Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/48
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1129283
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

inspektorlar tarkibi lavozimlari — mazkur bandning 
ikkinchi xatboshida 
ko‘rsatilgan vakolatlar
berilmagan holda soliq organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajaruvchi soliq organlari
xodimlari lavozimlari.
3. Soliq organlari mansabdor shaxslariga (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi)
soliq organlarida boshqaruv xodimlarining shtatidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslar kiradi va
ularga egallab turgan lavozimlariga hamda uzoq muddat ishlaganligiga muvofiq ravishda quyidagi
maxsus unvonlar beriladi:
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali inspektori;
soliq xizmatining II darajali inspektori;
soliq xizmatining III darajali inspektori;
soliq xizmatining inspektori.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish xodimlariga texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar toifasiga mansub
bo‘lmagan soliq organlarida shtat lavozimlarini egallab turgan mutaxassislar kiradi.
Mutaxassislarning (ishlab chiqarish xodimlarining) shtatlar soni quyidagi tartibda belgilanadi:
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (shu’basi):
Oldingi
 tahrirga qarang.
har 100 ming nafar aholiga hisoblab chiqqanda (ko‘p tomonga yaxlitlanadigan 1:2 nisbatda) 1
shtat birligi — tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida;
(3-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
maydagi 255-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
2 shtat birligi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq
boshqarmalarida;
2 shtat birligi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda —
Qo‘mita) markaziy apparatida;
navbatchi qism va idoraviy qo‘riqlash:
15 shtat birligi — Qo‘mita markaziy apparatida;


3 shtat birligi — Qo‘mitaning hududiy tuzilmalari hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha
hududlararo davlat soliq inspeksiyasida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
soliq to‘lovchilarning buxgalteriya hisobini yuritish va huquqiy qo‘llab-quvvatlash xizmatida
(davlat soliq boshqarmalarida va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida) — 2 shtat birligi.
(3-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-
maydagi 255-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling