Davlat tashqi savdoni tartibga solishda tarif metodlari bilan bir qatorda notarif metodlardan ham keng foydalanadi


Download 36.41 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi36.41 Kb.
#1650028
Bog'liq
Xalqaro iqtisodiyot 10 - Bobokulov M


11. Davlat tashqi savdoni tartibga solishda tarif metodlari bilan bir qatorda notarif metodlardan ham keng foydalanadi. Ularning koʻpchiligi bojxona tariflaridan farqli ravishda miqdoriy jihatdan oʻlchanmaydi va shuning uchun statistikada yaqqol aks etgirilmaydi. Notarif metodlarning bu xususiyati hukumatlarga tashqi savdo siyosati sohasida oʻz maqsadlariga erishishda ulardan aralash foydalanishga imkon yaratadi. Notarif usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni mamlakatga olib kiriladigan yoki chetga chikariladigan mahsulot xajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Notarif usullar miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga ajratiladi. Ular ustun darajada rivojlanayotgan va hukumat tomonidan proteksionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga xosdir. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, tashqi savdo davlat tomonidan tartibga solish tarif va notarif usullar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. Davlatning tashki savdo sohasidagi asosiy vazifasi – eksportyorlarga oʻz mahsulotlarini iloji boricha koʻproq miqdorda chetga eksport qilishlarida yordam berib, ularning tovarlarini tashqi bozorda yanada raqobatbardosh qilishda qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklash usullari quyidagilardan iborat: 1) Kvotalash kontingentlashtirish; 2) litsenziyalash; 3) “eksportni ixtiyoriy cheklash. EMBARGO (ispancha — xatga olish, man etish) — davlat tomonidan muayyan tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni mamlakatga keltirish yoki boshqa mamlakatlarga olib ketish, chetga chiqarishni taqiqlab qoʻyish; ayrim mamlakatlar yoxud mamlakatlar guruhi bilan savdo munosabatlarini toʻla taqiqlash; iqtisodiy yoki siyosiy, moliyaviy, ilmiy-texlik taziyq vositasi boʻlib, hukumat tomonidan joriy etiladi. BMT qaroriga koʻra, BMT Ustavini buzganligi yoki boshqa nojoʻya ishlari uchun jazo chorasi tarzida muayyan mamlakatlarning boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini toʻsib qoʻyshi ham Embargo hisoblanadi. EMBARGO - chet el tovarlarini kiritish yoki chiqarish, olib chiqib ketishni davlat tomonidan ta’qiqlash yoki chet davlatga qarashli mulkni vaqtincha toʻxtatib turish, ta’qiqlash. Iqtisodiy sanksiya — bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomonidan boshqa bir mamlakatga (yoki mamlakatlar guruhiga) qarshi qoʻllanilgan jazo. Iqtisodiy sanksiyalar asosan biror bir etirozli siyosatga qul urgan mamlakatga qarshi qullaniladi. Bu siyosat ichki yoki tashqi boʻlishi mumkin. Sanksiyalar har doim ham salbiy boʻlmaydi, ularning ijobiy turlari ham mavjud. Iqtisodiy sanksiyalar xalqaro diplomatiyada qadim zamondan beri qoʻllanilib keladi. Oʻtmishda sanksiyalar odatda harbiy yurishlar bilan birgalikda ishlatilgan. Keyingi paytda boʻlsa sanksiyalar harbiy harkatlarsiz turli xil tashqi siyosiy maqsadlarga erishish uchun qoʻllanilib kelyapti. Iqtisodiy sanksiyalarning turli xil tarifi mavjud.
12. Eksportni moliyalash davlat budjeti hisobidan hamda xususiy sektor, ya’ni eksport qiluvchilar va ularga xizmat koʻrsatadigan banklar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Moliyalash savdo siyosati usuli sifatida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar foydasiga chet el korxonalarga qarshi diskriminatsiyani koʻzda tutadi. Savdo siyosatining eng keng tarqalgan moliyaviy usullariga subsidiyalar, kredit berish va demping kiradi. Agar hukumat milliy ishlab chiqaruvchilar eksportini ragʻbatlantirish kerak deb topsa, u ularga u yoki bu shaklda budjetdan subsidiya berishi mumkin. Subsidiya – milliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab quvvatlash va importni diskriminatsiya qilishga yoʻnaltirilgan pul toʻlovi. Toʻlov harakteri boʻyicha subsidiyalar quyidagilarga boʻlinadi: toʻgʻridan toʻgʻri – eksport operatsiyasini amalga oshirganidan keyin eksporterga uning harajatlari miqdoridan u olgan daromadlarning ayirmasi qiymatiga beriladigan toʻlovlar. Bilvosita – soliqlar toʻlash boʻyicha imtiyozlar, sugʻurtaning imtiyozli shartlari, bozor foiz stavkasidan past boʻlgan stavka boʻyicha kreditlar berish, import bojlarning summasini qaytarib berish va boshq. orqali eksportyorlarni yashirin moliyalash. Eksport subsidiyasi – milliy eksporterlarga budjetdan toʻlovlarni koʻzda tutuvchi savdo siyosatining moliyaviy notarif usuli. Boj singari, eksport subsidiyasi maxsus yoki qiymatli boʻlishi mumkin. Eksport kreditlari tashqi savdo siyosatining moliyaviy usuli boʻlib, milliy firmalarning eksport salohiyatini rivojlantirishni davlat tomonidan moliyaviy ragʻbatlantirishni nazarda tutadi. Eksport kreditlari quyidagi koʻrinishlarda boʻlishi mumkin: 1. milliy eksportiyorlarga subsidiyalashgan kreditlar berish-davlat banklari tomonidan bozor stavkasidan past stavkalarda kreditlar ajratish; 2. kredit bergan mamlakat tovarini sotib olish sharti bilan xorijiy importiyorlarga davlat kreditlarini berish; 3. milliy eksportiyorlarni eksport risklaridan sugʻurtalash. Eksport kreditlari qisqa, oʻrta va uzoq muddatli boʻlishi mumkin. Eksport kreditlari boʻyicha eng yirik uyushmalardan biri IHTT doirasida eksportni kreditlash boʻyicha hukumat va agentliklar vakillaridan iborat guruh-Eksport krediti guruhi xisoblandi. Bu guruh ikki yil va undan ortiq muddatga berilgan eksport kreditlarini tartibgasoladi. Ikkinchi yirik tashkilot kreditlar va investitsiyalarni sugʻurtalash boʻyicha xalqaro ittifoq—Bern ittifoqi hisoblanadi. Ba’zi hollarda eksport kreditlari boshqa davlatlarga tashqi yordam berish shakli sifatida talqin etiladi. Demping-tovarni tashqi bozorga mamlakatda mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqarish. Doimiy demping – mahsulotlarni past narxlar boʻyicha doimiy eksporti.


13. Tashqi savdoni taribga solishning tarif va notarif metodlari bor. Notarif metodlarga miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullar kiradi. Davlat tashqi savdoni tartibga solishda tarif metodlari bilan bir qatorda notarif metodlardan ham keng foydalanadi. Ularning kopchiligi bojxona tariflaridan farqli ravishda miqdoriy jihatdan oʻlchanmaydi va shuning uchun statistikada yaqqol aks ettirilmaydi. Notarif metodlarning ushbu xususiyati hukumatlarga tashqi savdo siyosati sohasida oʻz maqsadlariga erishishda ulardan aralash foydalanishga imkon yaratadi. Notarif usullar — tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni mamlakatga olib kiriladigan yoki chetga chiqariladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Notarif usullar miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga ajratiladi. Ular ustun darajada rivojlanayotgan va hukumat tomonidan proteksionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga xosdir. Tahlillar shuni korsatadiki, tashqi savdo davlat tomonidan tartibga solish tarif va notarif usullar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. XXI asr boshlarida tarif usullarining mavqeyi pasayib bormoqda. Ushbu holat Jahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo mamlakatlar oldiga qoyilgan strategik vazifa — ular ortasidagi oʻzaro tovar savdosida tarif cheklashlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish vazifasi bilan bogʻliq. Notarif usullarning saqlanib qolishi quyidagi sabablarga bogliq: 1. aksariyat notarif cheklovlar xalqaro shartnomalar orqali tartibga solinmaydi va ularni qoʻllash milliy hukumatlar tashabbusi bilan amalga oshiriladi; 2. notarif cheklovlar tovarlar narxining darhol oshib ketishiga olib kelmaydi va iste’molchiga soliq yuki borib tushmaydi. Yashirin proteksionizm usullari mohiyati jihatdan markaziy hukumat va hatto mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashqi savdo yoʻliga bojxona tabiatiga ega bolmagan turli toʻsiqlarni oʻrnatishini anglatadi. Yashirin proteksionizm usullarining koʻpchiligi xalqaro savdo muvofiqlashtirilgan tamoyillarini buzishning yaqqol namunasidir. Alohida mamlakat import yoki eksportni bir tomonlama chegaralashida foydalanadigan yashirin proteksionizm usullarining yuzdan oshiq turi mavjud. Texnik tosiqlar — bu yashirin proteksionizm usuli boʻlib, milliy texnik, ma’muriy me’yorlar va qoidalar shunday ishlab chiqiladiki, ular tovarlarni tashqaridan olib kirishga toʻsqinlik qiladi. Texnik xarakterdagi toʻsiqlarning eng keng tarqalganlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Milliy standartlarga rioya etishning talab qilinishi; 2. Import maxsulotning sifati haqida sertifikat olishining talab;  Maxsus qadoqlash va markirovkalashning talab qilinishi; 3. Ma’lum sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etishning talab qilinishi; 4. Atrof-muhitni himoyalash boʻyicha tadbirlar oʻtkazishning talab qilinishi; 5. Murakkablashtirilgan bojxona rasmiyatchiliklariga rioya etilishining talab qilinishi.
14. Integratsion tuzilmalarni ishlab chiqarishning integratsiyalashishida erishilgan darajasiga qarab ajratish lozim. Bunda integratsiyalashish rasmiy va real xususiyatga ega boʻlishi mumkinligini hisobga olish zarur. Rasmiy ingegatsiyalashuv ishlab chiqarishni xalqaro darajada umumlashtirishdan iborat boʻlib, uning asosida mamlakatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar xalqaro mehnat taqsimoti asosida tashkil etiladi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi jahon xoʻjaligidagi integratsion jarayonlarniig uchinchi yirik markazi hisoblanadi. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi 1967-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibiga Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin kiradi. ASEANning asosiy maqsadi 1967-yilda Bangkok deklaratsiyasida belgilangan quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan: Janubi-Sharqiy Osiyoda harbiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, bojxona ittifoqini shakillantirish, mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishiga koʻmaklashish. 1992-yilda Singapur Sammitida keyingi 15-yil ichida Erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror kabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, siyosiy va iqtisodiy sohada ulkan yutuqlarga erishdi. Respublikamizning Jahon hamjamiyatida faol ishtirok etishi va Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan koʻp tomonlama iqtisodiy siyosat yuritishi davlatimizning Jahon xoʻjaligida tutgan oʻrnini mustahkamlashning muhim shartidir. Oʻzbekistonning jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning, millatlar va elatlarning yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi. ХХI asr boshlarida jahon xoʻjaligidagi har qanday mamlakat iqtisodiy integratsiyasiz barqaror sur’atlarda rivojlana olmaydi. Iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi siyosati milliy iqtisodiyotning yuksak darajada va jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirishiga qaratilgan. Iqtisodiy integratsiya iqtisodiyotga bevosita quyidagi natijalarga erishish imkoniyatini beradi:
tovarlar, kapitallar, xizmatlar erkin harakat qiladi;
raqobat kuchayadi;
ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi;
ishlab chiqarish samaradorligi ortadi;
sifatli va arzon tavarlar ishlab chiqariladi;
iste’molchilarning talabi ortib boradi;

15. Kartel bu — bitta sanoat tarmogʻidagi bir necha korxonalarning uyushmasi boʻlib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga oʻz mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, yaʼni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning boʻlib olinishi va h.k. boʻyicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Kartel, kartel bitimlari — ishlab chiqaruvchilar yoki isteʼmolchilarning monopolistik birlashmalari shakli; bir tarmokdagi mustaqil korxonalar, firmalar, kompaniyalarning i.ch. va sotishning umumiy hajmlari, narxlar, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining hissasi, ishchi kuchi yollash va b. toʻgʻrisida bitimi. Kartellar tashkil etishdan asosiy maqsad birlashma ichida raqobatni bartaraf etish, cheklash va ushbu kelishuvda qatnashmagan firmalar tomonidan boʻladigan tashqi raqobatni bostirish yoʻli bilan foydani oshirishdan iborat. Kartellar i.ch.ning konsentratsiyalashuvi va kapitalning markazlashuvi bilan bogʻliq holda 19-asr oxirida paydo boʻldi. 20-asrning 1-yarmida Germaniyada keng tarqaldi. Amerikada trestlarga qarshi qonunlar chiqarilib, ayrim sohalarda Kartel tuzish taqiqlandi, lekin shunga karamay, maxfiy Kartel bitimlari davom etdi. K. 20-asrning 20—40-y.lari oʻrtasida sanoatning koʻpgina sohalarida avj oldi. Hoz. davrda bir qator mamlakatlarda Kartel bitimlari tuzish monopoliyaga qarshi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki ayrim tarmoqlar va i.ch. turlari yoki alohida sharoitlar doirasi bilan cheklangan. Jahonda son jihatidan unchalik koʻp boʻlmagan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida muayyan bir tovar boʻyicha jahon bozorini oʻzaro boʻlib olish, raqobat darajasidan ortiq boʻlgan foyda olish, xonavayronlik raqobatiga yoʻliqmaslik maqsadlarida xalqaro Kartel bitimlari tuzildi.
Hozirgi sharoitlarda ham bir qancha qudratli xalqaro Kartellar mavjud, OPEK unga yorqin misol boʻla oladi. Bozor monopoliyasiga karshi kurashda mayda va oʻrta biznes Kartel bitimlaridan unumli foydalanadi.
Kartel kelishuvlari ko‘plab mamlakatlarda qonun bilan taqiqlangan, ba’zi mamlakatlarda buning uchun jinoiy javobgarlik ham mavjud. O‘zbekiston «Raqobat to‘g‘risida"gi qonuni (11-modda) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatni cheklaydigan kelishilgan harakatlari va bitimlarini taqiqlaydi va bizda kartel kelishuvlarini tuzganlik uchun faqat ma’muriy javobgarlik belgilangan (MJtKning 178-moddasi).

16. Xalqaro savdo qatnashchilarini, birinchi navbatda, tovar bozorlari konyunkturasi qiziqtiradi. Tovarlar bozorining turli-tumanligi ularni guruhlashtirishni taqozo etadi. Ushbu bozorlar hududiy qamroviga koʻra quyidagilarga ajratiladi: 1. ichki bozor — bu barcha ishlab chiqarilgan va sotishga moʻjallangan mahsulotlarni ichki bozorda sotishda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar sohasi; 2. milliy bozor — bu muyyan mamlakat bozori boʻlib, uning bir qismi xalqaro ayriboshlash (mahsulot va xizmatlar eksporti va importi) bilan bogʻliq; 3. xalqaro bozor — bu xorijiy bozorlar bilan bogʻliq va xorijiy xaridor hamda sotuvchiga yoʻnaltirilgan milliy bozorlar segmentining yaxlitligi; 4. jahon bozori — bu jahonning barcha mamlakatlar bozorlarini umumlashtiruvchi sintetik tushuncha. Bundan tashqari, jahon tovarlar bozori ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar xarakteriga koʻra yopiq, ochiq, preferensial bozorlarga boʻlinadi. Jahon bozorini tizimli yondashuv asosida tahlil qilganda uning quyidagi xususiyatlarini ajratib koʻrsatish mumkin: 5 jahon bozorining shakillanishiga makroiqtisodiy subektlarni samarali xalqaro ayriboshlashni amalga oshirish maqsadida milliy chegaralardan chiqishlari sabab boʻlgan; 6. tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati jahon bozori konyunkturasida oʻz aksini topadi; 7. jahon bozori ishlab chiqarish omillarining samaradorligi yuqori boʻlgan sohalarga yoʻnaltirish orqali ulardan foydalanishni optimallashtiradi. 8. jahon bozori mahsulotlar boʻyicha oʻziga xos filtr vazifasini bajarib, xalqaro sifat andozalari va xalqaro raqobatning qat’iy talablariga mos kelmagan mahsulotlarni xalqaro ayriboshlashdan chiqarib yuboradi. Ammo xalqaro savdoda har qanday mahsulot ham ishtirok eta olmaydi. Ya’ni mahsulotlarni ikki guruhga: savdo qilinadigan va savdo qilinmaydigan mahsulotlarga boʻlish mumkin. Savdo qilinadigan mahsulotlar deganda xorijiy bozorlarda ayirboshlanadigan raqobatdosh mahsulotlar tushuniladi va aksincha, savdo qilinmaydigan mahsulotlar deganda ishlab chiqarilgan mamlakat bozorida sotilib, xalqaro ayirboshlashda ishtirok etmaydigan mahsulotlar tushuniladi. Savdo qilinmaydigan mahsulotlarga quyidagilar kiradi: 1. ulgurji va chakana savdo, restoran va mehmonxonalar; 2. transport, saqlash, aloqa va moliyaviy vositachilik; 3. kommunal xizmatlar va qurilish; 4. mudofaa va majburiy ijtimoiy xizmatlar; 5. ta’lim, sogʻliqni saqlash va jamoat ishlari; 6. boshqa kommunal, ijtimoiy va xususiy xizmatlar savdo qilinadigan mahsulotlarni uch guruhga boiish mumkin: 7 . qishloq xoʻjalik, ovchilik, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik mahsulotlari; 8. qazib chiqarish sanoati mahsulotlari; 9. qayta ishlash sanoati mahsulotlari. Jahon bozorining holati, konyunkturasi va u bilan bogʻliq narxlar xalqaro savdo qatnashchilarining doimiy diqqat markazida boʻladi. Keng ma’noda konyunktura, deganda muayyan davriy va geografik miqyosda qator omillar ta’sirida vujudga keladigan bozorning aniq holati tushuniladi.
17. Singapur – “mo'jizakor yurt”, “Osiyo yo'lbarsi” atamalari bilan atalishi bejiz emas. O'tgan asrning 70-yillariga qadar eng qashshoq davlatlardan biri sanalgan ushbu davlat qisqa fursat ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo'shildi. Janubiy Sharqiy Osiyoda joylashgan ushbu davlat bor-yo'g'i 733,2 km² maydonga ega. U dastlab 1951 yilda Britaniya imperiyasi tarkibida avtonom davlat sifatida vujudga kelgan. 1963 yilda esa Malayziya bilan yagona federatsiyaga birlashgan va faqatgina 1965 yilga kelib Malayziyadan ajralib chiqib, o'zining to'liq mustaqilligini e'lon qilgan edi. Albatta, o'ta qoloq, “uchinchi” dunyo mamlakatining qisqa vaqt ichida rivojlangan davlatlar qatoriga qo'shilishiga turli omillar sabab bo'ldi. Bunda, ayniqsa, mohir va donishmand etakchi, atoqli davlat va siyosat arbobi Li Kuan Yuning xizmatlari juda katta. Aynan uning keng qamrovli islohotlari tufayli Singapur shu darajaga yuksak taraqqiyot cho'qqisiga erishdi. To'g'ri tanlangan strategiya va unga mos ravishda amalga oshirilgan aniq taktika o'z samarasini berdi. Taraqqiyotning drayverlari sifatida moliya, transport xizmatlari, logistika, shaharsozlik, sog'liqni saqlash, raqamli iqtisodiyot va ilg'or texonologiyalarni rivojlantirish kabi 7 ta asosiy yo'nalishning tanlab olinganligi pirovard natijada islohotlarning ulkan muvaffaqiyatini ta'minladi. Li Kuan Yu hukumatining iqtisodiy rivojlanish strategiyasi Singapurni avvaliga Janubiy-Sharqiy Osiyoning, vaqt o'tib esa global moliyaviy va tijorat markaziga aylantirish, shuningdek, xorijiy investorlarni keng jalb qilishga asoslangandi. Chunki, mamlakatda belgilangan islohotlarni o'tkazish uchun etarlicha mablag' zarur edi. Shu maqsadda xorijiy tadbirkor va sarmoyadorlarga turli imtiyozlar berildi va shu tariqa ular mamlakatga faol jalb qilindi. “Biz har bir investorni quchoq ochib kutib oldik. Ular ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishlari uchun barcha sharoitlarni muhayyo qildik”, deb yozgan edi Li Kuan Yu. Haqiqatan ham, mamlakat rahbariyati investorlar ishonchini qozonish ko'p harakat qildi va oxir-oqibatda bunga erishdi. Parallel ravishda Li Kuan Yu hukumati korruptsiyaga qarshi qonunlar qabul qilish masalasiga ham jiddiy e'tibor qaratdi va bu borada qat'iy choralar ko'rdi. Avvalo, korruptsiyaga qarshi kurashish borasida “Korruptsiyaning oldini olish to'g'risida”gi hamda “Korruptsiya, giyohvand moddalar savdosi va boshqa og'ir jinoyatlar to'g'risida”gi 2 ta muhim qonun qabul qilindi. Shu bilan birga, mamlakatda aholi o'rtasida korruptsiya qarshi kuchli mentalitet shakllantirildi va bu jarayon jamoatchilik tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlandi. Ushbu qat'iy chora-tadbirlar natijasida Singapurni korruptsiya botqog'idan olib chiqishga muvaffaq bo'lindi. Hozirda Singapur korruptsiyadan eng xoli mamlakatlar kuchli beshtaligidan mustahkam o'rin olgan.

18. Deyarli to'liq qishloq xo'jaligiga bog'liq bo'lgan mamlakatlar (asosan hunarmandchilik yo'li bilan) rivojlangan deb hisoblanmaydi. Aksincha, taraqqiyot darajasi yuqori bo'lgan mamlakat katta resurslarga ega bo'lishiga imkon beradigan yirik va barqaror sanoat tuzilmasiga ega. Mamlakat qancha sanoati rivojlangan bo'lsa, tashqi savdo sohasida raqobatdosh bo'lish ehtimoli shunchalik yuqori. Agar millat savdo-sotiq nuqtai nazaridan muvozanatli va qulay dinamikaga ega bo'lsa, u sog'lom dividendlar olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Savdo balansi har bir mamlakatning importi va eksporti o'rtasidagi farqni aks ettiradi. Bu bizga har birining savdo oqimlari to'g'risida ma'lumot beradi. Mamlakat muvozanatli yoki foydali savdo balansiga ega bo'lgan darajada rivojlanadi. Bu eksport darajasi import darajasiga teng yoki yuqori (profitsit) bo'lganda sodir bo'ladi. Agar yo'q bo'lsa, defitsit bo'ladi, ya'ni eksportga qaraganda ko'proq import qilinadi. Boshqa tomondan, har bir mamlakat a'zo bo'lgan tijorat va moliyaviy kelishuvlarga rioya qilish kerak bo'ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini bilishimizga imkon beradigan ma'lumotlardan biri bu jon boshiga daromad hisoblanadi. Ushbu ma'lumotlar yalpi ichki mahsulotni (YaIM) ma'lum bir mamlakat aholisi soniga bo'linishidan olinadi. Rivojlangan mamlakat, aholisi kapital uchun kamida 22000 dollar daromadga ega mamlakat hisoblanadi. Korruptsion stsenariy ijtimoiy inqirozni boshqarishni nazarda tutadi, bu ertami-kechmi mamlakatda beqarorlikni keltirib chiqaradigan ijtimoiy epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun korrupsiyasi kam bo'lgan tizim eng maqbul savdo sharoitlarini yaratish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, mustahkam huquqiy tuzilishga ega bo'lish va korruptsiyaga qarshi yondashish mamlakat aholisi uchun institutlarga ishonch bildirishga qodir bo'lganlar uchun ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish uchun ko'proq imkoniyatlarni nazarda tutadi. Qanchalik ko'p korruptsiya bo'lsa, shunchalik kam demokratlashtirish va barqarorlik kamayadi. Biroz buzilgan mamlakat barqaror millatdir va sanoat va iqtisodiy sohalar to'liq rivojlanishi uchun siyosiy barqarorlik ssenariysi juda muhimdir. Mamlakatning barqarorligi bilan bog'liq bir necha omillar mavjud va bu elementlarning katta qismini qamrab oladigan indeks mavjud. Bu WGI (Jahon boshqaruvi ko'rsatkichi, yoki Jahon boshqaruvi ko'rsatkichi). WGI tomonidan ko'rib chiqilgan elementlar orasida zo'ravonlikning yo'qligi, nazoratchi tuzilmalarning sifati, qonunlarga hurmat, korrupsiyani nazorat qilish va hukumat apparati samaradorligi bor. Rivojlangan mamlakatlarda suv, elektr energiyasi, gaz, telefon va internet xizmati, tozalash xizmatlari va uy-joylardan foydalanishning samarali va doimiy ta'minoti bo'lishi kerak. Agar ushbu shartlar bajarilmasa, bir mamlakat aholisi o'z sa'y-harakatlarini madaniy, iqtisodiy va ta'limiy jihatdan rivojlantirishga yo'naltira olmaydi.

19. Migratsiya soʻzi lotincha «migratio» soʻzidan olingan boʻlib, «koʻchib yurish» ma’nosini bildiradi. Soʻnggi oʻn yil ichida АQSHda ishchi kuchi oʻsishining 47% va Yevropada 70% migrantlar hissasiga toʻgʻri keldi. Migrantlar iqtisodiyotning tez oʻsib borayotgan va tanazzulga uchragan tarmoqlarida ham muhim oʻrinlarni toʻldirmoqdalar. Mahalliy tugʻilganlar singari, yosh migrantlar ham pensiyaga yaqinlashayotganlarga qaraganda yaxshiroq ma’lumotga ega. Migrantlar, ayniqsa, Yevropada mehnat bozorining moslashuvchanligiga katta hissa qoʻshadilar.
Xalq hamyoni Migrantlar nafaqa olishdan koʻra koʻproq soliq va ijtimoiy toʻlovlarga koʻproq hissa qoʻshadilar. Mehnat muhojirlari davlat hamyoniga eng ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Bandlik - bu migrantlarning aniq soliq hissasini belgilovchi yagona omil. -Iqtisodiy oʻsish Migratsiya mehnatga layoqatli aholini koʻpaytiradi. Migrantlar malaka bilan kelishadi va qabul qiluvchi mamlakatlarning inson kapitali rivojlanishiga hissa qoʻshadilar. Migrantlar texnologik taraqqiyotga ham oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar. “Аqilning oqib oʻtishi” bu albatta mamlakat uchun salbiy jihatdir. Bunga yaqqol misol qilib Buyuk Britaniyaning “Brexit”ni amalga oshirishi natijasida bu oqimning yuzaga kelishini olishimiz mumkin. Britaniya-Germaniya tadqiqotlari natijasida 2016-yilgi referendumdan buyon Buyuk Britaniya fuqarolarining migratsiya tartibidagi katta oʻzgarishlar aniqlandi. Hozir Yevropa Ittifoqida 1,2 millionga yaqin Buyuk Britaniya fuqarosi yashaydi, ularning 120 mingdan 150 mingtasi Germaniyada. Brexit boʻyicha referendumdan keyingi toʻrt yil ichida 31,6 ming britaniyalikka ikki tomonlama Britaniya / Germaniya fuqaroligi berildi: 2019-yilda 14600 ta fuqarolik qabul qilindi, 2015-yilda 622 ta. Immigratsiya va emigratsiya 2020-yil oʻrtalarida xalqaro migrantlarning umumiy soni 280,6 mln.Xalqaro migrantlar aksiyalari umumiy aholi soniga nisbatan 2020-yil oʻrtalarida 3,6%. 2020-yil oʻrtalarida emigrantlarning umumiy soni 280,6 mln. 2000-2020-yillarda aholining umumiy sonidagi migrantlar ulushidagi farq 0.8. 2020-yil oʻrtalarida xalqaro migrantlar zaxirasidagi ayol migrantlarning ulushi 48,1%.2020-yil oʻrtalarida mamlakatda / mintaqada istiqomat qiluvchi 19 yosh va undan kichik boʻlgan xalqaro migrantlarning ulushi 14,6%. 2020-yil oʻrtalarida mamlakatda / mintaqada yashovchi 65 yosh va undan katta boʻlgan xalqaro migrantlarning ulushi 12,2%. Majburiy mehnatni boshdan kechirgan odamlarning katta qismi toʻgʻridan-toʻgʻri mahalliy mansabdor shaxslar yoki menejerlar tomonidan tahdid qilinmagan, aksincha, agar ular rad etilsa, huquq va imtiyozlarni yoʻqotish kabi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni sezgan. Bunday holatlar majburiy mehnatni nazarda tutadi va ularni huquqlarga asoslangan ta’lim va habardorlikni rivojlantirish orqali hal qilish kerak.

20. Xalqaro kredit — davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga beriladigan kreditlar; pul va moddiy vositalarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakati. Xalqaro kredit jahon xoʻjaligiiint paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq. Xalqaro kreditning moxiyati, shakli va vazifalari ijtimoiyiqtisodiy sharoitga qarab oʻzgarib turadi. Muddatiga koʻra qisqa (1 yilgacha), oʻrta (1 yildan 5—7 yilgacha), uzoq (5—7 yildan koʻp) muddatli boʻladi. Firma kreditlari asosan qisqa va oʻrta muddatlarda tovar shaklida taqdim etiladi. Bank kreditlari tijorat yoki eksportimport banklari tomonidan yirik loyihalarni moliyalashtirishda qoʻllaniladi. 20-asrning 50-yillaridan boshlab davlatlararo kreditlar keng tus oldi. Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va tarakqiyot banki, Yevropa tiklanish va tarakkiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqa banklar faoliyatida aʼzo mamlakatlarga kreditlar ajratish muhim oʻrinda turadi. 20-asr oxirlaridan Xalqaro kreditning lizing, faktoring va qoplanma bitishuvlar boʻyicha kreditlar turlari keng tarqaldi. Xalqaro kreditning funksiyalari Xalqaro kredit ssuda kapitalini xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida aylanish xususiyatini aks ettiruvchi quyidagi funksiyalami bajaradi: 1. Kengaygan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ssuda kapitalining mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishi. Xalqaro kredit mexanizmi orqali ssuda kapitali foydani ta’minlash maqsadida iqtisodiy agentlar ko‘zlagan sohalarga yo‘naltiriladi. Shu orqali kredit milliy 146 foydani o ‘rtacha foydaga aylantirishga va uning massasini oshirishga yordam beradi. 2. Xaiqaro hisob-kitoblarda haqiqiy pullami (oltin va kumush) kredit pullar bilan almashishi, shuningdek, naqdsiz to‘lovlami tezlashishi va rivojlanishi, naqd valyuta oborotini xaiqaro kredit operatsiyalari bilan almashishi muomala xarajatlarini iqtisod qiladi. Xaiqaro kreditlar asosida Xaiqaro hisob-kitoblaming kredit vositalari bo‘lgan - veksel, chek, shuningdek, bank o ‘tkazmalari, deposit sertifikatlari va boshqalar vujudga keldi. Xaiqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda kapitalining muomala vaqtini iqtisod qilinishi hisobiga kapitalning ishlab chiqarish funksiyasi vaqtini oshirib, ishlab chiqarishni kengaytirishga va foydani ko‘paytirishga erishish mumkin. 3. Kapitalning to‘planishi va markazlashuvining tezlashishi. Chet el kreditlarini jalb qilish hisobiga qo‘shimcha qiymatni kapitallashtirish tezlashadi, individual jam g‘arish chegaralari kengayadi, bir mamlakat tadbirkorlarining kapitali boshqa mamlakat mablag‘lari hisobiga ko‘payadi. Kredit ma’lum chegaralarda boshqa mamlakatlaming kapitali, mehnati va mulkiga egalik qilish imkoniyatini beradi. Imtiyozli xaiqaro kreditlaming yirik kompaniyalarga berilishi hamda mayda va o‘rta firmalaming jahon ssuda kapitallari bozoriga kirish imkoniyatini qisqarishi kapitalni to‘planishiga va markazlashuviga sabab bo‘lmoqda.
Download 36.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling