Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

8-bob. Hududlararo inspeksiya faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan 
ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
33. Hududlararo inspeksiyani moliyalashtirish va moddiy-texnika bilan ta’minlash, 
jumladan, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Davlat 
budjetidan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, 
soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, 
shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga 
oshiriladi. 
34. Hududlararo inspeksiya xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, maxsus unvonlar, ko‘p 
yil xizmat qilganlik uchun ustama haqlar, dam olish va bayram kunlari uchun to‘lovlar, boshqa 
ustama, qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
to‘lanadi.
Hududlararo inspeksiya xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustama va qo‘shimchalar 
Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida to‘lanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
35. Hududlararo inspeksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, mukofotlash tartibi va 
turlari Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga asosan belgilanadi. 
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
36. Hududlararo inspeksiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti 
mablag‘lari hisobidan lavozim maoshlarining 20 foiz miqdorida maxsus ustama belgilanadi. 
37. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, 
soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘larining 
Hududlararo inspeksiya tomonidan shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi Qo‘mita tomonidan 
belgilanadi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling