Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada


-bob. Mansabdor shaxslarning soliq organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq huquqlari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana24.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1227370
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
ee8db21115644886aa1b4aed46101ef4 10082021

4-bob. Mansabdor shaxslarning soliq organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq huquqlari, 
majburiyatlari va javobgarligi 
21. Mansabdor shaxslarning soliq organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq huquqlari, 
majburiyatlari va javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 
Qonuni 
va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
22. Mansabdor shaxslar boshliqlarining qasddan berilgan noqonuniy tusdagi buyruqlarini 
bajarmaslik huquqiga egadirlar, bunda ular yuqori turuvchi boshliqlar buyrug‘ini bajarmaganlik 
sabablari haqida yuqori turuvchi organlarni xabardor qilishga majburdirlar. 


23. Mansabdor shaxslar ularga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash, shu jumladan 
lavozimidan chetlatish yoki bo‘shatish to‘g‘risida qabul qilgan qarorlar yuzasidan yuqori 
tashkilotlarga va sudlarga shikoyat berishga haqlidirlar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
24. Mansabdor shaxslar Soliq organlarining ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek, 
Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan kiyim-bosh kiyib yurish qoidalariga rioya etishga majburdirlar. 
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son) 
25. Mansabdor shaxslarga: 
biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish; 
o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash (ilmiy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish 
bundan mustasno); 
o‘z xizmat vazifalarini bajarganlik yoki bajarmaganlik uchun mukofotlar yoki xizmatlarni 
qabul qilish; 
qarindoshlar, tanishlar va boshqa begona shaxslarning iltimosiga ko‘ra qonun hujjatlariga 
rioya etmaslik; 
ish tashlashlar, siyosiy manifestatsiyalar va yurishlarni tashkil etish va ularda qatnashish;
xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida spirtli ichimliklar iste’mol qilish; 
soliq organlari sha’niga dog‘ tushiruvchi shaxslar bilan munosabat o‘rnatish; 
soliq organlarida uchinchi shaxslar ishi bo‘yicha ishonchli vakillar yoki vakillar bo‘lish; 
moddiy-texnika va axborot bilan ta’minlash, moliya vositalaridan, davlatning boshqa mol-
mulkidan, shuningdek, xizmat axborotlaridan lavozim vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan 
maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. 
26. Mansabdor shaxslar tomonidan xalqaro va davlatlararo simpoziumlarda
konferensiyalarda hamda ish (xizmat) tusidagi boshqa uchrashuvlarda olingan 200 AQSh dollariga 
teng miqdordan ortiq qimmatbaho sovg‘alar belgilangan tartibda budjet daromadiga o‘tkaziladi, 
ularning sport musobaqalarida, ijodiy va kasb bo‘yicha tanlovlarda olgan shaxsiy sovrinlari bundan 
mustasno. 
27. Mansabdor shaxslarning va ular oila a’zolarining hayoti, salomatligi, sha’ni va qadr-
qimmatini ushbu shaxslar tomonidan xizmat burchi bajarilishi munosabati bilan jinoiy tajovuzlardan 
muhofaza qilish qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi. 
28. Xizmat vazifalarini yoki xizmat burchini bajarish munosabati bilan mansabdor shaxs 
mol-mulkiga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘laridan to‘lanadi, 
ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undiriladi. 
29. Mansabdor shaxslar qonun hujjatlari, shuningdek, Qo‘mitaning xizmatni o‘tash va 
kadrlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha hujjatlari talablariga aniq rioya etilishi yuzasidan shaxsan 
javob beradilar. 
30. Soliq organlari rahbarlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi xodimlarni xizmati uchun xavfsiz
maqbul shart-sharoitlar bilan ta’minlashga, ularning qonun hujjatlarida, shuningdek, Qo‘mita 
hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini muhofaza qilishga, ularga xizmat bo‘yicha ko‘tarilish va 
madaniy hordiq uchun imkoniyatlar yaratishga majburdirlar. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling