Firma resurslari Ularning manbalari
Bino - 3mln.so`m Хususiy kapital - 5 mln. so`m
Тovarlar - 2 mln. so`m.
JAMI -5 mln.so`m JAMI - 5 mln.so`m
Firma haqida qo`shimcha ma`lumot - uning oylik foydasi 500 ming so`m
Тabiiyki, bunday ma`lumotlar investitsiya qilish haqida qaror qabul qilishga undaydi. Moliyaviy hisobotning vazifasini yanada aniqroq tushun-tirish maqsadida boshqa bir firmaning hisoboti ma`lumotlarini ko`rib chiqamiz:
Keltirilgan ma`lumotlar har qanday investorni bir oz bo`lsa ham o`y-lantiradi, chunki firmaning mavjud resurslarining faqat 2 mln. so`mligi o`ziga tegishli. Boshqacha qilib aytganda, firmaning boshqa shaxslardan 3 mln. co`m qarzi bor, bundan tashqari uning foydasi 200 ming co`m xolos, ya`ni birinchi firmaning foydasiga nisbatan oz. Moliyaviy hisobotning ma`lumotlari rahbar va barcha menejerlar uchun ham nihoyat katta ahamiyatga ega. Ular moliyaviy ma`lumotlar bilan tanishib chiqib, o`z korxonasining istiqbolini belgilaydi, aytaylik, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, xarajatlarni kamaytirish chora tadbirlarini ishlab chiqish, kredit mablag`lari olish kabi turli qarorlarni qabul qilishadi. Shunday qilib, asosiy maqsadga erishish va vazifalarni bajarish uchun moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobining mahsuli sifatida etarli ma`lumotlarni taqdim etishi kerak ekan.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib moliyaviy hisobotlarning maqs-adini ikki toifaga - asosiy va ikkinchi darajali maqsadlarga ajratish mumkin. Asosiy maqsadi - moliyaviy holat, moliyaviy natijalar va pul mablag`lari haqida-gi ishonchli ma`lumotlarni taqdim qilishni ta`minlash bo`lsa, Ikkilamchi maqsa-di esa, qarorlar qabul qilish maqsadida barcha foydali axborotlarni taqdim qilish yo`li bilan ochiq – oydinlikni ta`minlashdir.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadlari.
Moliyaviy hisobotlarning ikkilamchi maqsadi o`z ichiga taqdim qilinayotgan axborotlar foydaliligini ifodalovchi belgilarni, cheklovlarni va eng muhim yo`l qo`yishlar, ya`ni ruxsat berishlarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |