Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada
-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021
6-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini tashkil etish
1-§. Hududlararo inspeksiya rahbariyati, xodimlarini tegishli lavozimga tayinlash va xodimlarning maqomi Oldingi tahrirga qarang. 21. Hududlararo inspeksiyaning shtatdagi xodimlari soni Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi. (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 22. Hududlararo inspeksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi. 23. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i: Oldingi tahrirga qarang. Qo‘mita raisining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan uch nafar, jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi; (23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7- yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) o‘z faoliyatida Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi. 24. Hududlararo inspeksiya boshlig‘i bo‘lmaganda uning vakolatlarini bajarish majburiyatlar taqsimotiga muvofiq uning o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. 25. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish: Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari Hududlararo inspeksiya boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan; Hududlararo inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari o‘rinbosarlari va boshqa xodimlari Hududlararo inspeksiya boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. 26. Mavqeyi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari bo‘yicha Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari tegishli ravishda Qo‘mita markaziy apparatining boshqarma boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlariga, Hududlararo inspeksiyaning xodimlari esa — Qo‘mita markaziy apparatining xodimlariga tenglashtiriladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling