Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora
-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
9-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari
mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish 58. Qo‘mita, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyaning moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 59. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan iborat: Oldingi tahrirga qarang. a) lavozim maoshi (davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan miqdorda); (59-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) Oldingi tahrirga qarang. b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar va boshqa to‘lovlar: (59-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) markaziy apparat va Hududlararo inspeksiya xodimlariga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim ish haqiga (tarif stavkasiga) 20 foiz. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi; ish haqi fondining 25 foizi (budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan shakllanadigan); lavozim maoshiga nisbatan 40 foiz (mehnatni rag‘batlantirish koyeffitsiyenti); maxsus unvon uchun 0,15 dan 0,65 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda); uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun 0,05 dan 0,6 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda); Oldingi tahrirga qarang. ikki oylik mehnat haqi fondi miqdoridagi mukofot va bir oylik mehnat haqi miqdoridagi moddiy yordam to‘lovi; qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar; (59-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan yettinchi-sakkizinchi xatboshilar to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) v) rag‘batlantiruvchi to‘lovlar; boshqa to‘lovlar, shu jumladan: Oldingi tahrirga qarang. ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi oylik to‘lovlar; (59-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son) Oldingi tahrirga qarang. davlat soliq xizmati organlari xodimlarining transport harajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravar miqdorida oylik to‘lovlar (xizmat transporti vositalari ajratilgan xodimlardan tashqari); Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling