Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

Oldingi
 tahrirga qarang. 
savdo va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi, shu 
jumladan nazorat-kassa mashinalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn 
nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni, plastik kartochkalardan to‘lovlarni qabul qilib olish 
bo‘yicha hisob-kitob terminallarini qo‘llash, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda 
markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi
(11-band “d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
naqd pul mablag‘lari muomalada bo‘lishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd 
pul aylanmasiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan huquqbuzarliklarni aniqlash, 
oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tadbirkorlik subyektlarida, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarida bir martalik 
yig‘imlar, bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ijara 
to‘lovlarining o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalari bajarilishi, naqd 
pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarning sun’iy ravishda 


oshirilishi yoki pasaytirilishi, nazorat-kassa texnikalarining yoki virtual kassalarning, to‘lov 
terminallarining qo‘llanilishi, shuningdek, belgilangan tartibda talon va cheklarning berilishi, naqd 
pul tushumining o‘z vaqtida va to‘liq hajmda inkassatsiya qilinishi (banklarga topshirilishi) 
masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvlarini amalga oshiradi. 
(11-band “d” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
e) bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning 
hududida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini 
tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish sohasida: 
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtomobillarni 
vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa 
huquqbuzarliklarni aniqlaydi, oldini oladi va bartaraf etadi
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki 
noqonuniy olib kirilgan tovarlarni tayyorlash va sotishga qarshi kurashadi; 
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtomobil vositalarining to‘xtash 
joylari, shuningdek, ular hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan 
olingan pul oqimlari harakati monitoringini va mablag‘lar tushumi hisobining to‘liqligini ta’minlaydi; 
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha 
saqlash joylari, shuningdek, ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari 
pul mablag‘lari tushumlari va tovar aylanmasi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlariga tushadigan 
ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan o‘zaro 
hamkorlik qiladi; 
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash bo‘lgan avtomobil vositalarining 
to‘xtash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari 
bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qo‘zg‘aydi, jinoyat 
ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga beradi; 
soliqqa oid huquqbuzarliklar natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan 
zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash choralarini ko‘radi; 
j) soliq to‘lovchilar o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi uchun maqbul shart-
sharoitlar yaratish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati — insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli 
hamkori” degan maqsadli vazifani so‘zsiz bajarish sohasida: 
soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashadi; 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling