Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-§. Hududlararo inspeksiya hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

2-§. Hududlararo inspeksiya hamda uning tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy 
apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan, shuningdek, 
boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va 
boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
27. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy 
bo‘linmalari hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi Hududlararo inspeksiya 
tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. 
28. Hududlararo inspeksiya bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy 
bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi axborot ayirboshlash va 
qonun hujjatlarida belgilangan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirishga asoslangan. 
29. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarining Qo‘mita markaziy apparati 
bo‘linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi jarayonida vujudga keladigan 
tushunmovchiliklar Qo‘mita raisining topshirig‘iga muvofiq uning tegishli o‘rinbosarlari tomonidan 
ko‘rib chiqiladi. Ushbu ko‘rib chiqishda tushunmovchiliklar tartibga solinmagan holatlarda, ular 
bo‘yicha qaror bevosita Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadi. 
30. Hududlararo inspeksiya va uning tarkibiy bo‘linmalari o‘zlarining vazifa va 
funksiyalarini bajarishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi 


organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
banklar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 
7-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash 
31. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash har chorakda Qo‘mita tomonidan amalga 
oshiriladi. 
32. Hududlararo inspeksiya faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha Qo‘mita xulosasi: 
Hududlararo inspeksiya rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki 
intizomiy javobgarlik choralarini ko‘rish; 
Hududlararo inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida 
uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun asos bo‘ladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling