3-§. Qo‘mitaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi
40. Qo‘mita o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik
qiladi.
41. Hududlararo inspeksiya o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik
qiladi.
42. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari o‘z vakolatlari doirasida boshqa hududiy davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro
hamkorlik qiladi.
Davlat soliq xizmatining hududiy organlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishida va amalga oshirilishida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
43. Qo‘mitaning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy
tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik
biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Kompleks rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish,
xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘linmalari mutasaddilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |