Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/48
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1129283
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
Bog'liq
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
16) xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj ko‘zdan kechirish
natijalariga ko‘ra tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib ko‘rsatilgan tushumni qayta hisob-
kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish to‘g‘risida talabnoma yuborish;
17) davlat soliq xizmatlari organlarida soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar
to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda,
ko‘zdan kechirish hamda so‘rov olib borish;
18) belgilangan tartibda quyidagilarni:
banklardan va boshqa kredit-moliya tashkilotlaridan soliq to‘lovchilarning hisob-kitob
hisobvaraqlarida yoki boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi, shuningdek,
ushbu hisobvaraqlardagi mavjud pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
bojxona organlaridan va boshqa vakolatli organlardan import-eksport operatsiyalari amalga
oshirilganligi va soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi boshqa zarur ma’lumotlarni;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlari mansabdor
shaxslarining xizmat vazifalari masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish;
19) belgilangan tartibda:
qurilish, montaj, ta’mirlash va boshqa ishlarni nazorat o‘lchovidan o‘tkazish uchun malakali
mutaxassislarni jalb etish;
iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashishda ilmiy-texnik vositalardan va usullardan foydalanish;
o‘tkaziladigan tekshirishlarda boshqa nazorat qiluvchi organlar, vazirliklar va idoralar bilan
hamkorlik qilish;
mansabdor shaxslarni, fuqarolarni aniqlangan huquqbuzarlik faktlari bo‘yicha tushuntirishlar
berish uchun davlat soliq xizmati organlariga taklif etish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
20) soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yo‘qotib qo‘yilgan yoki yo‘q qilingan
holatlarda Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar
hamda yig‘imlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan axborotlar, shuningdek,


boshqa ana shunday soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish yo‘li bilan
mustaqil ravishda belgilash;
(14-bandning 20-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi
1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
21) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida soliqlar va yig‘imlarning hisoblab
chiqilgan summasini hisoblab chiqarish yoki qayta ko‘rib chiqish;
(14-bandning 21-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-
sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
22) soliqlar va yig‘imlarni undirish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va
tashkilotlarni soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi, to‘liq undirilganligi va Davlat
budjetiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilganligi yuzasidan nazorat
qilish;
(14-bandning 22-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-
sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
23) Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n
kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi
hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish bo‘yicha sud
tartibida choralar ko‘rish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni
moliyalashtirish, shuningdek, mazkur kichik bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar
bundan mustasno).
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha
operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish soliq organi tomonidan mazkur
soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun quyidagi
hollarda qo‘llanilishi mumkin:
ushbu soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti
bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim
etilmaganda;
soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari
bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim
etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim
etilmaganda;
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan
hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda. Soliq organi
mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilinishi uning o‘zi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan
imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi
bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turadi;
soliq to‘lovchining (soliq agentining) o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida;

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling