquqiy munosabatlar subyektlari sifatida saqlanib qolib, o’z fuqaroliklari, hokimiyat organlari tizimiga boshqarmalari, sudlov organlariga egalik qilishda davom etadilar. Ular hokimiyatni mustaqil boshqarib, o’z konstitutsiyalariga ega bo’ladilar. Shuning uchun konfederatsiya darajasida qabul qilinadigan hujjatlar shu konfederatsiyaga kiruvchi davlatlar oliy organlari tomonidan ma’qullanishi shart. Konfederatsiya a’zolari o’z mustaqil daromad manbalariga ega bo’lib, uning bir qismini konfederatsiya budjetiga o’tkazishari mumkin. Konfederatsiya armiyasi mazkur konfederatsiya a’zolari bo’lgan davlatlar harbiy qismlaridan tashkil topadi va ularning qarorlari asosida konfederatsiya qo’mondonligi ixtiyoriga yuboriladi. Umuman, ta’kidlash lozimki, davlat hokimiyati tuzilishi biz yuqorida ko’rsatib o’tgan shakllardangina iborat, deb o’ylash noto’g’ri bo’lardi. Dunyo davlatlararo birlashish va oshkora huquqiy ittifoqlarning ko’plab shakllari (shaxsiy va haqiqiy uniya, vassallik, syuzerenitet, millatlar va davlatlar hamdo’stligi, davlatlar hamjamiyati)ni, dominionlar va metropoliyalar, savdo ittifoqlari, harbiy bloklar munosabatlari va sh.k.larni ko’p ko’rgan. Biroq, bo’lar endi davlatlaro birlashmalarga kiradi. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling