Kalit so’zlar. Munitsipalitet1 (nem. Munizipalitat, lot. Municipium – o’zini o’zi idora qiluvchi jamo) bir qancha mamlakatlarda mahalliy boshqaruv va o’zini o’zi boshqaruvchi saylab qo’yadigan organlarning majmui. Benifitsiar (ingl. Benifi ciary imtiyozlardan foydalanadigan) bankka pul qo’ygan omonat egasi yoki uning merosxo’ri, deposit yoki omonat (jamg’arma) sersifikat egasi. BRL (Braziliya reali).
OECD2-(fransuzcha: Organization de coopération et de développement économiques, OCDE) Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti 1961-yilda iqtisodiy taraqqiyot va jahon savdosini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan 38 ta aʼzo davlatni oʻz ichiga olgan hukumatlararo tashkilot. Bu forum boʻlib, uning aʼzolari oʻzlarini demokratiya va bozor iqtisodiyotiga sodiq, siyosat tajribalarini solishtirish, umumiy muammolarga javob izlash, ilgʻor tajribalarni aniqlash hamda aʼzolarining ichki va xalqaro siyosatini muvofiqlashtirish uchun platforma yaratadigan davlatlardir.
1.Braziliyada individual daromadni soliqqa tortishning umumiy tavsifi.
Braziliya soliq tizmi.3Braziliya soliq tizimining asosiy qoidalari 1998 yilgi konstitutsiyada bayon etilgan bo’lib, unda soliqqa tortishning asosiy tamoyillari, turli darajadagi soliq organlarining vakolatlari, shuningdek, soliq tushumlarini taqsimlash ko’rsatilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to’lanishi kerak bo’lgan yig’imlarning umumiy soni qariyb 18 tani tashkil etadi. Shu bilan birga, u doimiy ravishda o’zgarib turadi, bu yangi soliqlarning joriy etilishi va eski soliqlarning bekor qilinishi bilan bog’liq. Shuningdek mahalliy soliq tizimi murakkab tuzilishga ega bo’lib uchta asosiy darajadan iborat.
Birinchisi, mamlakatning barcha aholisi uchun belgilangan federal to’lovlar. Ikkinchisi, munitsipal soliqlar bilan ifodalanadi, ularning miqdori davlatning har bir mintaqasi uchun individualdir. Uchinchi darajani mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa ma’muriy birliklar tomonidan belgilanadigan soliqlar va yig’imlar deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |