Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish
Download 0.58 Mb.
|
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН
Xizmat safari haqida hisobot namunasi
2-ilova Namangan «Dilorom» qandolatchilik fabrika- sining direktori B.I. Olimovga Qiyom sexi boshlig‘i D.A. Rahimovaning Toshkent viloyati Yangiyo‘1 shahri «Lazzat» birlashmasida o‘tgan xizmat safari yuzasidan HISOBOTI Men, D.A. Rahimova, 2016-yilning 18-24-dekabr kunlari- da Yangiyo‘l shahrining «Lazzat» birlashmasida xizmat safarida boTdim. Safardan maqsad «Lazzat» birlashmasidagi qiyom ishlab chiqarish ilg'or texnologiyasi bilan tanishish va tajriba almashish cdi. Safar davomida birlashmaning shokolad, iris sexlarida ham boMdim. Qiyom sexidagi ish jarayoni bilan batafsil tanishdim. 326
Birlashmaning qiyom sexi keyingi yillarda yangi uskunalar bilan qayta jihozlanganligi natijasida ishlab chiqarayotgan raahsulotlari sifati yaxshilangan, xili ko‘paygan va xomashyo ancha tejalgan. Sexda ish hrigada pudrati usulida tashkil ettlgan, ishchilaming maoshi oldingi yillardagiga qaraganda ancha ortgan. Bizning sexga ham ana shimday uskunalar o‘rnatilsa, qiyom xilini yanada ko‘paytirsa bo'ladi. Birlashma rahbariyati bilan uskunalami qaycrdan olish mumkinligi xususida fikrlashdim. Sex boshlig‘i (imzo) D. Rahimova 2015-yil 25-dekabr v 327
IV. XIZMAT YOZISHMALARI Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil boMadi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog4iq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir, Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlar- dan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman, ko‘plab hujjatlarda manzil yozishga to‘g£ri keladi. Manzil aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismidir. MANZIL Pochta jo‘natmalari (xat-xabar, buyum va pul jo‘natma- lari kabilar) ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib borishi zarur bolgan joy (qayerga), uni oluvchi shaxs yoki muassasa (kimga) nomi va jo‘natuvchi haqidagi ma’lumotlar QVnatuv- chi manzili) ko‘rsatiladi. Kishi manzilni yozish bilan bolalikdanoq tanishadi, chun- ki uyiga xat yoki boshqa pochta jo‘natmalari kelganda, ular ustidagi yozuvga ko‘zi tushadi, o‘quvchilikyillarida esa do‘st- lari yoki qarindosh-urug‘lari bilan xat yozishadi, ulardan turli xil jo^atmalar oladi yoki o‘zi yuboradi. Ana shunda manzil yozishni, ya’ni xatjild yoki boshqa jo‘natmalar ustiga ular yetib boradigan joyning va oluvchining nomini, shuningdek, o‘zi haqidagi ayni shunday ma’lumotlami yozishni o‘rganadi. 328
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling