(55-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-
son)
davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda “shaxsiy kabinet”dan
foydalanish
darajasi;
elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn
nazorat-kassa mashinalarini
avtomatlashtirilgan monitoring qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni qo‘llayotgan soliq
to‘lovchilarning qamrab olinishi.
Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, davlat soliq xizmatining hududiy organlari,
Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining
samaradorligini baholashning
qo‘shimcha mezonlarini belgilashi mumkin.
56. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish
(mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Qo‘mitaning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
va uning faoliyatini yanada
takomillashtirish choralari qabul qilinadi.
57. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: