Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Qo‘mitaning hisobot berishi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

10-bob. Qo‘mitaning hisobot berishi 
67. Qo‘mita raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti oldida Qo‘mita faoliyati to‘g‘risida muntazam ravishda hisobot beradi.
68. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleks rahbari Qo‘mita 
rahbarlariga yuklangan vazifalarni samarali bajarish bo‘yicha ular faoliyatining doimiy monitoringini 
olib boradi, Qo‘mita faoliyati samaradorligiga xolis baho beradi. 
69. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarining alohida 
o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoki yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari 
uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi. 
11-bob. Yakunlovchi qoida 


70. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son 
qaroriga 
 
2-ILOVA
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi 
(keyingi o‘rinlarda Hududlararo inspeksiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 
2. Hududlararo inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi 
o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Qo‘mita raisiga 
bo‘ysunadi. 
3. Hududlararo inspeksiyaga joylashgan joyi va amalga oshirayotgan faoliyatidan qat’i 
nazar, yirik soliq to‘lovchilarning soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish vazifasi yuklanadi. 
4. Soliq to‘lovchilarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlari Qo‘mita tomonidan 
belgilanadi. 
5. Hududlararo inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga

O‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksiga
, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati 
to‘g‘risida”gi 
Qonuniga 
va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, 
Qo‘mita qarorlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 
6. Hududlararo inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 
tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankaga, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
G‘aznachiligida 
g‘aznachilik 
hisobraqamlariga, 
bank 
hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobraqamlariga ega. 
7. Hududlararo inspeksiyaning rasmiy nomi: 
a) davlat tilida: 
to‘liq — “Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi”, 
qisqartirilgani — “Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya”; 
b) rus tilida: 
to‘liq — “Mejregionalnaya gosudarstvennaya nalogovaya inspeksiya po krupnim 
nalogoplatelщikam”, qisqartirilgani — “Inspeksiya po krupnim nalogoplatelщikam”;
v) ingliz tilida: 
to‘liq — “Interregional state tax inspection for large taxpayers”; qisqartirilgani — 
“Inspection for large taxpayers”. 
8. Hududlararo inspeksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Abay 
ko‘chasi, 8-uy. 
9. Hududlararo inspeksiya tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida 
qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, 
boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq 
ma’muriyatchiligi Hududlararo inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan soliq to‘lovchilar uchun 
bajarish majburiy hisoblanadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling