Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja
Davlat shaklining tarkibiy qismlari ularning izaro bo\liqligi
Download 123.5 Kb.
|
Davlat shakllari tushunchasi12
Davlat shaklining tarkibiy qismlari ularning izaro bo\liqligi:
c) Davlatning siyosiy rejimi. Mazkur tushuncha ilmiy doiralarda nisbatan yaqinda - XX asrning 60-yillarida paydo bo’ldi. Shu zahotiyoq u olimlar dunyosida jiddiy munozaralarga sabab bo’ldi. Jumladan, ulardan ayrimlarining fikricha, "siyosiy rejim" so’zining sintezlash mohiyatiga ko’ra, "davlat shakli" tushunchasining sinonimi sifatida qaralishi kerak edi. Boshqalarning fikriga kira esa, siyosiy rejim umuman davlat shakli tarkibidan chiqarib tashlanishi zarur. Zero, deb tushuntiradi ular, davlatning amal qilishi siyosiy emas, balki davlat rejimini tavsiflaydi. Bu munozaralar oxir-oqibatda siyosiy (davlat) rejimini tushunishga ikki xil yondashuv: tor va keng ma’nodagi yondashuvlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Keng ma’nodagi yondashuv siyosiy rejimni siyosiy hayot va umuman jamiyat siyosiy tizimi hodisalari qatoriga kiritadi. Tor ma’nodagi yondashuv uni faqat davlat hayotiy va davlatning o’zigagina mansub tushuncha sifatida talqin etadi va buni uning davlat shaklining boshqa tomonlarini – boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklini, shuningdek, davlatning o’z funksiyalarini amalga oshirish shakl va uslublarini aniqlab berishi bilan izohlaydi. Lekin ko’p o’tmay, siyosiy rejim ham keng ma’nodagi, ham tor ma’nodagi yondashuvlarni taqozo etadi, degan xulosaga kelindi. Nima sababdan shunday bo’ldi? Shuning uchunki, mazkur qarash jamiyat hayotining ikki asosiy sohasi - davlat va ijtimoiy-siyosiy sohalarda ro’y berayotgan siyosiy jarayonlarni zamonaviy tushunishga ko’proq mos keladi. Bunday qarash, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar tarkibiga kiruvchi siyosiy tuzumning zamonaviy talqiniga ham mos keladi. Siyosiy tuzumning barcha tarkibiy qismlari - siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, meshnat jamoalari (shuningdek, "tizimdan tashqari" obyektlar - cherkov, ommaviy harakatlar va boshqalar) davlatning, uning mohiyati, funksiyalari, shakl va uslublarining jiddiy ta’sirini his etib "turadi. Shunday qilib, davlat shaklini tavsiflashda siyosiy rejim tor ma’noda (davlat rashbarligi usul va uslublari yig’indisi) ham, keng ma’noda tushunilganda (shaxsning demokratik huquqlari va siyosiy erkinliklarining kafolatlanish darajasi, rasmiy konstitutsiyaviy va huquqiy shakllarning siyosiy hayot voqyeligiga mos kelish mezoni, hokimiyat tarkiblarining davlat va ijtimoiy hayot shuquqiy asoslariga munosabati xarakteri) ham katta ahamiyatga molikdir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda to’la asos bilan shuni aytish mumkinki, siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan-o’zaro munosabatlari qanday qilib va qanday usullar, yo’sinlar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo’ladi, turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday davlat organlari o’z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo’yicha amalda qanday rol o’ynaydilar, degan savollarga aniq javob beradi. Davlat va huquq nazariyasi davlatchilikning ko’p asrli tarixida ma’lum bo’lgan siyosiy rejimning bir necha asosiy turini ajratib ko’rsatadi. Avvalo, barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xil ko’rinishdagi katta guruxga - demokratik va demokratiyaga zid rejimga bo’linadi. Demokratiyaga zid rejim uch turdan -totalitar, fashistik va avtokratik turlardan iborat, Avtokratik rejimga jamoa avtokratiyasi va yagona shaxe avtokratiyasi kiradi. Jamoa avtokratiyasi o’z navbatida aristokratiya va oligarxiya deb nom olgan boshqaruv shakllariga bo’linadi. Yagona shaxs avtokratiyasi despotiya, mustabidlik, shaxsiy sokimiyat shakllariga ega. Endi mazkur rejimlarni batafsil kirib chiqamiz. Despotik rejim (yunoncha "cheklanmagan hokimiyat"). Ushbu rejim hokimiyat istisnosiz faqat bir shaxs tomonidan amalga oshiriladigan mutlaq monarxiyaga (podshoshlikka) xosdir. Despotik rejimlar qadimda paydo bo’lgan. U hokimiyatni boshqarishdagi o’ta o’zboshimchalik, fuqarolarning davlat oldidagi to’la huquqsizligi, boshqarishda hech qanday huquqiy va axloqiy asoslarning bo’lmasligi bilan ajralib turadi. Despotiya sharoitida mustaqil harakat qilish, norozilik bildirish, qashr-g’azab izhor etishi mumkin emas - ular darhol bostiriladi. Bunday bostirishlar chog’ida qo’llaniladigan jazolar o’ta shafqatsizligi bilan ajralib turadi va ayni paytda jazo "jinoyat"dan ancha dashshatli bo’ladi. Nega shunday qat’iy choralar ko’rilardi? Dahshat va qo’rquv urug’ini sochish uchun shunday qilinardi. Despotiya odamlarni dahshatda ushlab turishga asoslangan rejimdir. Monteskye despotiyani ta’riflar ekan, hamma hukmdorning jazoga ko’tarib turilgan qilini har daqiqa his etishi kerak ekanligi haqida shunday yozadi: "Mabodo hukmdor dahshat solib turuvchi qo’lini bir lashzagagina tushirsa, basharti, u davlatda birinchi o’rinlarni egallab turgan shaxslarni to’xtovsiz yakson qilib tashlay olmasa, hamma narsa barbod bo’ldi, deyavering, zero, dahshat qo’rquvi – boshqaruvning mazkur yagona asosi yo’q qolar ekan, unda xalqning himoyachisi ham yo’q bo’ladi". Despotik rejim asosan O’rta Yer dengizi mamlakatlarida, Yaqin Sharqda, Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika mamlakatlarida, ya’ni Osiyo ishlab chiqarish usuli (osiyocha taraqqiyot yo’li) qaror topgan davlatlarda uchragan. U insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xosdir. Biroq bu rejim hozirgi bosqichda ham, hozirgi zamon davlatlarida ham ular rivojining tarixiy o’ziga xosligi, bu davlatlardagi boshliqlarning shaxsiy fazilatlariga bog’liq ravishda paydo bo’lgan va bo’lishi ham mumkin. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling