Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

2-bob. Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari 
10. Quyidagilar Hududlararo inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
yirik soliq to‘lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida 
ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarning to‘liq tushishini ta’minlash; 


(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
yirik soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi 
bo‘yicha soliq nazoratini tashkil etish
yirik soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asosida 
servis-texnik xizmat ko‘rsatilishini amalga oshirish; 
yirik soliq to‘lovchilar ma’muriyatchiligi doirasida soliqqa oid huquqbuzarliklarni 
profilaktika qilish, aniqlash va oldini olish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish. 
11. Hududlararo inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
a) yirik soliq to‘lovchilar hisobini tashkil etish va ulardan soliq to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarida ko‘zda tutilgan soliqlar va yig‘imlarning to‘liq tushishini ta’minlash sohasida: 
(11-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
qonun hujjatlarida belgilangan yirik soliq to‘lovchilar mezonlariga mos keladigan yuridik 
shaxslarni aniqlash va hisobga qo‘yish ishlarini yuritadi; 
yuridik shaxslarga ular yirik soliq to‘lovchilar jumlasiga kiritilganligi va qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnomalar yuboradi
yirik soliq to‘lovchilar reyestrini shakllantiradi va yuritadi; 
yirik soliq to‘lovchilar hisobotlarining qabul qilinishi va qayta ishlanishini amalga oshiradi; 
yirik soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari yuritilishini amalga oshiradi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) va 
davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan va haqiqatda to‘langan soliqlar va yig‘imlar 
summalari, shu jumladan ular bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha 
moliyaviy jarimalar summalari hisobini yuritadi; 
(11-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar 
va yig‘imlar tushumi prognozining ishlab chiqilishida ishtirok etadi; 
(11-band “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish 
bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasining tizimli tahlili asosida soliq solinadigan bazani 
kengaytirish bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshiradi; 
b) yirik soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi 
bo‘yicha soliq nazoratini tashkil etish sohasida: 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling