Davlat shaklining tushunchasi va uning tarkibiy elementlari Reja


Davlat shaklining tarkibiy qismlari ularning o’zaro bog’liqligi


Download 123.5 Kb.
bet3/9
Sana25.10.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1721503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat shakllari tushunchasi12

Davlat shaklining tarkibiy qismlari ularning o’zaro bog’liqligi:
a) Boshqaruv shakli.
Avval boshdanoq davlatni nazariy jihatdan tushunib yetishda boshqaruv shakli alohida o’rin tutishini ta’kidlashni istardik, qonuniyat shuni taqozo etadi. Davlatga uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim va qanday amalga oshirishini aynan shu shakl belgilab beradi. Bu masala insoniyatni juda qadimdan to’lqinlantirib keladi. Arastuning o’zi, undan keyin Aflotun ham qadimgi dunyoda davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarishning xilma-xil shakllarini o’rganar ekanlar, bu davlatlarni kim va qanday boshqarishi, ya’ni boshqaruv shakli mezoni bo’yicha davlatlar tasnifini ishlab chiqishga o’rinishgandi.
To’la asos bilan aytish mumkinki, ko’p asrlar davomida nazariy siyosiy-huquqiy tafakkur ko’plab, ba’zan bir-biriga sira o’xshamaydigan davlatlarni zo’r berib o’rganishni davom ettirib keldilar. Ular o’z izlanishlarida davlat shakllaridagi eng muhim jihatini ajratib olib, ularni tasvirlab berish tahlil etish, basholash va iloji bo’lganda bu shakllarni rivojlantirish istiqbollarini oldindan aytib berishga o’rinardilar. Avgustin, Forobiy, Gobbs, Monteskye, Lokk, Russo, Radishchev va boshqalarning asarlarida davlat shakllari haqidagi bilimlarni umumlashtirish va tizimlash, ularning vujudga kelish va rivojlanishining tub ildizlariga yetib borishga ko’p urinib ko’rilgandi.
Aynan shuning uchun, agar Arastu va Aflotun davrlarida nazariy siyosiy-huquqiy tafakkur boshqaruvning u yoki bu shaklini belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga urinib, asosan boshqaruv xilma-xil shakllarini tasvirlash yo’lidan borgan bo’lsalar, XX asrda esa, siyosiy-huquqiy tafakkur marksistik nazariya doirasida boshqaruv shaklini (formatsiyadan kelib chiqqan sholda) davlat tipi bilan, jamiyatnnng sinfiy tarkibi, iqtisodiy bazasi kabilar bilan bog’lab tushuntirishga intiladi.
Boshqaruv shaklini (biz yuqorida aytib o’tgan davlat shakli uch qismidan birini) aniqlashda marksistik nazariya davlat hokimiyati u yoki bu tuzilishini tavsiflovchi ijtimoiy-sinfiy belgisini asosiy belgi sifatida ajratib ko’rsatardi. U boshqaruv shaklini mazkur davlatning ijtimoiy-sinfiy mohiyatining, siyosiy mazmunining, sinfiy kuchlar amaldagi nisbatining tashqi ifodasi sifatida ta’riflardilar. Bu sxemaga ko’ra respublika sinfiy kuchlarning bir xil nisbatida paydo bo’lsa, monarxiya boshqa nisbatida vujudga keladi.
Albatta, jamiyatning sinfiy tuzilishi, sinfiy manfaatlarning to’qnashuvi, sinfiy kuchlar nisbatini hech kim inkor etmaydi, ular hayotda mavjud bo’lib, davlat tuzilishiga, eng avvalo, hokimiyat tizimi qanday shakllarda tashkil topgani va amal qilishiga, davlatni kim boshqarishiga ta’sir etadi. Biroq ayni paytda, davlat sinfiy belgisi ahamiyatini oshirib yuborishga o’rin yo’q. Biz yuqorida bunday yondashuv uslubiy jihatdan noto’g’ri bo’lib, aksariyat hollarda ko’pgina narsalarni tushuntirib bera olmasligiga misollar keltirgandik. Yana bir bor shu masalaga to’xtalamiz.
Bunday yondashuvda boshqa bir qancha omillar:
tarixiy an’analar, milliy ruhiyat, diniy ong, madaniy muhit, jamiyatni o’ta g’oyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi, ekologiya va ko’pchilik boshqa omillar masalani o’rganish doirasidan tashqarida qolib ketadi.
Hozirgi vaqtda fanimiz, shu jumladan, davlat va huquq nazariyasi jamiyat rivojining marksistik ta’limoti umumiy inqirozi bilan bog’liq uslubiy inqirozdan asta-sekin xalos bo’lib bormoqda. Bu — davlat tuzilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida boshqaruv shaklini yanada chuqurroq va asosliroq tushunish, ushbu shakllarning chuqur o’ylangan tasnifini taqdim etish, ular rivojining real istiqbollarini oldindan aytib berish imkonini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boshqaruv shaklining quyidagi ta’rifini taklif etamiz:
Boshqaruv shakli — konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil etish usullarining majmuidir. Agar ushbu ta’rifni yanada aniqroq ifodalaydigan bo’lsak, u oliy hokimiyatni, boz ustiga uning oliy va markaziy organlarini, tarkibi, vakolatini, shu organlarni tashkil etish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasi, bu organlar vakolati muddatlarini ko’zda tutishini aytishimiz kerak bo’ladi. Boshqaruvning qadim-qadimdan insoniyatga ma’lum bo’lgan shakllari monarxiya va respublikadir. Shu munosabat bilan Arastu o’z vaqtida boshqaruv shakllarini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyaga, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokratiyaga butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga bilganligini eslash o’rinlidir.
Qadimgi yunon faylasufining shu qadar uzoqni ko’ra bilish qobiliyatiga tan berish kerak. Zero, hozirgacha boshqaruv shakli oliy hokimiyat bir kishi tomonidan amalga oshirilishi (monarxiya) yoki u saylab qo’yiladigan vakolatli kollegial organ (respublika)ga taalluqiligiga qarab bilinadi
"Monarxiya" atamasi ("monos" - bir,"arxe" -hokimiyat) yunoncha so’z bo’lib, "yakkahokimlik", "yagona hukmdor" ma’nolarini bildiradi. Monarxiya boshqaruv shakli sifatida o’zining aniq yuridik belgilariga ega. Monarx davlatning jonli timsoli bo’lib, tashqi va ichki siyosat bobida davlat boshlig’i sifatida, xalq vakili, millat "otasi" sifatida, fuqarolarni jipslashtiruvchi, ularni davlat tevaragiga birlashtiruvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. Monarxlar — Fransiya qirollaridan biri: "Davlat — mening o’zimman", deb bejiz aytmagan. Biroq bu aksariyat hollarda masalaning faqat yuridik tomonini anglatar, amaldagi ahvolni ifodalay olmasdi.
Monarx tanho hukmdorlik qilardi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o’zi hal etarkan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko’p sonli maslashatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishardi. Ayni paytda eng muhim prinsipial davlat ishlari bo’yicha monarxning o’zi hukm chiqarishiga to’g’ri kelardi. U butun hokimiyatning to’la sohibidir. Monarx hokimiyati oliy hokimiyat bo’lib, mustaqildir. U — davlatdagi oliy hokimiyatdir.
Odatda, uning hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinar, din og’ushiga o’ralgan edi.
Albatta, shularning barchasiga qaramay, monarx­ning xalqaro, siyosiy va milliy kuchlar ta’sirini his etmasligi mumkin emas. Lekin ba’zan monarx hukmi tasodifiy, subyektiv omillarga bog’liq bo’lib qoladigan hollar ham uchraydi (buni ham tushunsa bo’ladi —axir monarxizm odam, insonlarga xos narsalarning hammasi unga ham begona emas).
Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo’lib o’tadi. Hokimiyatning bir shaxsdan ikkinchisiga o’tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo’lmaydi. Monarx muddatsiz va umrbod hokimiyat egasidir. Lekin bundan monarxni faqat tabiiy ilimgina hokimiyatidan ajratar ekanda, deb xulosa chiqarish xato bilardi. Monarxlar ag’darib tashlangani, o’ldirilgani, boshqa kishilar bilan almashtirilganiga tarixda misollar ko’p.
Monarx mas’uliyatdan ozod kishi hisoblanadi, ya’ni u o’z boshqaruvi natijalari uchun Aniq yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Darvoqe, tarixda xalq monarxni javobgarlikka tortgan holatlar haqida ko’pdan-ko’p misollar mavjud (inqiloblarni eslaylik).
Monarxiyaning eng gullab-yashnagan davri Yangi davr arafasiga to’g’ri kelib, bu vaqtda uning boshqaruvning respublika shaklidan farqlari ko’zga tashlana boshlagan, mutloq, (cheklanmagan) va cheklangan monarxiya ko’rinishlari o’rtasidagi farqlar aniq bilinib qolayotgandi.
Mutlaq monarxiya shaklidagi boshqaruvning asosiy belgisi — monarxiyaning to’la hokimiyatini cheklaydigan biron-bir davlat organining yo’qligidir. Monarxiyaning yuridik xususiyatlari to’g’risidagi S.A.Komarov nuqtai-nazari biz uchun xam maqbul bo’lib,ular:
-hokimiyatdan muddatsiz, yani umrbod foydalanish;
-taxtni meros sifatida yoki qarindoshlik huquqi bo’yicha egallash;
- tashqi aloqalarda kafolat (mandat) asosida emas, o’z shaxsiy huquqi bo’yicha vakillikni amalga oshirish;
- davlat boshlig’i javobgarligining yo’qligi (faqat xudo oldida ma’sullik)dir.
Bunday sharoitlarda (zarurat yo’qligi tufayli) tabaqaviy, vakillik muassasalari yo’qolib ketadi yoki to’la tanazzulga yuz tutadi, xalqning siyosiy va ijtimoiy huquqshunosligi odatiy holga aylanadi.
Cheklangan monarxiya turli tarixiy davrda turli ko’rinishga ega bo’ladi. Qizig’i shundaki, Arastu ruhiy asoslardan kelib chiqib, monarxiyalarni "to’g’ri" boshqaruv shakliga ega bo’lgan monarxiya va mabodo monarx barchaning manfaatlari o’rniga o’zining g’arazli, shaxsiy manfaatlarini ko’zlab, boshqarishda zulmni qo’llaydigan bo’lsa — "noto’g’ri" (zolimlik va istibdod) shaklga ega monarxiyalarni ajratib ko’rsatgandi. Hozirgi zamon olimlari yuridik asoslarnigina hisobga olishadi. Ularga ko’ra, cheklangan monarxiya (feodalizm davrida) tabaqaviy-vakillik hamda konstitutsiyaviy monarxiyaga bo’linadi. Konstitutsiyaviy monarxiya o’z navbatida duelistik va parlament (kapitalizm davrida) ko’rinishlarga egadir.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling