Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021
Oldingi
tahrirga qarang. soliqlar va yig‘imlarning Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi; (11-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) soliq to‘lovchilar faoliyatining soliq tekshiruvlarini, shuningdek, soliq to‘lovchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq va o‘z vaqtida kiritilishi tekshiruvlarini belgilangan tartibda o‘tkazadi; davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini soliq tekshiruvi o‘tkazilishida qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi; soliq to‘lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirishlar oladi, soliq to‘lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek, hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechiradi yoki tekshiradi; xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u yerdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi; soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) jarayonida hisobotdagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘g‘riligini aniqlash, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib ko‘rsatilishini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun buxgalteriya hisoblarini va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi; moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) davomida xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor buyumlarni tortib ko‘radi va o‘lchaydi, ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va taqdim etilgan soliq hisob-kitoblarining to‘g‘riligini aniqlash uchun xomashyo va materiallar sarfi normalari, ularning mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘g‘ri hisobdan chiqarilishini, tayyor mahsulotning to‘liq kirim qilinishini, mahsulot chiqishi normalari hamda moddiy boyliklarni saqlash va tashishda tabiiy yo‘qotishlar normalari to‘g‘ri belgilanishini aniqlash uchun xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishda nazorat tariqasida ishlatib ko‘radi, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni nazorat tariqasida tekshiradi; yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; jismoniy va yuridik shaxslardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to‘g‘risida kelib tushgan murojaatlar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi; soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlarini tahlil qiladi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi; huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling