Moliyaviy hisobotlarning maqsadi.
O`zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko`rsatayotgan barcha xo`jalik yurituvchi subektlar belgilangan tartib, muddat va shakllarda hisobotlar taqdim kilishlari shart. Respublikamizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari darajasiga yaqinlashtirish va soddalashtirish ustida jiddiy ish olib borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo`jalik yurituvchi subektlarning ma`lum davr ichidagi moliyaviy–xo`jalik faoliyati natijalari, asosiy vositalari harakati, pul oqimlari to`g`risidagi va ma`lum sanadagi aktivlari, majburiyatlari va xususiy kapitalining holati haqida axborotlar beradi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish, odatda uning kontseptual asoslariga tayangan holda amalga oshiriladi.Kontseptual asos eng avvalo quyidagilarni hal qilish uchun zarur:
mavjud kontseptsiya va tamoyillar asosida tizim tuzish;
yangi amaliy qiyinchiliklar vujudga kelganda ularni echish uchun algoritm yaratish;
moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilarda ularni tushunish darajasini oshirish;
turli korxonalar moliyaviy hisobotlari raqobatbardoshligini oshirish.
Moliyaviy hisobot kontseptsiyalari (MХK) tomonidan quyidagilar aniqla-nishi lozim .
Moliyaviy hisobotlarning kontseptual asoslari.
1) Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishning maqsadi (va hal qilinishi uchun moliyaviy ma`lumotlar talab qiladigan vazifalar);
Buxgalteriya hisobotining sifat tavsiflari (asosiy xususiyatlari);
Moliyaviy hisobotlarning elementlari;
Moliyaviy ma`lumotlarni e`tirof etish (tan olish) va o`lchash mezonlari;
Ma`lumotlar tizimini tuzish tamoyillari.
Ko`rinib turibdiki, moliyaviy hisobotlar kontseptsiyasining bosh masalasi bo`lib moliyaviy hisobotlar taqdim qilishning maqsadini aniqlash hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BХMS)da moliyaviy hisobotlar-ning maqsadi quyidagicha qilib belgilangan: «Moliyaviy hisobotlarning maqsadi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning moliyaviy holati, faoliyat natijalari va mo-liyaviy holatidagi o`zgarishlar haqida axborotlar taqdim qilish hisoblanadi».
Garchand, ushbu maqsadlar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlar ko`pchilik foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirsada, foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun kerak bo`lishi mumkin bo`lgan axborotlarni etkazib bera olmaydidilar, chunki ularda o`tgan jarayonlarning moliyaviy natijalari aks ettiriladi va moliyaviy tavsifda bo`lmagan ma`lumotlar ular tarkibiga kirmaydi. Shunga qaramasdan, ishonchli va o`z vaqtida taqdim qilingan moliyaviy hiso-botlardagi axborotlar ulardan foydalanuvchilarga korxonaning moliyaviy ho-latini baholash va korxona faoliyati bilan bog`liq bo`lgan moliyaviy va iqti-sodiy qarorlar qabul qilish uchun etarlicha imkon beradi.
Buni anglab etish uchun bir xususiy firmaning hisobotini investor si-fatida ko`rib chiqishingiz mumkin. Faraz qiling, firmaning balans ma`lumot-lari quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |