Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

8-bob. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish 
indikatorlari
54. Qo‘mitaning samaradorligi muntazam ravishda baholanadi. 
55. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash quyidagi asosiy 
mezonlarga asoslanadi: 
davlat soliq xizmati organlari ishining sifatini qoniqarli baholaydigan soliq to‘lovchilar, 
shuningdek, ularning harakatlari va qarorlari yuzasidan shikoyatlarning soni; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
kameral soliq tekshiruvi natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar va yig‘imlarning umumiy 
summasi; 
(55-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
xronometraj ko‘zdan kechirish va soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha aniqlangan davlat 
budjeti daromadlarini oshirish zaxiralari summasi va ularni undirish darajasi;
Oldingi
 tahrirga qarang. 


hisoblangan soliq va yig‘imlar undirilishining to‘liqligi va soliq qarzdorligining pasayish 
darajasi; 
(55-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda “shaxsiy kabinet”dan foydalanish 
darajasi; 
elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini 
avtomatlashtirilgan monitoring qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni qo‘llayotgan soliq 
to‘lovchilarning qamrab olinishi. 
Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, davlat soliq xizmatining hududiy 
organlari, Hududlararo inspeksiya va tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini 
baholashning qo‘shimcha mezonlarini belgilashi mumkin. 
56. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha: 
davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish 
(mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari
Qo‘mitaning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada 
takomillashtirish choralari qabul qilinadi.
57. Qo‘mita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi 
qonun hujjatlarida belgilanadi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling