Davlat tashriflari


Download 0.88 Mb.
bet1/3
Sana09.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1085724
  1   2   3
Bog'liq
dipasoslarifinallllllllll


Davlat tashriflari
Tuzuvchilar: Maxmudjon Tojiboyev, Sardorbek Yakubjanov, Asadbek Baxriyev, Javohir Yaqubov, Shaxzod Qayumov, Shodmonqulov Shohjahon
  • Tashriflar va delegatsiyalar darajasi
  • Davlat tashriflari
  • Rossiya va Tojikiston tijorat shartnomasi
  • O’zbekiston Saudiya Arabiston davlat tashrifi
  • O’zbekiston prezidentining Turkmaniston Qozog’istonga tashrifi

REJA:
Tashriflar va delegtasiyalar darajasi
Zamonaviy protokol amaliyotida «oliy delegatsiyalar darajadagi» va «yuqori darajadagi» darajasi tashrif tushunchalari qo‘llanadi. «Oliy
darajadagi» tashrif tushunchasi davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvi va tashrifi, shuningdek davlat va hukumat boshliqlari rahbarlik qilgan davlat va hukumat delegatsiyalari tashrifini anglatadi.
«Yu qori darajadagi» uchrashuv va tashrif davlat
boshlig’i o’rinbosari, hukumat boshlig‘i o‘rinbosari,
ushbu mansabdor shaxslar rahbarlik qilayotgan davlat
yoki hukumat delegatsiyalari tashrifini yoki uchrashuvini nazarda tutadi. Shuningdek tashqi ishlar vaziri, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, parlament va davlat rahbarlarining maxsus vakillari boshliqlari ham mana shu toifaga kiradi.
Davlat tashrifi
Davlat tashrifi - xorijiy davlat arboblarini qabul qilishning oliy shakli hisoblanadi, katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘ladi va tantanavorligi bilan ajralib turadi, bunday qabulga faqat davlat boshliqlari va ularning rasmiy vakillari sazovor bo‘ladi.
Davlat tashrifi erishilgan ikki tomonlama munosabatlarning yuksak siyosiy darajasini va tomonlarning bu munosabatlarni yanada yangi bosqichlarga ko‘tarishga bo‘lgan intilishini taʼkidlaydi.
Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush boshlagan 24-fevraldan beri chet elga bo‘lgan birinchi tashrifini Tojikistonga uyushtirgan Putin, poytaxt Dushanbeda Prezident Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Uchrashuvning matbuotga ochiq qismida bayonotlar bergan Putin, Rossiya-Tojikiston oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanganini va oʻzaro savdo oʻsishida yilning ilk 3-4 oyida “rekord” oʻrnatilganini qayd etdi.
Xavfsizlik bilan bogʻliq mavzularga alohida e’tibor berganliklarini ta’kidlagan Putin, Afgʻoniston masalasiga toʻxtalgan holda:
“Biz bu mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash uchun qoʻlimizdan kelganini qilyapmiz. Vaziyatni nazorat ostida ushlab turgan kuchlar bilan aloqalarni oʻrnatish payidamiz. Barcha etnik guruh vakillari Afgʻoniston boshqaruvida o‘rin olish kerak. Bu boradagi faoliyatlarimizni davom ettiramiz.”-dedi.
Afgʻonistondagi barcha siyosiy kuchlar bilan aloqada ekanliklarini ifoda etgan Putin, afgʻonistonlik bir hay’atning iyun oyining boshida uyushtirilgan XXV Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etganini yodga soldi.
Tojikiston Prezidenti Rahmon esa, “Rossiya, Tojikistonning yetakchi savdo-iqtisodiy hamkori bo‘lib qolaveradi”.-dedi.
Emomali Rahmon mavzu haqida shuningdek:
“Yilning ilk besh oyida oʻzaro savdo hajmi qariyb 50 foizga oʻsdi. Hududlar oʻrtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda. Rossiyaning 80 dan ortiq hududi Tojikiston bilan savdo va boshqa aloqalarga ega”.-deya gapirdi.
Ikki davlat oʻrtasida xavfsizlik sohasida jadal hamkorlik davom etayotganini ifoda etgan Rahmon, Putin bilan Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling