Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-§. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq xizmatining hududiy


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

2-§. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq xizmatining hududiy 
organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi 
tartibi 
36. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining davlat soliq xizmatining hududiy 
organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligining 
ta’minlanishi Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. 
37. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha davlat 
soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar bilan o‘zaro 
hamkorlik qilib: 
1) topshiriqlarni davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va 
tasarrufidagi tashkilotlarga yetkazadi va ularning ijrosini nazorat qiladi; 
2) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi 
tashkilotlarga bevosita tarkibiy tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha so‘rovnomalar 
yuboradi va ular ijrosini nazorat qiladi; 
3) tekshiruvlar va o‘rganishlar o‘tkazadi, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, 
Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning amaliy faoliyatini umumlashtiradi, uni 
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi; 
4) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi 
tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va axborot materiallari, statistik va 
boshqa ma’lumotlarni o‘rganishni tashkil etadi
5) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi 
tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatlarini rejalashtirishni takomillashtirish 
bo‘yicha choralarni ko‘radi; 
6) davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi 
tashkilotlardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi; 
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda davlat soliq xizmatining hududiy 
organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning ishtirokini tashkil etadi, qonun 
hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi. 
38. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi 
tashkilotlar Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, shu 
jumladan: 
1) Qo‘mita rahbariyati topshiriqlarining ijrosi to‘g‘risida axborot beradi; 
2) faoliyatning belgilangan sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari 
to‘g‘risida axborot taqdim qiladi; 
3) ularning faoliyatini o‘rganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va 
qonunbuzilishlarini bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi; 
4) o‘zining ish natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda 
taqdim etadi; 
5) soliqqa tortish va soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi sohasidagi 
muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni taqdim etadi; 


6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik 
natijalari to‘g‘risida hisobot beradi; 
7) vakolatli organlar tomonidan o‘zining faoliyatida o‘tkazilgan tekshirish natijalari 
to‘g‘risida xabardor qiladi. 
39. Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari hamda uning hududiy davlat soliq 
xizmati organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi 
jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar Qo‘mita raisi topshirig‘iga binoan uning tegishli 
o‘rinbosarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga 
solinmasa, ular bo‘yicha qaror bevosita Qo‘mita raisi tomonidan qabul qilinadi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling