Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora


-§. Hududlararo inspeksiya hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/48
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1129283
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2-§. Hududlararo inspeksiya hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati
tarkibiy bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan, shuningdek, boshqa davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan
hamkorligi
27. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy
bo‘linmalari hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi Hududlararo inspeksiya
tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
28. Hududlararo inspeksiya bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va
hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi axborot ayirboshlash va qonun hujjatlarida
belgilangan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirishga asoslangan.
29. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalari va
hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi jarayonida vujudga keladigan
tushunmovchiliklar Qo‘mita raisining topshirig‘iga muvofiq uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan
ko‘rib chiqiladi. Ushbu ko‘rib chiqishda tushunmovchiliklar tartibga solinmagan holatlarda, ular
bo‘yicha qaror bevosita Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadi.


30. Hududlararo inspeksiya va uning tarkibiy bo‘linmalari o‘zlarining vazifa va funksiyalarini
bajarishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, banklar va boshqa
tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
7-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash
31. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash har chorakda Qo‘mita tomonidan amalga
oshiriladi.
32. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha Qo‘mita xulosasi:
Hududlararo inspeksiya rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy
javobgarlik choralarini ko‘rish;
Hududlararo inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida uning
faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling