Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-§. Qo‘mitaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

3-§. Qo‘mitaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi 
40. Qo‘mita o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik 
qiladi. 
41. Hududlararo inspeksiya o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat 
va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro 
hamkorlik qiladi. 
42. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari o‘z vakolatlari doirasida boshqa hududiy 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan 
o‘zaro hamkorlik qiladi. 
Davlat soliq xizmatining hududiy organlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishida va amalga oshirilishida kompleks ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 
43. Qo‘mitaning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Kompleks rahbari va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank 
tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma 
axborot-tahlil departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘linmalari mutasaddilik qiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling