Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi fiskal instituti “soliqlar va soliqqa tortish” Fakulteti


Download 93.68 Kb.
bet6/8
Sana09.06.2023
Hajmi93.68 Kb.
#1466107
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
888Moliyaviy boshqaruv hisobi

Хususiy kapital – bu xo`jalik sub`ektining aktivlarga egaligining ulushi bo`lib, bunda uning majburiyatlari chiqarib tashlanadi. Хususiy kapital maxsus bir toifadagi moddalarni o`z ichiga oladi, masalan, xususiy kapitalning turlari va taqsimlanmagan foyda.
Daromadlar - bu sub`ektning xo`jalik faoliyati natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya to`lovlari va dividendlar shaklida daromad keltiradigan faoliyati, ya`ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning ko`rsatilishi yoki boshqa shaxslarningxo`jalik sub`ektining resurslaridan foydalanishi natijasida ak-tivlarning kelib tushishi yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro`y beradigan iqtisodiy resurslarning ko`payishidir.
Хarajatlar - bu aktivlarning kamayishi yoki foydani ko`paytirish maqsadidaxo`jalik faoliyatidan kelib chikadigan majburiyatlarni o`z zimmasiga olish orqali ro`y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir.
Foyda - bu xo`jalik sub`ektiga ta`sir etadigan asosiy va asosiy bo`lmagan faoliyat, hodisalar, sharoitlar natijasida kapitalning ko`payishi bo`lib, xususiy kapitalga to`lanadigan badallar bundan mustasnodir.
Zararlar - bu asosiy faoliyat va barcha boshqa operatsiyalar, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalining kamayishi bo`lib, xarajatlar yoki xususiy kapitalining taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir.
hodi-salarning sodir bo`lish vaqtida ko`rsatadigan ta`sirini e`tirof etadi.
Elementni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish uchun u quyidagi mezonlarga mos kelishi kerak:

  • elementni miqdoriy o`lchovga ega bo`lishi va ular qiymatini asoslangan ravishda baholash mumkinligi;

  • iqtisodiy manfaat keltirish yoki uni chikib ketishi extimolligini mavjudligi.

Moliyaviy hisobotning turlari
Moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari unda aks ettirilishi lozim bo`lgan axborotlarning turi, nomi va ko`lamini belgilab beradi. Moliyaviy hiso-botlardan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilishlari uchun xo`jalik yurituvchi sub`ekt haqida quyidagi axborotlarni taqdim etish talab qilinadi:

  • korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari va kapitali;

  • korxonaning iqtisodiy resurslari, majburiyatlari hamda kapitalida sodir bo`lgan o`zgarishlar;

  • korxonaning iqtisodiy holati.

Boshqacha hilib aytganda korxonaning moliyaviy holati, hisobot davri uchun moliyaviy natijalari hamda mulkiy holati haqidagi ma`lumotlar moliyaviy hi-sobotda aks ettirilishi kerak. Ushbu ma`lumotlarni O`zbekiston Respublikasi-ning «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonuniga muvofiq quyidagi shakllarda aks ettirish tavsiya etiladi:
Buxgalteriya balansi – 1-son; shakl
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot -2-son; shakl
Asosiy vositalarning harakati to`g`risidagi hisobot – 3-son; shakl
Pul oqimlarining harakati to`g`risidagi hisobot – 4-son ; shakl
Хususiy kapitalning xarakati to`g`risidagi hisobot -5-son ; shakl
Moliyaviy hisobotga ilovalar, hisob-kitoblar va izohlar.
Bu moliyaviy hisobotlar O`zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida ishlab chiqilgan va «Korxonaning hisob siyosati»ga asosan tuzilishi va foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo`lgan barcha moliyaviy ax-borotni qamrab olishlari kerak.



Download 93.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling