Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora


-§. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq xizmatining hududiy


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/48
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1129283
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2-§. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq xizmatining hududiy
organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
36. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq xizmatining hududiy
organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligining
ta’minlanishi Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
37. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat soliq
xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro
hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va
tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;
2) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi
tashkilotlarga bevosita tarkibiy tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha so‘rovnomalar yuboradi
va ular ijrosini nazorat qiladi;
3) tekshiruvlar va o‘rganishlar o‘tkazadi, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo
inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning amaliy faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi
tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va axborot materiallari, statistik va
boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi;
5) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi
tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatlarini rejalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha
choralarni ko‘radi;
6) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi
tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda davlat soliq xizmatining hududiy
organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning ishtirokini tashkil etadi, qonun
hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
38. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi
tashkilotlar Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:
1) Qo‘mita rahbariyati topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risida axborot beradi;
2) faoliyatning belgilangan sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari
to‘g‘risida axborot taqdim qiladi;
3) ularning faoliyatini o‘rganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va
qonunbuzilishlarini bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
4) o‘zining ish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim
etadi;
5) soliqqa tortish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi sohasidagi muammolarni
bartaraf etishga qaratilgan takliflarni taqdim etadi;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari
to‘g‘risida hisobot beradi;


7) vakolatli organlar tomonidan o‘zining faoliyatida o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risida
xabardor qiladi.
39. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari hamda uning hududiy davlat soliq xizmati
organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi jarayonida kelib
chiqadigan kelishmovchiliklar Qo‘mita raisi topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosarlari
tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular
bo‘yicha qaror bevosita Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling