Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

Oldingi
 tahrirga qarang. 
b) Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlarning soliq 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va bir xildagi tushumini ta’minlash hisobiga 
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromad qismini barqaror shakllantirish 
sohasida:
(11-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (to‘xtatilishi) to‘g‘risida axborot taqdim 
etadigan organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
belgilangan tartibda soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq 
hisobotlarini, shuningdek, soliq to‘lovchilarning faoliyati to‘g‘risida soliq organlarining yagona 
integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida yig‘ilgan boshqa hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish 
asosida kameral soliq tekshiruvini amalga oshiradi
(11-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
o‘zaro tuzilgan kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‘lovchi 
tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri 
hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi soliq monitoringini qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda amalga oshiradi;
(11-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larining davlat 
daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishi nazoratini, shuningdek, davlat organlariga berilgan mol-
mulkning hisobga olinishini ta’minlaydi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
soliqlar va yig‘imlarning tushumini ta’minlash, shu jumladan respublika va mahalliy 
budjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash bo‘yicha moliya organlari, 
manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik 
qiladi; 
(11-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
v) soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarining o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga 
olinishini ta’minlash, ularning to‘liq qamrab olinishi mexanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi 
jarayoniga ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy axborot-


kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini keng joriy etish orqali 
takomillashtirish sohasida: 
soliq to‘lovchilar, soliq solinadigan baza, shuningdek, soliq solish obyektlari va soliq solish 
bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq, o‘z vaqtida va ishonchli hisobga olinishini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarga, ularni soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari berilgan 
holda soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risida hujjatlar berilishini qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda tashkil qiladi; 
kelgusida tovar va xizmatlarning majburiy tasniflanishini joriy qilgan holda elektron 
hisobvaraq-fakturalari to‘liq kiritilishini ta’minlaydi; 
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestrini shakllantiradi va 
yuritadi; 
soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasida soliq to‘lovchilar 
bo‘yicha soliqlar va yig‘imlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi; 
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hisobini yuritadi; 
banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko‘ra bank hisobvaraqlari bo‘yicha 
to‘qqiz oy mobaynida pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xo‘jalik faoliyatini 
yuritmayotgan, shuningdek, to‘qqiz oy davomida soliq hisobotlarini taqdim qilmagan korxonalarni 
aniqlaydi; 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq 
xizmati organlarida hisobga turishdan bo‘yin tovlash mexanizmlarini o‘rganadi, aniqlaydi va bartaraf 
etadi; 
axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda barcha soliq to‘lovchilar va soliq 
tushumlari bo‘yicha soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini 
yaratadi; 
soliq axborotlarini qabul qilib olish, qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini 
avtomatlashtirish choralarini ko‘radi; 
davlat soliq xizmati organlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda 
yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;
soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
joriy 
etadi 
hamda 
xarajatlarni 
maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning 
zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi
davlat soliq xizmati organlarining butun vertikal bo‘ylab biznes jarayonlarini qayta tashkil 
etish va ularni parallel ravishda raqamlashtirish hamda kelgusida avtomatlashtirish bilan amalga 
oshiradi va shu asosda inson omili ta’sirini kamaytiradi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling