Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2019-yil 17-aprel, 320-son Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qaroriga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga , O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son va “ Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” 2018-yil 26- iyundagi PQ-3802-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi va hisobotini, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarliklarini belgilaydi. 2. Qo‘mita soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, soliq to‘lovchilar, shu jumladan yuridik va jismoniy shaxslarning ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi. 5. Qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, Qo‘mita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega. 6. Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar. 7. Qo‘mitaning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, qisqartmasi — Davlat soliq qo‘mitasi yoki DSQ; b) rus tilida: to‘liq nomi — Gosudarstvenniy nalogoviy komitet Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Gosudarstvenniy nalogoviy komitet yoki GNK; v) ingliz tilida: to‘liq nomi — State Tax Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — State Tax Committee yoki STC. 8. Davlat soliq qo‘mitasining joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13A-uy, 100011. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling