Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Qo‘mita rahbarlarining javobgarligi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

6-bob. Qo‘mita rahbarlarining javobgarligi 
22. Qo‘mita raisi: 
1) Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi
2) Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar prognozining bajarilishi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
3) soliqlar va yig‘imlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash yuzasidan lozim 
darajada nazorat o‘rnatilishi; 
(22-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi; 
5) davlat soliq xizmati organlariga yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali 
xodimlarni jalb etishga qaratilgan, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va rag‘batlantirishning 
mutlaqo yangi tizimi yaratilishi; 
6) xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonun buzilishining 
barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhiti yaratilishi, jamoada sog‘lom 
muhit shakllantirilishi; 


7) davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi, soliq to‘lovchilar bilan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqasiz muloqot o‘rnatilishi; 
8) soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish sohasida xalqaro ekspertlar, 
grantlarni jalb etish ishlari; 
9) davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika jihatdan ta’minlanishi; 
10) ushbu Nizomning 
17-bandida 
nazarda tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik 
sohalari; 
11) ushbu Nizomning 
19-bandida 
nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli 
bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. 
23. Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1) Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va yig‘imlar to‘liq va o‘z 
vaqtida tushishining ta’minlanishi;
(23-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
2) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish 
bo‘yicha takliflar tayyorlanishi, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublari joriy 
etilishi, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari tahlil qilinishi, 
ularga barham berish choralari ko‘rilishi; 
3) soliq solish bazasini kengaytirish bo‘yicha, jumladan hududlarning makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar dinamikasi va soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali kompleks choralar ko‘rilishi; 
4) nazorat amalga oshirilishi va soliq qarzdorligi oshishiga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro 
tajribani chuqur o‘rganish orqali soliq tizimining modernizatsiyalanishi; 
5) Qo‘mitaga yuklangan vazifa va funksiyalarning Qo‘mita markaziy apparatining 
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy tuzilmalarida bajarilishi; 
6) mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ushbu Nizomning 
17-bandida 
nazarda 
tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
7) ushbu Nizomning 
20-bandida 
nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli 
ijro etilishi uchun shaxsan javob beradi. 
24. Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari: 
1) soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi soliq to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llash metodologiyasining takomillashtirilishi; 
2) Davlat budjeti daromadlari darajasini oshirish uchun zaxiralarni izlash va aniqlash 
bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi
3) soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi uchun tadbirkorlik subyektlarini 
rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi; 
4) soliq solish qismida iqtisodiyotning xufiyona sektorini legallashtirishga qaratilgan tizimli 
nazorat ta’minlanishi; 
5) sifatsiz, qalbaki (yasama) va noqonuniy olib kirilgan tovarlar ishlab chiqarilishi, 
shuningdek, realizatsiya qilinishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi;
6) soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
va tahlilning ilg‘or avtomatlashtirilgan uslublari, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va 
onlayn nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha dasturiy mahsulotlar 
joriy etilishi hamda samarali faoliyat ko‘rsatishi; 
7) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari puxta, har tomonlama, to‘liq va obyektiv 
ko‘rib chiqilishi, fuqarolarning shaxsan qabul qilinishi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
8) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti va soliq 
texnikumlari faoliyati samarali tashkil etilishi; 


(24-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
9) Qo‘mita vazifa va funksiyalarining Qo‘mitaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy 
tuzilmalarida bajarilishi; 
10) mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha ushbu Nizomning 
17-bandida 
nazarda 
tutilgan Qo‘mitaning tegishli javobgarlik sohalari;
11) ushbu Nizomning 
20-bandida 
nazarda tutilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli 
ijro etilishi uchun shaxsan javob beradi. 
25. Qo‘mitaning mansabdor shaxslari: 
o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganliklari, ijro 
intizomini buzganliklari; 
ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya 
qilmaganliklari; 
noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy 
zarar yetkazganliklari; 
o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganliklari va soliq solish bazasini 
kamaytirganliklari; 
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganliklari
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javob beradilar. 
26. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining o‘z xizmat vakolatlari doirasidan chetga 
chiqqanligi, shuningdek, zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
27. Soliq nazoratini amalga oshirishda davlat soliq xizmati organlari mansabdor 
shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlar qonunda 
belgilangan tartibda qoplanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
28. Tekshirilgan soliq davri uchun soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi kerak 
bo‘lgan aynan bir xil soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha tekshirishlarni takroran o‘tkazish taqiqlanadi. 
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
29. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z huquq va erkinliklarini buzayotgan davlat soliq xizmati 
organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari yuzasidan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mita rahbariyatiga yoxud bevosita sudga shikoyatlar bilan 
murojaat qilishga haqlidirlar. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling