Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora


-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/48
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1129283
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Bog'liq
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

6-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish
1-§. Hududlararo inspeksiya rahbariyati, xodimlarini tegishli lavozimga tayinlash va xodimlarning
maqomi
Oldingi
 tahrirga qarang.
21. Hududlararo inspeksiyaning shtatdagi xodimlari soni Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
22. Hududlararo inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan
kelishilgan holda Qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq
rahbarlik qiladi.
23. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i:
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qo‘mita raisining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi
tomonidan lavozimga tayinlanadigan uch nafar, jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-
son)
o‘z faoliyatida Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
24. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i bo‘lmaganda uning vakolatlarini bajarish majburiyatlar
taqsimotiga muvofiq uning o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
25. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish:
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari Hududlararo inspeksiya
boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan;
Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari o‘rinbosarlari va boshqa xodimlari
Hududlararo inspeksiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
26. Mavqeyi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Hududlararo
inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari tegishli ravishda Qo‘mita markaziy apparatining
boshqarma boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlariga, Hududlararo inspeksiyaning xodimlari
esa — Qo‘mita markaziy apparatining xodimlariga tenglashtiriladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling