Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021
Oldingi
tahrirga qarang. 27) zarur hollarda markaziy apparat va hududiy bo‘linmalar, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish; (19-bandning 27-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7- yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 28) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman (shahar)lar davlat soliq inspeksiyalari, shuningdek, Hududlararo inspeksiyaning tuzilmasini tasdiqlash; 29) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda davlat soliq xizmatining hududiy organlari va Hududlararo inspeksiya boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash; 30) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan davlat soliq xizmati organlari boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish; 31) Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, davlat soliq xizmatining hududiy organlari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda tasarrufidagi tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash; 32) Qo‘mita markaziy apparati, Hududlararo inspeksiyaning shtatlar jadvalini tasdiqlash; 33) Qo‘mita xodimlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari Ichki audit boshqarmasi va O‘z xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlari xodimlarini, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, Hududlararo inspeksiya boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlari, Hududlararo inspeksiya O‘z xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish; 34) Qo‘mita hay’ati va markaziy apparati majlislarini boshqarish; 35) Qo‘mita va davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyaning xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlarni tasdiqlash hamda ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning belgilangan tartibda ijro etilishini nazorat qilish; 36) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, shu jumladan mukofotlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; 37) davlat soliq xizmati organlari tizimidagi xodimlar va mutaxassislarni ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari va xizmatlari uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga bilan taqdirlashga taqdim qilish va tavsiyalar berilishini ta’minlash; 38) davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, boshqa davlatlarning davlat soliq xizmati organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmati organlarining manfaatlarini ifodalash. Oldingi tahrirga qarang. 39) bo‘ysunuvchi tashkilotlarning xodimlari sonini aniqlash, ularning tuzilmasi, shtat birligi, shu jumladan, boshqaruv xodimlari, ish haqi fondi, xarajatlar smetasi, transport vositalarining me’yorlarini tasdiqlash, shuningdek, ularning mol-mulkini tasarruf etish. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling