Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora
-bob. Qo‘mitaning huquqlari va javobgarligi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
4-bob. Qo‘mitaning huquqlari va javobgarligi
13. Qo‘mita xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni , ushbu Nizom, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom bilan aniqlanadi. 14. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga belgilangan tartibda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni kiritish; 2) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish; 3) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni, ma’lumotlarni, ma’lumotnomalarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan bepul so‘rash va olish; 4) Qo‘mita va uning tasarrufidagi tuzilmalari o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida davlat mulkini belgilangan tartibda bir tuzilmadan boshqa tuzilmaga tezkor boshqaruv huquqi asosida o‘tkazish; 5) Qo‘mita, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyasi va tasarrufidagi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash; 6) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish; 7) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish; 8) Qo‘mitaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasining manfaatini belgilangan tartibda ifoda etish; Oldingi tahrirga qarang. 9) soliq to‘lovchilarning moliyaviy hujjatlarini, shartnomalarini (kontraktlarini), rejalarini, smetalarini, daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini hamda soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqish va to‘lash, fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini to‘lash bilan bog‘liq boshqa hujjatlarini, shu jumladan elektron hujjatlarini, shuningdek, eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarini belgilangan tartibda tekshirish; (14-bandning 9-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1- sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) Oldingi tahrirga qarang. 10) o‘tkazilayotgan kameral soliq tekshiruvini xolisona amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha ma’lumotlar olish zarurati yuzaga kelganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshirish; (14-bandning 10-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1- sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 11) soliq tekshiruvlarini o‘tkazayotganda: hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni (shuningdek, alohida rejimda ishlaydigan korxonalarni), shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni, ularning joylashgan joyidan qat’i nazar, tekshirish; mol-mulklarni xatlovdan o‘tkazish va bajarilgan ishlarni, ko‘rsatilgan xizmatlarni nazorat tartibida o‘lchash; kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlarni (shu jumladan elektron tarzidagi hujjatlarni) saqlash joylarini muhrlab qo‘yish; Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling