33. Qo‘mita raisi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning
o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
34. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
davlat soliq
boshqarmalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
lavozimga tayinlanadigan va
lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Hududlararo inspeksiya, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga belgilangan tartibda
Qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
35. Qo‘mita markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy davlat soliq boshqarmalari
to‘g‘risidagi nizomlar Qo‘mita
raisi tomonidan, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari
to‘g‘risidagi nizomlar esa Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan tuman (shahar) davlat soliq
inspeksiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom asosida hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari
tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: