Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada
-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021
9-bob. Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari
mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish 58. Qo‘mita, davlat soliq xizmatining hududiy organlari, Hududlararo inspeksiyaning moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 59. Davlat soliq xizmati organlari xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi quyidagilardan iborat: a) lavozim maoshi (davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshini belgilashda Yagona tarif jadvaliga muvofiq tasdiqlangan ish haqi bo‘yicha razryadlar asosida tarif koyeffitsiyenti 1,7 baravar ko‘paytirilgan holda qo‘llaniladi); b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar: markaziy apparat va Hududlararo inspeksiya xodimlariga (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari), alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim ish haqiga (tarif stavkasiga) 20 foiz. Mazkur ustamalar qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi; ish haqi fondining 25 foizi (budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan shakllanadigan); lavozim maoshiga nisbatan 40 foiz (mehnatni rag‘batlantirish koyeffitsiyenti); maxsus unvon uchun 0,15 dan 0,65 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda); uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun 0,05 dan 0,6 gacha (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentda); v) rag‘batlantiruvchi to‘lovlar; boshqa to‘lovlar, shu jumladan: ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi oylik to‘lovlar; davlat soliq xizmati organlari xodimlarining transport harajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravar miqdorida oylik to‘lovlar (xizmat transporti vositalari ajratilgan xodimlardan tashqari); yiliga bir marta oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatish; d) xodimning asoslantirilgan arizasiga asosan yuqori turuvchi tuzilma rahbarining roziligi bilan mehnatga haq to‘lash fondiga ajratilgan mablag‘lar doirasida quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin: yaqin qarindoshlari vafot etganda — o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasiga asosan; alohida muhtojlik holatida (baxtsiz hodisa, to‘y va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sog‘liqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi og‘ir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar); qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar. Maxsus unvon va ko‘p yillik xizmati uchun beriladigan ustama miqdorini hisoblashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘lanadigan lavozim maoshi va oylik ustamalarning birgalikdagi summalari hisobga olinadi. Qo‘mita xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiriladi. (59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling