Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Download 0.58 Mb.
bet137/198
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1389275
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   198
Bog'liq
2. Иш юритиш КИТОБ ЛОТИН

Rasmiy taklifnoma namunasi
I-ilova


TAKLIFNOMA
Mubtaram (a)
0‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va 0‘zbekiston Yozuvchilar uyush­masi Sizni ulug‘ o^zbek adibi
ABDULLA QODIRIY
tavalludming 125 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanga taklif etadi.
Ilmiy anjuman shu yil 12-yanvar ertalab soat 10.00 da 0‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining majlislar zalida boshlanadi (Shahrisabz tor ko‘chasi, 5-uy, 2-qavat).


Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin. Ilmiy anjumanlarga moijallangan taklif­nomalarda ko‘pincha alohida ilmiy dastur ilova qilinadi.
Taklifnomalar kompyutcrda yoki bosmaxonada koLp nusxada tayyorlanadi. Taklif qilinuvchining ismi va familiyasi


336


Xizmat yozishmalari




taklifnoma turiga qarab qo‘yiladi. Chunonchi, rasmiy taklif­nomalarda ismi va otaismi, familiyaning o‘zi
Nozima Muro- dovna», Zufarov), to‘y taklifnomalarida taklif qilinuvchiga yaqinlik munosabatidan kelib chiqib, ismining o‘zi Qodir- jon aka», «Saidburhon aka») yoki unga hurmatlovchi so'zlar, unvonlar qo'shib («domla Azizxon aka», «professor Rustam- jon aka») yozilishi mumkin.
Taklifnomalar qanday tadbirga mo‘ljallanganligiga ko'ra shakli va badiiy bezatilishi jihatidan turlicha tayyorlanadi. Masalan, yubiley munosabati bilan tayyorlangan taklifno- mada yubilyarning surati, nishonlanayotgan yoshi (70 yil, 100 yil) aks ettirilishi, ba’zan yubiley muallifining she’rlaridan parcha ham berilishi mumkin.
Taklifnomalar matni asosan uchinchi shaxs tilidan yozila­di va «....taklif qiladi» yoki «taklif etadilar» tarzida tugallana- di. Agar taklifnoma malum bir oila nomidan berilgan bo‘lsa, bunday hollarda matn birinchi shaxs ko'plikda ifodalanadi va, albatta, imzo o‘mida taklif qiluvchi oilaning nomi beriladi.
Shu o‘rinda taklifhomalarda, ayniqsa, to‘y taklifnomala- rida noto4g‘ri qo‘llanadigan iboralat xususida to‘xtab o‘tish joizdir. Ba’zi taklifnomalarda «lutfan taklif qilamiz» degan ibora ishlatiladi. Bu ibora chaqiriq odobiga zid ekanligi «So‘z xususida so‘z» kitobida (Toshkent, 1987, 136-137-betlar) alo­hida ta’kidlangan: «Mchmon chaqiruvchi kishi chaqiriluvchi- ga, men sizga lutf qilib, mehmonlikka chaqiraman desa, bu odobdan bo‘lmaydi. Chaqiriluvchining ko‘ngliga «Men bun­day lutfingga muhtoj emasman», degan fikr kelishi mumkin. Ammo chaqiriluvchi «lutfan chaqirganingiz uchun rahmat» deyishi muomala odobiga muvofiqdir. Agar chaqiruvchi cha- qiriluvchiga «lutfan marhamat qilishingizni so ‘rayman» yoki «lutfan tashrif buy urishingizni iltimos qilaman» deb murojaat qilsa, uning hurmatini o‘miga qo‘ygan bo‘ladi. 0‘sha kitob- da taklifnomalarda «tashrif» so‘zi ham ko'pincha noto‘g‘ri qo‘llanishi qayd etiladi: «tashrif» so‘zining lug‘aviy ma’nosi


337



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling