Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora


-bob. Hududlararo inspeksiyaning hisoboti


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/48
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1129283
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
Bog'liq
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

9-bob. Hududlararo inspeksiyaning hisoboti
38. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i Hududlararo inspeksiyaning faoliyati to‘g‘risida Qo‘mita
raisi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
39. Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari Hududlararo inspeksiya rahbarlariga yuklangan vazifalarni
samarali bajarishlari bo‘yicha ularning faoliyatini doimiy nazorat qilib boradilar.
40. Har choraklik baho natijalari bo‘yicha Hududlararo inspeksiyaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan
rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan
lavozimidan ozod qilishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
41. Hududlararo inspeksiya xodimlariga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, faoliyatiga obro‘sizlantirish,
yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishiga to‘sqinlik qilish maqsadida aralashish taqiqlanadi va
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-
apreldagi 320-son 
qaroriga 
 
3-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga (keyingi o‘rinlarda
soliq organlari deb ataladi) mansabdor shaxslarni xizmatga qabul qilish va ularni bo‘shatish, ular
tomonidan xizmatni o‘tash, maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish, ularni rag‘batlantirish
va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
rahbarlik lavozimlari — soliq organlarining boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi,
xodimlarga rahbarlik qiluvchi, tegishli qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, soliq organlari
faoliyati jarayonlarini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi, qo‘yilgan maqsadga
erishish hamda soliq organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur tashkiliy-
texnik shart-sharoitlar bilan ta’minlovchi xodimlari lavozimlari;

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling