Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maxsus unvonga tayinlash uchun mansabdor shaxslarning malaka talablariga muvofiqligini baholash uchun 
Qo‘mita va davlat soliq boshqarmalarida maxsus komissiya tashkil etiladi. 
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qaroriga 
asosan yigirma uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
32. Mansabdor shaxslarga: 
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat 
maslahatchisi maxsus unvonlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
soliq xizmatining I, II, III darajali maslahatchisi maxsus unvonlari, shu jumladan, Qo‘mita 
markaziy apparati xodimlariga maxsus unvonlar (ushbu bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan 
maxsus unvonlar bundan mustasno) — Qo‘mita raisi tomonidan;
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
soliq xizmatining I, II va III darajali inspektori, soliq xizmatining inspektori maxsus 
unvonlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq 
boshqarmalari boshliqlari tomonidan beriladi.


(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-
yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 
09/21/1/0002-son) 
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, idoraviy mansub 
ta’lim muassasalari va tashkilotlari xodimlariga maxsus unvonlar Qo‘mita raisi tomonidan beriladi, 
ushbu bandning 
ikkinchi xatboshida 
keltirilgan maxsus unvonlar bundan mustasno. 
33. Mansabdor shaxslar maxsus unvonda xizmat qilishining quyidagi muddatlari 
belgilanadi: 
soliq xizmatining inspektori — 1 yil; 
soliq xizmatining III darajali inspektori — 2 yil; 
soliq xizmatining II darajali inspektori — 2 yil; 
soliq xizmatining I darajali inspektori — 3 yil; 
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi — 3 yil; 
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi — 4 yil; 
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi — 4 yil. 
Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi, soliq xizmatining I, II, III darajali davlat 
maslahatchisi uchun maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.
34. Maxsus unvonda xizmat qilish muddati maxsus unvon berish to‘g‘risidagi buyruq 
chiqqan kundan boshlab hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning pasaytirilgan maxsus unvonda bo‘lgan 
vaqti tiklangan unvondagi xizmat muddatiga qo‘shilmaydi. 
35. Rahbarlik lavozimiga yangi qabul qilingan mansabdor shaxslarga maxsus unvon egallab 
turilgan shtatdagi lavozimi bo‘yicha sinov muddati tugagandan keyin beriladi, soliq xizmatining 
inspektori maxsus unvoni bundan mustasno. 
36. Mansabdor shaxslarga, yanada yuqoriroq unvon beriladigan lavozimga o‘tkazilganda va 
tayinlanganda, unga navbatdagi maxsus unvonni, yangi lavozimda bo‘lish muddatidan qat’i nazar, va 
navbatda va muddatlarga rioya qilmasdan olish huquqi beriladi, biroq mazkur unvon uning maxsus 
unvonidan ikki darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak. 
37. Intizomiy jazo olgan yoxud unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan yoki qonunchilikni 
yoki xizmat intizomini buzganlik fakti bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan mansabdor 
shaxslarni navbatdagi maxsus unvonlarni berishga yoki rag‘batlantirishga tavsiya etish intizomiy jazo 
olib tashlangungacha yoxud jinoiy ish ozod qiluvchi asoslar bo‘yicha to‘xtatilgungacha yoki xizmat 
tekshiruvi tugagungacha amalga oshirilmaydi.
38. Istisno tartibida, vakolatli mansabdor shaxslar navbatdagi maxsus unvonlarni 
muddatidan oldin yoki egallab turilgan shtatdagi lavozim bo‘yicha belgilangandan bir daraja yuqori 
unvonni quyidagi mezonlar bo‘yicha olishlari mumkin: 
xizmat burchini bajarish vaqtida ko‘rsatgan qahramonligi, jasorati va mardligi uchun — 
egallab turilgan maxsus unvondagi xizmat muddatidan qat’i nazar;
xizmat vazifalarini vijdonan bajargani va ishdagi yuksak yutuqlari uchun — maxsus unvon 
bo‘yicha belgilangan xizmat muddatining kamida yarmi o‘tgandan keyin. 
Mansabdor shaxslarga maxsus unvon egallab turilgan shtatdagi lavozim bo‘yicha 
belgilangandan bir daraja yuqori unvon soliq organlaridagi xizmatning butun davri mobaynida faqat 
bir marta berilishi mumkin. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling