Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora


-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana26.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1129283
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
320-сон 17.04.2019. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

7-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish
1-§. Qo‘mita rahbariyati
Oldingi
 tahrirga qarang.
30. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin
kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
31. Qo‘mita raisi o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi
hisoblanadi.
32. Qo‘mita raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan
va lavozimdan ozod qilinadigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
33. Qo‘mita raisi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning
o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.


34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod
etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Hududlararo inspeksiya, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga belgilangan tartibda
Qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
35. Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy davlat soliq boshqarmalari
to‘g‘risidagi nizomlar Qo‘mita raisi tomonidan, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari
to‘g‘risidagi nizomlar esa Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tuman (shahar) davlat soliq
inspeksiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom asosida hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
tomonidan tasdiqlanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling