Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/48
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1129283
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

(59-bandning “a” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y.,
09/22/255/0412-son)
yiliga bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish;
d) xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan
mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda
moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida muhtojlik holatida (baxtsiz hodisa, to‘y va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq
muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi
og‘ir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar);
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar.
Maxsus unvon va ko‘p yillik xizmati uchun beriladigan ustama miqdorini hisoblashda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘lanadigan lavozim maoshi va oylik
ustamalarning birgalikdagi summalari hisobga olinadi.
Qo‘mita xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar Qo‘mita raisi
tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
59 . Davlat soliq xizmati organlari xodimlariga mazkur nizomning 59-bandi 
a)
va 
b) kichik
bandlarida 
ko‘rsatilgan lavozim maoshi, ustama va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish budjet
mablag‘lari hisobidan, 
v) kichik bandidagi
boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini
rivojlantirish hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga
oshiriladi.
(59 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
60 Qo‘mita raisining maslahatchilari (shu jumladan, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy
axborot boshqarmasi boshlig‘i) mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish
shartlariga ko‘ra Qo‘mita raisining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
1
1
1.


(60 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
62. Quyidagilar davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning asosiy
turlari hisoblanadi:
davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga asosan va
erishilgan yakuniy natijalardan kelib chiqib mukofotlash;
Davlat budjetiga to‘lovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortig‘i bilan bajarilganligi uchun
oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash;
alohida muhim topshiriqlar bajarilganligi uchun yakka tartibda mukofotlash;
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda
mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar to‘lash;
xizmat vazifalarini bajarish chog‘idagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi
munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini
bajarishlarini, bilimlari darajasini, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish kasbiy qobiliyatlarini har yili test
sinovlaridan o‘tkazish asosida belgilanadigan maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar.
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar
maxsus jamg‘armasi hisobidan ham quyidagi summalarning 10 foiziga qadar miqdorda
mukofotlanadi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar va yig‘imlar;
(62-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-
son)
xronometraj ko‘zdan kechirish natijalari bo‘yicha aniqlangan, soliq to‘lovchi to‘lab bergan
soliqlar;
soliq tekshiruvlari natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar.
63. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari xodimlarining funksional vazifalarini bajarishi,
bilim darajasi, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish bo‘yicha kasbiy qobiliyatlarini test sinovidan
o‘tkazish natijalari bo‘yicha beriladigan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha
miqdorda maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalarni xar yili test sinovidan o‘tkazish asosida qo‘llash
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
64. Davlat soliq xizmati organlari tuzilmalarining rahbar va inspektorlar tarkibi xodimlarini
hamda mutaxassislarni (ishlab chiqarish xodimlari) oy, chorak, yarim yildagi ish yakunlari bo‘yicha
mukofotlash respublika va mahalliy budjetlarga, davlat maqsadli jamg‘armalarga soliqlar va yig‘imlar
tushumlari prognozi bajarilganligi va ortig‘i bilan bajarilganligi uchun hamda ular faoliyatini
tavsiflovchi boshqa asosiy ko‘rsatkichlar bajarilganligi uchun Qo‘mita raisi tomonidan
tasdiqlanadigan nizomga muvofiq, davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari qarorlari asosida
amalga oshiriladi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
65. Qo‘mitada, davlat soliq xizmatining hududiy organlarida va Hududlararo inspeksiyada
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini
rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini
rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
1


66. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi
mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam,
ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus
jamg‘armasi mablag‘lari davlat soliq xizmati organlari xodimlariga to‘lovlar, shu jumladan mukofotlar
manbalari hisoblanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling